Alisher navoiy badoyi’ ul-bidoya
Download 241.92 Kb. Pdf ko'rish
|
alisher navoiy . badoyi ul bidoya (1)-1-100
www.ziyouz.com kutubxonasi
20 Ko‘ngulni to parishon aylading, yuz barqi g‘am sochti, Nechakim o‘tni qo‘zg‘arlar, bo‘lur andin sharar paydo. Yorutti vasl sham’i ahli hijron tiyra avqotin, Mening shomimg‘a, vahkim, qilmadi davron sahar paydo. Ajal qasrin hakimi sun’ bas mushkil tilsim etmish, Ki har kim anda kirdi, bo‘lmadi andin xabar paydo. Masihodin dam urmangkim, habibim gardig‘a yetmas, Agar Jibrildek ilkidin oning bo‘lsa par paydo. Navoiy ishqin, ey zohid, sening panding ayon qildi, Bale, ayb o‘lmag‘uncha oshkor, o‘lmas hunar paydo. 11 Manga ne manzilu ma’vo ayon, ne xonumon paydo, Ne jonimdin asar zohir, ne ko‘nglumdin nishon paydo. Xirad maxfiy, badan foniy, ko‘ngul g‘oyib, tarab ma’dum, Bori sahl erdi, bo‘lsa erdi ul nomehribon paydo. Shikebu aqlu hush itmish, qaroru sabru jon ketmish, Ne g‘am, gar bo‘lsa ul oromi ruhu quti jon paydo. Xayoli jonda paydodur, so‘zi afg‘onda paydodur, O‘zi ham vah, netay, ollimda bo‘lsa bir zamon paydo. O‘lar holatdamen onsiz, tarabdin o‘lmayin ko‘rmay, Demang, ta’jil ila ul umr bo‘lsa nogahon paydo. Qiyomat erdi ul mahkim, yuz ochti, ey musulmonlar, Bo‘lung voqifki, bo‘ldi fitnayi oxir zamon paydo. Kesar yuz sarvni har dam, qilur yuz naxlni xurram, Taajjub, ko‘rki, bu gulshanda ermas bog‘bon paydo. Hazar qilmoq qazo jallodidin bo‘lmaski, yillardur Qilur qatl, uylakim, ne tiyg‘ erur zohir, ne qon paydo. Sanga jon shavqidin berdi Navoiy, yo‘q ajaldinkim, Ajal topquncha ermas ul zaifu notavon paydo. 12 Ham ramad tekkan ko‘zungga jismi bemorim fido, Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya www.ziyouz.com kutubxonasi 21 Ham uchuq chiqqan labingg‘a joni afgorim fido. Ashkkim, andin tomar giryon ko‘z oning sadqasi, Qong‘akim mundin chiqar, bu chashmi xunborim fido. Ul ko‘zu bu labg‘a umrum bog‘u gulzorindag‘i Nargisu gulbargi yo‘qkim, bog‘u gulzorim fido. Ko‘zu og‘zingdin ketarga boru yo‘q oshubu ranj, Sabru, ishqim sadqa, ya’nikim yo‘qu borim fido. Gar ko‘ngul ohu ko‘zung ollinda loyiq bo‘lmasa, Itlaringga bo‘lsun, ey sho‘xi sitamkorim, fido. Jon agar shirin labingg‘a o‘lgali darxo‘r emas, Ayla alfozing uchun, ey talxguftorim, fido. Uzlugumnung qaydidin bir may bila qilding xalos, Vah, ne dey, ey mug‘, sanga but birla zunnorim fido. Boda mir’otida shohid aksi zohir bo‘lmadi, Bodavu shohidg‘a bo‘lmay naqdi pindorim fido. Ey Navoiy, demakim jonu ko‘ngulni naylading, Ayladim javlon qilib chiqqanda dildorim fido. 13 Nuqtayi mushkdur bu yo xoli aning jabin aro, Kufr savodini ne xush sizdi bayozi din aro. Xotami la’l og‘zidur, lek hadisi jon olur, Zahr nihon qilibdurur la’li magar nigin aro? Sajdadadur yuzum, vale jon aro ul sanam g‘ami, Bo‘ynuma subhadur, vale butdurur ostin aro. Jon ko‘ngul necha dedi: asrali o‘zni, kelgach ul, Vah, yana qo‘zg‘alishtilar ko‘rgach oni ichin aro. La’li hadisida demangkim sifat uyla kirpigin, Og‘zima chunki sanchilur nesh bu angubin aro. Aqlu havos erur adam, jonu ko‘ngulga yo‘q vujud, Tafriqa tushgali menu ul butn nozanin aro. Esti magar xazon yelikim, xam o‘lub vido’ uchun Voqe’ayi firoq erur sunbulu yosamin aro. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling