Alisher navoiy badoyi’ ul-bidoya


Download 241.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet35/54
Sana17.03.2023
Hajmi241.92 Kb.
#1279764
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54
Bog'liq
alisher navoiy . badoyi ul bidoya (1)-1-100

www.ziyouz.com kutubxonasi 
62
Mehrdin topquncha anjum gullari bir-bir shikast. 
Charx motam yetkurur, biz dog‘i oncha yig‘lali,
Kim kuhan g‘amxonasi ul seldin qilsun nishast. 
Gar shafoatg‘a maloyik kelsa nomahram debon,
Mehr shaklidin falak yo‘lin qiloli xorbast. 
Tong emas, bo‘lsa Navoiy mast to shomi abad,
Kim azal subhida bo‘lmish qismati jomi alast. 
88 
Junun toshi urub har yon yangi dog‘imni afgor et,
Ichimda loladek ishq ichra toshimni namudor et. 
Chu majnun qilding emdi, ey mug‘anniy, go‘sha tobingni
Ko‘ngul savdosi taskini uchun bo‘ynumg‘a tumor et. 
Desang, ko‘nglum qushi aylab havo, chekkay navoyi ishq,
Xadangingning parin aylab qanot, paykonni minqor et. 
Soching kufrida o‘lsam qabrim uzra qo‘yma xirqamni,
Chekib har torini bir barhaman beliga zunnor et. 
Ko‘ngul ayvonida ohim yelidin pardayi ishqing,
Desangkim, uchmasun, mujgondin atrofig‘a mismor et. 
Desang, og‘zin ko‘ray, ey aql, markaz nuqtasin ista,
Vale shart ushbukim, avval quyosh davrini pargor et. 
Imorat tarhidur na’lu alifdin har taraf ko‘ksum,
Vafo qasrin qo‘parsang bu binolar uzra devor et. 
Erur maqsad yiroq, vodiy uzun, tun tiyra, yo‘l bo‘rtoq 
Bu yo‘lda salb etib o‘zluk yukin, o‘zni sabukbor et. 
Navoiy o‘lsa tirguzgil yuziga yuz qo‘yub, ya’ni
Yuziga suv urib, ul uyqusidin oni bedor et. 
89 
Vujudum o‘rtading, ey ishq, emdi tarkim tut,
Xudoy uchunki, meni qayda ko‘rdung, anda unut. 
Ko‘ngulni vasl charog‘i bila, deding, yorutay,
Tutashti chun bizing uy, emdi o‘zga uyni yorut. 


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya
www.ziyouz.com kutubxonasi 
63
Chu vasl kuymak ila hosil o‘lmadi, ey ko‘z,
Tahassur ashki bila shu’laliq ko‘ngulni sovut. 
Jununi daf’ig‘a ko‘nglumni dog‘ etay debsen,
Bu dog‘ sahldurur, hajr dog‘idin qo‘rqut. 
Buxori ohim erur loyiq anglag‘il, ey ashk,
Bahori husnig‘a nogah keraklik o‘lsa bulut. 
Ne voqi’ o‘lsa chu taqdirdin emas xorij,
Bas o‘ktadur qiluridin kishiga bermak o‘gut. 
Navoyiyo, bu o‘tar olam ichra besh kun qil
O‘zungni may bila mashg‘ulu ishq birla ovut. 
 90 
Qachonki ul buti shirinkalom qildi hadis,
Xavosi sharbati yuhyil-izom qildi hadis. 
Masih dam ura olmas anga uruj tuni,
Magar bizing mahi ulviyxirom qildi hadis. 
Qayonki yozdi hadis, o‘ldi sayd el go‘yo,
Nuqtani dona, xututini dom qildi hadis. 
Labidin ayru tushub so‘g uchun kitobatdin,
Ne tong, libosin agar mushkfom qildi hadis. 
Chibinni shahd nechukkim yig‘ar, takallumdin
Ramidalarni nafas ichra rom qildi hadis. 
Zihi takallumi mu’jiznizomkim, kelgach
Arab fasihlarig‘a harom qildi hadis. 
Ulusni tutti Navoiy so‘zi, aning birla
Magar Rasuli alayhis-salom qildi hadis. 
91 
Agar jahong‘a falakdnn g‘ame bo‘lur hodis,
Erur bu xastani g‘amnok aylamak bois. 
Magar o‘larin Farhod birla Majnunning
Balovu dardig‘a ishq ayladi meni voris. 
Firoq xirmani yig‘dim visol tuxmin ekib,
Zamona mazra’ida bormu sen kibi horis? 


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya

Download 241.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling