Alisher navoiy badoyi’ ul-bidoya


Download 241.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/54
Sana17.03.2023
Hajmi241.92 Kb.
#1279764
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   54
Bog'liq
alisher navoiy . badoyi ul bidoya (1)-1-100

www.ziyouz.com kutubxonasi 
42
Davodur g‘unchadek ko‘nglumdagi dog‘i nihonimg‘a. 
Sarig‘ yuzumdin el yig‘lar, magarkim o‘lmagim yetti,
Kim mundog‘ xosiyat baraks bo‘ldi za’faronimg‘a. 
Salohim pardasi kuydi ul o‘tlug‘ yuz xayolidin,
Fig‘onkim, oyni yod etmak zarar qildi katonimg‘a. 
Ul oy kulbamga keldi jondurur xunob ila ohim,
Bu tortig‘lar murattab aylamishmen mehmonimg‘a.. 
Qaroru aqlu hushum ishqing o‘ti birla churkandi,
Samum esdi balo dashtida ozg‘an karvonimg‘a. 
Zamon avroqiyu ishqim edi Farhodu Majnundin,
Falak bir-ikki fasl etti izofat dostonimg‘a. 
Navoiy, Zuhra udin motamim tutqonda kuydurdi,
Falak sori erishib borg‘on uchqunlar fig‘onimg‘a. 
52 
Ne navo soz aylagay bulbul gulistondin judo,
Aylamas to‘ti takallum shakkaristondin judo. 
Ul quyosh hajrida qo‘rqarmen falakni o‘rtagay
Har sharorekim, bo‘lur bu o‘tlug‘ afg‘ondin judo. 
Dema, hijronimda chekmaysen fig‘onu nola ko‘p,
Jism aylarmu fig‘on bo‘lg‘on nafas jondin judo? 
Bo‘lsa yuz ming jonim ol, ey hajr, lekin qilmag‘il
Yorni mendin judo yoxud meni ondin judo. 
Hajr o‘lumdin talx emish, mundin so‘ng, ey gardun, meni
Aylagil jondin judo, qilg‘uncha jonondin judo. 
Vasl aro parvona o‘rtandi, hamono bildikim
Qilg‘udekdur subh ani sham’i shabistondin judo. 
Bir iyosiz it bo‘lub erdi Navoiy yorsiz,
Bo‘lmasun, yo rabki, hargiz banda sultondin judo. 
53 
Zihi visolingga tolib tutub o‘zin matlub,
Muhabbatidin otingni habib atab mahbub. 


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya
www.ziyouz.com kutubxonasi 
43
Urujung aqshomi bo‘lmay to‘quz snpehr hijob,
Yuzung xijolatidin mehr o‘lub vale mahjub. 
O‘t ichra tushsa bo‘lur nisbati samandardek, 
Kishiki, ishqing o‘tig‘a o‘zin qilib mansub. 
Iting hisobig‘a kirgan hisob vaqtida,
Agarchi jurmi erur behisob, emas mahsub. 
Kitobat etmaganingdin qalamda nol ermas,
Ki tushti ko‘ngli aro tob uylakim maktub. 
Libosi motam aro qoldi to abad soya, 
Ki mehrdin nega yoningda bo‘lmadi mashub. 
Muti’i amring agar podshoh, agar soyil,
Gadoyi xonung agar hushmand, agar majzub. 
Ajab yo‘q, olsa ko‘ngul hushin ul iki gisu,
Bu bo‘lsa silsila, ko‘p telbani qilur mag‘lub. 
Tilasa ravzani zohid, Navoyiyu ko‘yung, 
Ki har kishi ani istarki, bor anga marg‘ub. 
54 
Sochsa anjumdin falak boshingg‘a yuz ming durri nob,
Jolayi g‘am, bilki, yog‘durg‘ay bir ofatliq sahob. 
Ne g‘araz bu jolani yog‘dursa andin o‘zgakim, 
Umr naxlin sinduro‘b, tan gulbunin qilg‘ay xarob. 
Ro‘ziy ortug‘ bo‘lmag‘in har kimki bilgay charxdin,
Zol yanglig‘durki roziiq charxini qilg‘ay xitob. 
Ofarinish bahridin gardun hubobi besh emas,
Bormu imkon kimsaya bir qatra suv bermak hubob? 
Bo‘lsa erdi qudratikim lahzae tobqay qaror,
Tunu kun tinmay bu nav’ etgaymu erdi iztirob? 
Ul dog‘i o‘z holig‘a hayron erur andog‘ki men,
Anda ham sargashtaliq andoqki menda pechu tob. 
Jismi oning ham havodis zarbasidin nilgun,
Topmayin maqsudini mendek necha aylab shitob. 
Qudrat ilgida bo‘lub ul ham zabun andoqki men,


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya

Download 241.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling