Alisher navoiy badoyi’ ul-bidoya
Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya www.ziyouz.com
Download 241.92 Kb. Pdf ko'rish
|
alisher navoiy . badoyi ul bidoya (1)-1-100
62
Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya www.ziyouz.com kutubxonasi 48 Labingdin xasta jonkim bo‘ldi betob, Emas betob, anga erur shakarxob. Yoshimdii obro‘yum bordi, bildim, Ki ravnaqsiz qilur oltunni siymob. Qoshing hajrida har na’leki kessam, Kelur payvasta, jono shakli mehrob. Qilich bog‘i beling quchqan hasaddin Ko‘zumga ajdaredur shakli qullob. Ko‘zum ollindadur la’ling xayoli, Emas kirpiklarim ustida xunob. Firoq ilgi, fig‘on, jon rishtasidin Chiqorur tordin andoqki mizrob. Falak boshingg‘a qoplab it terisin, Sen oni jahldin deb kishu sinjob. Ajab yo‘q, odamiyliqni unutsang, O‘zungni telba it charmida asrob. Navoiy, ranj ko‘rma, og‘zin istab, Kim ul bir javharedur asru noyob. 63 Bovujudikim adam bo‘ldum g‘amidin qayg‘urub, Hech og‘zining so‘rog‘in la’lidin topmon so‘rub. Jonki, qat-qat qon bo‘lubtur dog‘i ishqing ketmagay, Lola bargidek ani bir-bir sovursang kuydurub. Novaking ko‘nglumda qilmish xona, bovar qilmasang, Ko‘ksuma ilgingni kelturkim, turubtur bilgurub. Ishqidur jon pardasida, ravshan ettim, do‘stlar, Necha kuygaymen harir ichinda o‘tni yoshurub? Barqdek po‘yamni ayb etmang, salomat ahlikim, Mundoq o‘tekim tutashibdur manga, bo‘lmas turub. Istama tahsinki, shokirmen ne kelsa ollima, Shukr qilmay, naylay olursen qazoni yozg‘urub? Chun Navoiy jonig‘a marham erur paykonlarnng, Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya www.ziyouz.com kutubxonasi 49 Kosh, yoqsa marhami o‘qung yonimg‘a o‘lturub. 64 Xoki poyi bo‘ldi joni xoksorim qon yutub, Kim chiqib la’lini o‘pgay rishtayn zulfin tutub. Zulfin ochqonda zanax chohig‘a tushgay ming ko‘shul, Qo‘ymasa ul choh uza ruxsori sham’in yorutub. Ishq muhriq dashtini qat aylamak dushvor erur, Kirmasam ohim yeli birla havosin sovutub. Kuygali moyilmenu hajrig‘a yo‘q, vahkim, meni Ayladi rozi isitmoqqa o‘lumdin qo‘rqutub. Der emish, bir kun kelib ko‘ngli yarosin butkaray, Kelsa butgil, ey ko‘ngul, bu so‘zga xud bo‘lmas butub. Dahr bo‘stonida qilmoq sayr aylab hoyu huy Harza kezmakdur hayoting qushlarini hurkutub. Jomi vaslingdinki, elni tirguzursen, bil yaqin, Kim Navoiy o‘lgusi xunobayi hijron yutub. 65 Sen labing so‘rg‘on soyi men qon yutarmen, ey habib, Sen may ichgilkim, menga xuni jigar bo‘lmish nasib. Dedilar, ahbob dardig‘a habib aylar davo, Vahki, men kuydum, muhabbatdin emas voqif habib. Ko‘yungga kirgach ko‘ngul qoshingg‘a mayl aylar, bale, Go‘shayi mehrob etar payvasta manzilgah g‘arib. Chehra sorg‘org‘on soyi ortar ko‘ngulning nolasi, Bor ajab voqi’ xazon faslida nolon andalib. Xossalillah sharbatimni zahri qotil birla ez, Chun ish ondin o‘ttikim, kelgay Masihim, ey tabib. Necha ul oy mehridin shaydo ko‘ngulni ovutay, Telbaga yolg‘on hikoyat birla bergandek firib. Mayg‘a rahn o‘lmay fano dayrida tasbihu rido, Piri dayr etmas havola elg‘a zunnoru salib. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling