Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (II- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (II- qism)
Alisher Navoiy 139 library.ziyonet.uz/ 5. Baytdagi pari paykardan maqsad Shirin, devona esa, Farhod boʻlib, biri maqtovdan boʻlak soʻz topa olmaydi, ikkinchisi metin urib suv ochishlikka tutinadi. 6. Bu va keyingi baytda shoir istiora san’atini ishlatib, Shirin mingan otni nasim yel deb, uning suvoriysi – Shirinni kumush deb ta’riflaydi. 7. Shoir bu baytda ham istiora san’atini qoʻllaydi. Farhod Shirinnnng otini bodpo – yelqadam, oʻzinn dilrabo deb ataydi. Farhodning ularni yelkasiga koʻtarib, qasr va hovuz yoniga eltib qoʻyganini bayon etadi. XXXV Bu bob sarlavhasi Mehinbonu va Shirinning Farhod sharafiga ziyofat bazmi tuzganlari, oʻnta har sohada iqtidorli boʻlgan kanizak qizlarning xizmatda boʻlgani, Shirin qoʻlidan may ichgan Farhodning ishq tugʻyonidan hushdan ketishi bayon etiladi. 1. Advor – muzika ilmining bir sohasi: muzika nazariyasi; Sharq muzikasining eski nota usuli. 2. Mantiq – mantiq ilmi, logika. 3. Hay’at – Sharqda astronomiya fani. 4. Haqoyiq («haqiqat» soʻzining koʻpligi) ilmi – mavjudot haqiqatlari haqidagi ilm. 5. Balogʻat – adabiyot nazariyasiga oid boʻlib, badiiy soʻz san’atini, shoirlik mahorati sirlarini oʻrganuvchi ilm. 6. Hikmat– falsafa fani, ba’zi tadqiqotchilar fizika va tabiiyot ilmi deb ham hisoblaydilar. 7. Muammo – arabcha: berkitilgan, yashiringan; Sharq she’riyatida janr turlaridan biri. Muamno misra, bir yoki ikki baytdan iborat boʻlib, unda biror soʻz, koʻpincha atoqli ot harflari yashiringan yoki shunga ishora qilingan boʻladi. Uni maxsus qoidaga asosan ramz, imo, ishora, kinoya, oʻxshatish, ba’zi soʻzlarni boshqa tildagi sinonimini tanlash, teskari aylantirish yoki «abjad» hisobi va h. k. yoʻllar bilan topib olish, yechish kerak. Muammo aytish va uni yechishga bagʻishlab maxsus risolalar ham bitilgan. Ayniqsa XV asrda – Navoiy davrida muammo keng tarqalgan. Bu haqda, jumladan, Jomiy uchta, Navoiy bitta risola yozganlar. 8. Muammoda ot chiqarmoq – shoir «ot chiqorib» iborasini ikki ma’noda ishlatadi. Biri – mashhur boʻlmoq, dong taratmoq; ikkinchisi – muammoda yashiringan nomni chiqarish, muammoni yechish. 9. Baytning mazmuni: bu fanlardan ularning har biri bosh qasidan maqtovli, shu fanning yuzlab ustasidan bularning bittasi mohirroq edi. Navoiy bu va yuqoridagi besh baytda oʻz zamonasida ravnaq topgan fanlardan oʻntasida Mehinbonu saroyidagi oʻn kanizak dong taratganini madh etadi. Bundan anglashiladiki, shoir yaratgan har jihatdan mukammal Mehinbonu, Shirin, Layli, Dilorom kabi ayollar obrazlari qatorida fanda e’tibor qozongan komila va fozila boʻlgan Shirinning oʻnta nadimasi borligi davr adabiyotida ham katta yangilik edi. 10. Shoir bu baytda Mehinbonuning yana bir yuksak fazilatini ta’riflaydi: u ilmparvar, ilm ahliga boshchilik qilar edi. Soʻz asnosida Navoiy Mehinbonu donolik bilan Farhodning olimalar bilan suhbatiga, oʻzini tutishiga razm solib, uning oddiy toshyoʻnar yigit emasligini, balki bilim va zakovat egasi boʻlgan olnjanob shaxs ekanligini anglab olganini ta’kidlaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling