Alisher navoiy badoyi’ ul-bidoya
Download 241.92 Kb. Pdf ko'rish
|
alisher navoiy . badoyi ul bidoya (1)-1-100
www.ziyouz.com kutubxonasi
60 Shahsuvorimning buroqi po‘yasidin qoldi barq, Kim aning fe’li shitob ermish, munung rasmi sabot. Ko‘p Masihodin dam urma, qil hayotingni tufayl,— Angakim topmish Masih oning tufaylidin hayot. Mehr yuz ko‘rmay o‘chashti pardadin chiqqach yuzung, Olg‘ali qo‘ymas sorig‘ yuzin qaro yerdin uyot. Chun yuvdi ko‘zlar savodin ashk, yorut yuz ochib, Kim diramsiz elga boy el farzdur bermak zakot. Ey Navoiy, xoki poyi vasfida shirin so‘zung Bor biaynih to‘tiyo ichinda solg‘ondek nabot. 84 Tiyra kulbamg‘a kirib, jono, o‘lumdin ber najot, Zulmat ichra Xizrg‘a ul nav’kim obi hayot. Soda ko‘nglum ichra la’lingning xayoli tushgali Shishaedurkim, aning ichiga solmishlar nabot. Orazing mehrida og‘zingdur gadolig‘ qilg‘onim, Haq seni xurshid qilmish, zarrae bergil zakot. To ko‘nguldin bosh chiqarmish har taraf paykonlaring, Qush bolasidek bo‘lubturkim, bo‘lur temurqanot. Vasl umidig‘a tilarmen umr, lekin voykim, Sensizin ko‘rsam tirikmen, o‘lturur meni uyot. Istasangkim, ul quyosh chiqqach sanga qilg‘ay tulu’, Ey ko‘ngul, g‘am seli yetgach, tog‘dek tutqil sabot. Ishqing o‘tin gar Navoiy desakim aylay raqam, So‘zidin kuyar qalam, qurur qaro, erir davot. 85 Ko‘zum ucharki, humoyun yuzungni ko‘rgay bot. Biaynih anga kirpiklar o‘lmish ikki qanot. Bezansa dardu balo shohidi halokim uchun, Mijam tarog‘durur, eski to‘ganlarim mir’ot. Labing xayolida ashkim erur hayot suyi, Firoqing ichra qororg‘on ko‘zum anga zulmot. Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya www.ziyouz.com kutubxonasi 61 Zakot o‘lur edi yuzung jamoli naqdig‘a mehr, Tajammul ahlig‘a yuzdin bir o‘lsa erdi zakot. Desangki, jonima o‘t solmag‘aysen, ey soqiy, Takallum etma mayolud lab bila, hayhot! Qolurlar og‘zin ochib ishq ahli po‘yamdin, Sog‘ elga kulgu erur telba aylagan harakot. Labingki jon beradur ahli dard qoni uchun, Navoiy qonig‘a gar mayl etar, mumiddi hayot. 86 Ey ko‘ngul, yor o‘zgalar domig‘a bo‘ldi poybast, Senga mushkil holatu bizga qotiq ish berdi dast. Vasl torin chekti ul, men dog‘i chektim, ohkim, Rishtani urdiyu bo‘ldum hajr tufrog‘ig‘a past. Necha bosh qo‘ydum yo‘lig‘a, vahki, qildi poymol, Za’fliq jismimg‘a zulfi toridek solib shikast. Zahra yo‘q, mujib so‘rarg‘a bo‘lmasun, yo rab, kishi Muflisu oshiq, sevar dildori mustag‘niyu mast. Soqiyo, bu ishga behudlug‘din o‘zga yo‘q iloj, Mujda mug‘ ko‘yiga yetkurgilki, bo‘ldum mayparast. G‘arq o‘lay may bahri ichra rost ul g‘oyatqacha, Gah solib bo‘g‘zum aro chekkay ajal qullobi shast. Ey Navoiy, jurm uzri dashtida qil po‘yakim, Yaxshi ermas zuhd zanjirig‘a bo‘lmog‘ poybast. 87 Subh erur soqiyu men maxmurmen, sen mayparast, Tut quyoshdek jomni, moni’ nedur bo‘lmoqqa mast? Tiyra shomi hajr aro, vah, asru ko‘p chektuk xumor, Mast o‘loli bu nafaskim vasl subhi berdi dast. Kun biyiq chiqquncha ho‘yu nolani past etmali, Ko‘p biyik chiqqay bu kunkim, bo‘lg‘abiz biz yerga past. Anjuman ahli yuzin gul-gul qiloli may bila, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling