Alisher navoiy badoyi’ ul-bidoya
Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya www.ziyouz.com
Download 241.92 Kb. Pdf ko'rish
|
alisher navoiy . badoyi ul bidoya (1)-1-100
4
Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya www.ziyouz.com kutubxonasi 16 Ey, hamd o‘lub mahol fasohat bila sanga, Andoqki, qurbi taqviyu toat bila sanga. Topmoq ajib fikru taxayyul bila seni, Yetmak xayol aqlu farosat bila sanga. Chun koinot zubdasi ojiz ko‘rub o‘zin, Hamd eta olmas oncha fasohat bila sanga. Izhori ajz bizdin adab tarkidur base, Yuz ming qusuru nuqsu kasofat bila sanga. Har tiyra ro‘zgorki, vaslingg‘a yo‘l topib, Sendin yetib charog‘i hidoyat bila sanga. Lutfung rafiqim o‘lmasa, ne hadki, yetkamen Boshtin-ayoq gunohu zalolat bila sanga. Chun sendin o‘zga yo‘q panahim, qochmayin netay Jurmu gunahdin ohu nadomat bila sanga? Isyoni ko‘p Navoiyningu yo‘q uyotikim, Istar yetishsa muncha xijolat bila sanga. Lutf aylagilki, mumkin emas qilmasang qabul, Yetmak tamomi umr ibodat bila sanga. 5 Yo rab, ulus nihoni emastur nihon sanga, Ne dey nihon g‘amimni, erur chun ayon sanga. Qaysi makon aro seni istayki, kavnda Sensiz emas makoniyu yo‘qtur makon sanga. Amringdin ayru tilga takallum chu yo‘q, ne ayb, Gar hamd ayta olmasa bu bezabon sanga. Ey kosh, topsa jonu ko‘ngul oncha qurbkim, Jonni ko‘ngul, ko‘ngulnn fido qilsa jon sanga Zohir qilurda hojat erur hazratingda teng Sultoni asru soyili bexonumon sanga. Izhori ajz etarda janobingda birdurur Neshi sinuq singak bila pili damon sanga. Chun pashsha ojiz o‘ldiki, yuz mencha qurbi bor, Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya www.ziyouz.com kutubxonasi 17 Hayhot, agar yetarni men etsam gumon sanga. Haq sirridin, Navoiy, agar istasang nishon, Jahd aylagilki, qolmasun avval nishon sanga. Yo rab, bu xasta ulcha tamanno qilibdurur, Chun bor ayon sanga, nesin aylay bayon sanga? 6 Ey, nubuvvat xaylig‘a xotam bani Odam aro, Gar alar xotam, sen ul otkim, bo‘lur xotam aro. Yuz eshiging tufrog‘ig‘a surta olg‘aymenmu deb Charx qasridin quyosh har kun tushar olam aro. Anjum ichra orazing me’roj shomi uylakim, Tushsa durri shabcharog‘i har taraf shabnam aro. Ne uchun kiymish qaro har yon solib jaybig‘a chok, Furqatingdin Ka’ba gar qolmaydurur motam aro? Sof ko‘nglida yuzung mehrini go‘yo asramish, Tush chog‘i har kun quyosh aksi emas Zamzam aro. Mash’ale bo‘lmish malak ilgida ravzang boshig‘a Oy charog‘i har kecha bu nilgun toram aro. Qum emas Bathodakim, mehri jamoling hajridin Zarra-zarra jismi bir-birdin to‘kuldi g‘am aro. Yo‘l emas, Yasribda yirtibtur yuzin tirnog‘ ila Maqdaming to yetmadi ul vodiyi xurram aro. Itlaring maxsusu mahzundur Navoiy, koshki, Kirsa bu mahrum ham ul zumrayi mahram aro. 7 Zihi javlongahing aflok uza maydoni «av adno», Buroqingg‘a to‘quz gunbaz bu to‘qquz gunbazi xazro. Qilib chun xay gulobe mil na’layning, bo‘lub ondin Malak ra’nolarining jabhasig‘a charxi sandalso. Esib rahmat nasimi chun damodam sunbulung sori, Bo‘lub ruhonilar jaybi labolab anbari soro. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling