Alisher navoiy badoyi’ ul-bidoya


Download 241.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/54
Sana17.03.2023
Hajmi241.92 Kb.
#1279764
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   54
Bog'liq
alisher navoiy . badoyi ul bidoya (1)-1-100

www.ziyouz.com kutubxonasi 
32
Visol davlatin ul kun o‘zumga jazm ettim,
Ki hajr g‘ussasin etti havola yor manga. 
Chu yor ko‘nglida bo‘lsa, balo manga yovumas,
Bu vajh ilaki, temurdin bo‘lur hisor manga. 
Ne bilsun ul kishikim, chekmamish firoq tuni,
Ki ne sifat kechadur tiyra ro‘zgor manga. 
Qochib adamg‘a boray-aqlu fahmu donishdin,
Vatan borinda bu yot el aro ne bor manga?! 
Buyurmag‘in yana sabr, ey tabib, tengri uchun,
Ki ushbu sharbat emas emdi sazovor manga. 
Navoiydek qadidin qilsam o‘lgali ohang,
Biyik maqom topibon yasang mazor manga. 
33 
Lablaringdin garchi qon yutmoq damo-damdur manga,
Gar dame jomi visoling yiqsa, ne g‘amdur manga? 
Pand eshitmay, ko‘rub oni, yuz balog‘a uchradim,
Ko‘zlarim chiqsunki, yuz muncha sazo kamdur manga! 
Qofi shavqum sharhini tahrir qildim, vah, ie sud,
Kim anga irsol uchun simurg‘ mahramdur manga. 
Yor mundoqkim nihondur ko‘zdinu men telbamen,
Kim degaykim, fitna bo‘lg‘on nasli Odamdur manga. 
Qora chirmab yosh to‘kub, afg‘on qilurmen xomadek,
Etgali nolon ko‘ngul bu nav’ motamdur manga. 
O‘zga yuzga boqma deb, har bir ko‘zumga bosti muhr,
Iynak-iynak har qaro bir naqshi xotamdur manga. 
Dahr aro tushgan havodis o‘tidin moni’ emas,
Ko‘z yoshimdin garchi ko‘z tushguncha bir namdur manga 
Soqiyo, jomi jahonbin tutki, andin kashf etay,
Kim ko‘p ish bu korgah vaz’ida mubhamdur manga. 
Dilbari ollida Majnun naqdi jon sarf etmadi,
Ey Navoiy, ishq atvori musallamdur manga. 
34 


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya
www.ziyouz.com kutubxonasi 
33
To seningdek qotili xunxorae bordur manga,
Billah, ar o‘lmakdin o‘zga chorae bordur manga? 
No‘shi jon har bodakim ahbob ila no‘sh aylading,
Garchi hargiz demading ovorae bordur manga. 
Vasling iqboliyu men, hayhot, basdur bu sharaf
Kim yiroqdin davlati nazzorae bordur manga. 
Deb emish har kimda bor zaxme, otay marham bir o‘q,
Shukr erurkim, har sari mo‘ yorae bordur manga. 
Bordi ul xurshidu ashkim oqti, vah, toli’ ko‘rung,
Kim ne yanglig‘ axtari sayyorae bordur manga. 
Sabr soldim ko‘ngluma vasling tilab, vah, bot kelib,
Turfa ko‘rkim, shisha ichra xorae bordur manga. 
Dema ko‘p, ey nafskim, dunyo arusin aqd qil,
Uyda ba’zidek sog‘in makkorae bordur manga. 
Dev urub ishqi majoziy ichra majnun aylagan,
Yova der, bukim pari ruxsorae bordur manga. 
Ey Navoiy, kuymagimni qilmag‘aysan man’, agar
Jon aro bilsang ne otashporae bordur manga. 
35 
Labing sori tokim nazardur manga,
Yosh o‘rnida xuni jigardur manga. 
Dema, mendin ayril, dog‘i umr sur,
Ki ul umr o‘lumdin batardur manga. 
Tuganlar diram shaklidur zod uchun,
Adam sori chunkim safardur manga. 
Qilur ayb oshiqlig‘im barcha xalq,
Ulus aybi, vahkim, hunardur manga. 
Tabibo, yana sabrdin dema so‘z, 
Ki bu sharbatingdin zarardur manga. 
Dema, mayni tark etki, soqiy yuzi
Bu ko‘zgu aro jilvagardur manga. 


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya

Download 241.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling