Alisher navoiy badoyi’ ul-bidoya
Download 241.92 Kb. Pdf ko'rish
|
alisher navoiy . badoyi ul bidoya (1)-1-100
www.ziyouz.com kutubxonasi
4 Bartaraf bo‘lg‘ay mayu ishqu junun, Barchag‘a qoyimmaqom o‘lg‘ay funun. Ammo ash’or tadvin qilg‘onlardin ba’zikim, baqo mulkida foniy va ba’zikim, holo fano dayrida boqiy dururlar. Avvalg‘i zumradin bovujudi dard beshasining g‘azanfari va ishq otashgoxining samandari, ma’dani javohiri ma’naviy Amir Xusrav Dehlaviy qaddasal-lohu taolo ruhah va fano mayxonasinnng rindi xirkachoki va balo paymonasining masti beboki, ishqu muhabbat asrori aminlarining hamrozi Xoja Hofiz Sheroziy saqol-lohu saroh. Va so‘ngg‘i firqadin quds shabistonining sham’i anvari va uns gulistonining andalibi suxanvari, balog‘at shakkaristonining to‘tiyi shirinkalomi janobi maxdumiy mavlono Abdurahmon Jomiy maddal-lohu taolo zilola irshodihi alo maforiqit-tolibin devonlari orada bo‘lg‘ay. Va uyg‘ur iboratining fusahosidin va turk alfozining bulag‘osidin mavlono Sakkokiy va mavlono Lutfiy rahimahumol-lohkim, birining shirin abyoti ishtihori Turkistonda beg‘oyat va birining latif g‘azaliyoti intishori Iroqu Xurosonda benihoyatdurur, ham devonlari mavjud bo‘lg‘ai. Va g‘aribroq bukim, g‘aroyibi maoniy iktisobi uchun g‘arobat iqlimlarida tab’ sayyohini g‘urbatg‘a solg‘on forsiydisor va turkiyshior yigitlar sarxayli yori aziz Suhayliy doma tavfiqahkim, forsiy ash’or bahorida fayz sahobidin yoqqan maoniy yomg‘urinnng har qatrasi rishtasig‘a sho‘xtab’ abkori barmog‘lari uchi bila yuz girih tugar va turkiy abyot maydonida azimat bodpoyin po‘yag‘a solsa, yuz yilg‘i o‘lgan daqoyiq parivashlarining silsilayi zulfidin chobukluq zaman shahsuvori sinoni no‘gi bila yuz zirih ko‘tarur. Holiyo ikkalasi alfoz nazmig‘a qoyil, balki devon takmilig‘a moyil bo‘lg‘ay. Va yana dog‘i latofatshior nozimlar zaroyifi va zarofatdisor roqimlar latoyifi har yondin istimo’ tusharkim, ko‘pragi g‘azal uslubig‘a mashg‘ul va aytilg‘on g‘azallaridin ko‘pragi matbu’ va maqbuldur. Ma’no daryosida muncha g‘avvos orasida bir biyobong‘a xo‘y qilg‘an devonakim, shino fanidin dog‘i begona bo‘lg‘ay, o‘zin ne nav’ bu daryog‘a solg‘ay va solsa ham, ne gavhar topa olg‘ay? Bu qofila ahlig‘a haram shavqi tamom, Jammozalari po‘ya bila abrxirom. Men xastaki, yerdin ola olmon bir gom, Hamrahliq alar birla xayoledur xom. Doim el qoshida bu nav’ maqbul uzr bila mashhur va o‘z ollimda bu tavr ma’qul bahona bila ma’zur erdim, to ro‘zgor havodisi ul jahondor saltanati asosin barham urdi va yel taharrukluk sipehr ul komgor sham’i hayotin o‘churdi, mulksitonliq taxti bir shahanshoh maqdami bila tafoxur qildikim, saodat axtari tojining gavhari bo‘lmoqliq bila boshin ko‘kka yetkurdi va jahonbonliq toji bir anjumsipoh farqi bila mubohot ko‘r-guzdikim, iqbol kavkabi chatrining qubbasi bo‘lmog‘liq bila farqin quyoshg‘a yetkurdi. Mulk shabistoni bir davlat mash’ali bila ravshan bo‘ldikim, uchqunining ashi’asida badri munir badr ollida Suhodek yoshundi va adl shahristoni bir ma’dilat xurshidi bila yorudikim, ashi’asining partavida mehri olamgir mehr ollida zarradek ko‘rundi. Iqlimgirekim, humoyun alqobi sharafidin farmonravoliq xutbasining minbari poyasi Mushtariy avjig‘a yetti va g‘anjbaxshekim, ro‘zafzun janobi ismidin kishvarkushoyliq sikkasining mir’oti behbud naqshin zohir etti. Pokdinekim, shariat rivojida xurshidi ra’yati ixtisobidin Zuhra udi yuzidagi torlardin mushaf bitir mistar yuziga chekti. Adloyinekim, raiyat rioyatida insofi dehqoni madadidin Mirrixi qahtandesh savobit donalarin sipehr mazra’ida ekti. Sohibqironekim, tiyg‘i suyidin razm bo‘stonida fath gullari ochildi, mulksitonekim, azmi asaridin bazmi anjumanida inoyat sahobidin zafar durlari sochildi. Shahekim, vasfi yuz ming yil tuganmas, desa yuz ming til, Bu aytilg‘oncha yuz ming bil, yana har birni yuz ming qil. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling