Alisher navoiy badoyi’ ul-bidoya
Download 241.92 Kb. Pdf ko'rish
|
alisher navoiy . badoyi ul bidoya (1)-1-100
www.ziyouz.com kutubxonasi
2 Shafi’ etkil oni jovid, ilohiy, Meni ham qo‘ymag‘il navmid, ilohiy. Va sallallohu alayhi va alo olihit-tayibin va ashobihittohirin va alo man taba’ahum ajma’in ila yavmidin. Bu parishon ajzoning varaqnigori va bu oshufta avroqning qissaguzori, mehnat paymonasining jur’achashi va malomat xumxonasining sabukashi, shaydoliq mahallasining rasvosi va rasvoliq ko‘chasinnng shaydosi Vafo bo‘stonining dostonsaroyi, Malomat bulbuli, ya’ni Navoiy g‘afarallohu zunubahu andoq arz qilurkim, ul chog‘kim Xuroson taxti ko‘ragonliq duvoji ila ziynatafzoy va Ko‘ragon farqi jahonbonliq toji bila falakfarsoy erdi, umrum shabistoni shabob sham’lari nuridin munavvar va hayotim gulistoni yigitlik gullari atridin muattar erdi, sinn muqtazosidin tabiatg‘a havo g‘olib va havo g‘alabasidin tabiat lahvg‘a tolib erdi, ko‘nglagim chokidin ko‘ksumdagi eski to‘ganlar bir-bir ayon va ko‘kragimda kesgan yangi aliflardin ko‘nglagim xat-xat qon, mudom may rag‘ba-ti ko‘ngulga mahbub va hamisha mahbub ulfati xotirg‘a marg‘ub, jonim ishq bodasidin mast va ko‘nglum boda ishqidin mayparast: Bo‘lmasa ollimda gulrux soqiy, ahvolim xarob, Yo‘q esa soqiyda gulgun jomi may, bag‘rim kabob. Oz vaqtda boda selidin hushu aqlim evi yiqildi va ishq barqi salohu ofiyatim xirmanin kul qildi: Birovki, ishqu may ilgida mubtalo bo‘lg‘ay, Ne tong, agar anga har lahza yuz balo bo‘lg‘ay. Agarchi sa’b balodur, vale budur tilagim, Ki bu balo manga bo‘lg‘ay hamisha, to bo‘lg‘ay. Bori shuur surati ko‘nglumdin ketdi va ko‘ngul surati holi bir yerga yetdikim, Tun-kun ayog‘im yalang, yoqam chok, Mayxona yo‘lida mastu bebok. Har dam yetibon falakka huyum, Avbosh ila barcha guftugo‘yum. Chun tab’i jibilliy salomatdin va jibillat zoti istiqomatdin oriy ermas erdi, oshiqliq ko‘chasidakim, ajib holotg‘a g‘oyat va xumorliq mahallasidakim, g‘arib mushkilotg‘a nihoyat yo‘qturur; ishqda xoh habib jamoli hayratidin va xoh raqib xayoli g‘ayratidin va xoh visol bahori intizoridin va xoh firoq xazoni xor-xori iztiroridin har nav’ ish yuzlansa erdi; va mayda xoh mastliq ayshu tarabidin va xoh maxmurliq ranju taabidin va xoh mayfurush inoyatidin va xoh muhtasib shikoyatidin har amr voqi’ bo‘lsa erdi, ul holg‘a loyiq va ul xayolg‘a muvofiq: Ko‘nglumda ne ma’ni o‘lsa erdi paydo, Til aylar edi nazm libosida ado. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling