Alisher navoiy badoyi’ ul-bidoya
Download 241.92 Kb. Pdf ko'rish
|
alisher navoiy . badoyi ul bidoya (1)-1-100
www.ziyouz.com kutubxonasi
24 Aqlu sabru hush itib, ko‘nglumda qoldi dog‘lar, Korvon ko‘chsa qolur o‘tlar yeri manzil aro. O‘qlaring mujgon kibi giryon ko‘zum atrofida,— Rost bordur ul qamishliqkim bo‘lur sohil aro. Kirpiging tushgan ko‘ngul ichra xayoling, ey pari, Go‘yiyo Yusuf nuzul etmish chahi Bobil aro. Qullug‘ung dog‘idin o‘lsam, istamon ozodlik, Kim bu tamg‘odur nishone mudbiru muqbil aro. Ko‘yung-o‘q istar Navoiy, nasya jannat ahli zuhd, Muncha-o‘q bo‘lg‘ay tafovut olimu johil aro. 18 Zavraq ichra ul quyosh sayr aylamas Jayhun aro, Axtari sa’de hilol ichra kezar gardun aro. Anglamon Jayhunda ul oy kema birla sayr etar Yo hilolu mehr aksin el ko‘rar Jayhun aro. Kemadin har dam chiqib rangin suv ko‘zum qonidek, Anda yor andoqki mardum diydayi purxun aro. Borg‘il, ey Majnunkim, ul oy zavraqidek tez emas Jo‘ngkim Layli amoriysin chekar homun aro. Olma xum girdobidin bir lahza sog‘ar zavraqni, Bahri g‘amdin istasang maxlas bu dahri dun aro. Bahr mavjidin mushavvash bo‘lmasun deb xotiring, Mavj urar yuz bahri g‘am bu xotiri mahzun aro. Dur bo‘lur bahr ichra pinhon, nazmidin shah madhida Bahr yoshurmish Navoiy har duri maknun aro. 19 Ey, alifdek rost qadding hasrati jonlar aro, Jism ichinda jon kibi sen barcha sultonlar aro. Qushg‘a o‘xsharkim, tikandur oshyoni, to ko‘ngul Tiyrboroni g‘amingdin qoldi paykonlar aro. G‘am topar hajringda ashkim ichra ko‘nglum porasin, Ish kuni topqan kibi el g‘oyibin qonlar aro. Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya www.ziyouz.com kutubxonasi 25 Chok ko‘nglum xo‘blar ko‘ngli aro topti shikast, Vah, butun qolg‘aymu yoruq shisha sandonlar aro? Dog‘lar ichra aliflar zor jismim mulkida G‘am sipohig‘a, qilichlar bo‘ldi qolg‘onlar aro. Elga ko‘yungdur makon, men qulni qavmog‘liq nedur, Bulbul o‘lsa, zog‘ ham bo‘lur gulistonlar aro. Ista yirtuq janda kiyganlarda ma’ni maxzanin, Kim bu yanglig‘ ganj o‘lur ul nav’ vayronlar aro. Atlasu zarbaft aro nodon aningdek hajv erur, Kim xatoye safhada sabt o‘ldi afshonlar aro. Bu eshikni chun tilab keldi Navoiy tengridin, Ul sababdin go‘yiyokim qoldi darbonlar aro. 20 Savodi xoli aning la’li ruhparvar aro, Magarki mo‘rcha nisfi uzuldi shakkar aro. Ko‘ngulda nuqtayi xoling xayoli to‘sh-to‘shdin Yog‘in asarlaridur nuqta-nuqta axgar aro. Yuzungda qatrayi xay kasrati arosida xol, Birisi munxasif o‘lmish bu xayli axtar aro. Kecha ne nav’ yumay kirpiging xayolida ko‘z, Mangaki, igna butar tongg‘a tegru bistar aro. Bu o‘tki mendadurur, do‘zax ichra qochqay xalq, Kiyursalar meni oshub birla mahshar aro. Qadah keturki, falak javridin amon hirzi, Zamona yozmadi juz davri jomu sog‘ar aro. Navoiy, ayla makon charx gulshanin, ya’ni Ki chug‘z bo‘lma bu vayronayi muhaqqar aro. 21 Ming zaxm urdi xanjari ishqing bu tan aro, Bu tanni hajr tashladi yuz ming tikan aro. Lek ul tikanlar uzra xayoling bila ko‘ngul |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling