Alisher navoiy badoyi’ ul-bidoya


Download 241.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/54
Sana17.03.2023
Hajmi241.92 Kb.
#1279764
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   54
Bog'liq
alisher navoiy . badoyi ul bidoya (1)-1-100

www.ziyouz.com kutubxonasi 
44
Olmay ul mendii hisob, andoqki men andin hisob. 
Ey Navoiy, solik ersang haq vujudin bil vujud,
Mosivollohni adam, vallohu a’lam bis-savob. 
55 
Ikki o‘tlug‘ nargisingkim qildilar bag‘rim kabob
Biridur ayni xumor ichinda, biri masti xob. 
Tiyg‘ tortib dam ola olmay yetishting boshima,
Go‘yiyo xurshid yanglig‘ yo‘lda ko‘rguzdung shitob. 
Ofarinish baski ahvolimg‘a yig‘lar har kecha,
Ashk daryosi erur gardunu kavkablar hubob. 
Tolpinurmen ashk aro har damki tishlar la’lini,
Kim tengizga tushsa, jon vahmidin aylar iztirob. 
Ranju za’fim bo‘lmish andoqkim, so‘ra kelgan ulus
Holim aylarlar savol, ammo eshitmaslar javob. 
Necha tasbihing hisobi, zohido, ich bodakim,
Senu mendeklarga xud bu korgahda ne hisob?! 
Gar karam daryosining mavji budurkim, chog‘ladim,
Qoni o‘z bo‘ynig‘a kim ishratdin etsa ijtinob. 
Ich, Navoiy, mayki, fahm ettuk tabibi ishqdin:
G‘ussavu g‘am zahrig‘a taryok emish yoquti nob. 
Xossa bazmikim quyosh jomin shafaq rohi bila
Elga tutqay xusravi anjumsipohi Jamjanob. 
56 
Qoshu ko‘zungni munajjim chunki ko‘rdi beniqob,
Dedi: ko‘rkim, qavs burjidin tug‘ubtur oftob. 
Bir labing jon oldi andoqkim, birisi bilmadi,
Emdikim bildi, arolarinda bordur shakkarob. 
Gar falak qoshing bila bahse hilolidin qilur,
Bir desa payvasta, jono, eshitur ikki javob. 
Gul kibi yuzungda ter fard etti hushumdin meni,
Garchi behush elga hush uchun muqavviydur gulob. 


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya
www.ziyouz.com kutubxonasi 
45
Kim sirishkim ko‘rdi, ma’lum etti ishqim hosilin,
Dona birla uylakim el naqdini aylar hisob. 
Garchi ishq o‘tida ko‘nglumni o‘qungg‘a shishlading,
Garm bo‘lmakim, hanuz ne six kuymish, ne kabob. 
Ne chamandur buki, hasrat suyiyu dard o‘tidin
Parvarish topmish qayu bir guldakim bor obu tob. 
Gar Navoiyning kuyuk bag‘rida qondur, ne ajab,
Xomso‘z o‘lur yolin uzra tushub kuygan kabob. 
57 
Yetti hajr ayyomi, qatlimg‘a nedur har dam itob?
Men xud o‘lgumdur yaqin, ey umr, ko‘p qilma shitob! 
Elga mehringdin kuyarmen, menga qahring sahl erur,
Do‘zax ahlig‘a erur jannatni ko‘rmaklik azob. 
O‘lturur chun hajr, beparvolig‘ing ortuqsidur,
Dard muhlikdur, ne hojat sharbat ichra zahri nob? 
Nevchun eldek yo‘q manga mehringki, sarvu gul uza
Tushsa, xoru xasni ham mahrum qo‘ymas oftob. 
Bodpoying yo‘lida xoki tanim gard ayladim,
Vahki, ul gard-o‘q murodim yuziga bo‘ldi hijob. 
Ashk suvidin qading sarvini qildim sarbaland,
Vahki, ham ul suvdin umidim uyin qilding xarob. 
Ul quyosh hajri meni o‘lturgali bas, ey sipehr,
Sen quyosh tiyg‘in chekib, qilmoq ne hojat iztirob?! 
Bu chamanda suv masallik pokravni charxdin
Ko‘rmadikkim, ko‘ngli sinmay qoldi andoqkim hubob. 
Chun Navoiydin uzuldung, bor savob o‘lmak anga,
Jonidin mahjur o‘lar vallohu a’lam bis-savob. 
58 
Eyki ruxsoring erur xo‘bu xating ham marg‘ub,
Xo‘blardin neki bosh ursa, erur beshak xo‘b. 
Toki sevdum seni, javringni dog‘i sevmishmen,
Har ne mahbub qilur, bordurur ul ham mahbub. 


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya

Download 241.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling