Alisher navoiy badoyi’ ul-bidoya


Download 241.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/54
Sana17.03.2023
Hajmi241.92 Kb.
#1279764
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54
Bog'liq
alisher navoiy . badoyi ul bidoya (1)-1-100

www.ziyouz.com kutubxonasi 
26
O‘ynar magar gul uzravu ag‘nar suman aro. 
Jism uyidin ko‘ngul tilar ul ko‘yni, valek
G‘urbat suubatin kishi bilmas vatan aro. 
Ermas uchuq labingdaki, ul yuz Suhaylidin
Rang olmadi bu qatra aqiqi Yaman aro. 
Jonim labing shahidi ekanga tonuq durur,
Har ol rishta qong‘a bo‘yalg‘on kafan aro. 
Bulbul ne kuymasunki, bir o‘t yoqti qasdig‘a
Har otashin gul ushbu vafosiz chaman aro. 
Ko‘rdung, Navoiy, ul sari zulf uzra yuz shikan,
Ko‘r emdi, yuz shikasta ko‘ngul har shikan aro. 
22 
Necha ko‘nglum yora bo‘lsa, rahm qilmas yor anga,
Necha bag‘rim to‘lsa qon, boqmas dame dildor anga. 
Bir yuguruk tifl erur kirpiklarim ichinda yosh,
Kim, yiqilib sonchilibtur har tarafdin xor anga. 
Nomam eltur qush agar mazmunin eltib qilsa sharh,
Sochqay o‘t qaqnus kibi ming chok o‘lub minqor anga. 
La’ling ollida chekar el jonini olg‘ach ko‘zung, 
Vah, ne sharbatdur labingkim, jon berur bemor anga. 
Aql evi sori inonin boshlamoq, nosih, ne sud,
Telbakim, dasht uzra markabdur buzuq devor anga. 
Tortasen isyon yukin, xam qil qading toatg‘akim,
Yuk og‘ir bo‘lsa, ruku’ ul dam bo‘lur nochor anga. 
Umr g‘aflat uyqusi birla tilarsen, kecha, oh,
Ko‘z yumub-ochquncha kimning i’timodi bor anga? 
Men xud o‘ldum, ey sabo, ko‘nglumni ko‘rsang ko‘yida,
Chiqma andin, deb nasihat qilg‘asen zinhor anga. 
Zor jismim tushgali hajr o‘tidin g‘am changiga,
Ey Navoiy, o‘xshashur ham ud anga, ham tor anga. 
23 


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya
www.ziyouz.com kutubxonasi 
27
Ul parivashkim, bo‘lubmen zoru sargardon anga,
Ishqidin olam manga hayronu men hayron anga. 
O‘qlaringdin har zamon taskin topar ko‘nglum o‘ti,
Bordurur bir qatra suv go‘yoki har paykon anga. 
Bir dilovardur ko‘ngulkim g‘am sipohi qalbida,
Ohi novak toza dog‘idur qizil qalqon anga. 
Novakining parru paykonida rangin tus erur,
Yoki ko‘nglumdin chu parron o‘tti, yuqmish qon anga. 
Nomayi shavqum ne nav’ ul oyg‘a yetgay, chunki men
El otin o‘qur hasaddin yozmadim unvon anga. 
Xizr xattingning ajab yo‘q sabzu xurram bo‘lmog‘i,
Lab-balab chunkim suv berur chashmayi hayvon anga. 
Ey xusho mug‘ dayrikim, ziynat bila rif’atda bor
Mehr anga bir shamsavu ko‘k toqi bir ayvon anga. 
Istamish bulbul vafo guldin, magarkim joladin
Bag‘ri qotmish g‘unchaning baskim erur xandon anga. 
Qilmag‘on jonin fido jonong‘a yetmas der emish,
Ey Navoiy, ushbu so‘z birla fido yuz jon anga. 
24 
Sinsa ko‘nglumda o‘qung surtub isig‘ qondin anga,
Pay masallik chirmag‘aymen rishtayi jondin anga. 
Bodayi la’ling mizoji ruhparvardur base,
Go‘yiyo mamzuj etibsen obi hayvondin anga. 
O‘ti ko‘nglum shu’lasin gah sokin etti, goh tez,
Gah o‘tun bo‘ldi, gahi suv urdi paykondin anga. 
Dardu g‘am bo‘stonining tovusidur ko‘nglum qushi,
Gul bo‘lub jismimda kesgan na’l har yondin anga. 
Ne kabutar yeta olur ul quyoshg‘a, ne nasim
Ey ko‘ngul, holingni i’lom ayla afg‘ondin anga. 
Ko‘zga to kirdi xayoling sovug‘ ohim vahmidin,
Bog‘lamishmen qo‘ryo har sori mujgondin anga. 
Ey Navoiy, yig‘lamoq ohimg‘a taskin bermadi,


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya

Download 241.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling