Alisher navoiy badoyi’ ul-bidoya


Download 241.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/54
Sana17.03.2023
Hajmi241.92 Kb.
#1279764
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   54
Bog'liq
alisher navoiy . badoyi ul bidoya (1)-1-100

www.ziyouz.com kutubxonasi 
68
Navoiy sori, ey davri muxolif
Navo savtin tarannum qilmading hech?! 
99 
Jamolin vasf etarmen hamdamim ul guluzor o‘lg‘och,
Quruq shox uylakim gullar qilur zohir bahor o‘lg‘och. 
Qoshin ko‘rgach hasaddin istaram el ko‘zi bog‘lang‘ay 
Nechukkim ko‘z tutarlar el yangi oy oshkor o‘lg‘och. 
Junun ermas kiyiklar suhbati dermen manga shoyad,.
Bir o‘q tekkay g‘alat ul qoshi yo garmi shikor o‘lg‘och. 
Havas ishq aylagan ozoda kechgil bu xayolingdin, 
Ki chiqmas bu tikan ko‘nglungda nogah ustuvor o‘lg‘och. 
Dey olmas dard ila ittim, vale bilgilki, chekmishmen
Bir ohe, barcha olam g‘ussa dudi birla tor o‘lg‘och. 
Qilib man’i jununum ul pari ko‘yiga yuzlangan,
So‘zi hashv o‘lg‘onin fahm aylagay beixtiyor o‘lg‘och. 
Qani Hotam, qani Qorun, qani Jamshidu Afridun?
Bas, ehson qil sanga gardundin adno e’tibor o‘lg‘och? 
G‘ururi jahl jomi birla mast o‘lmaki, o‘lmakdur,
Maozallah, bu mayg‘a charx davridin xumor o‘lg‘och. 
Navoiy sham’dek yig‘lab-kuyub holimni sharh aylay,
Ul oy bazmida bir to‘n rost oshiqlarg‘a bor o‘lg‘och. 
 100 
Husni ortar yuzda zulfin anbarafshon aylagach,
Sham’ ravshanroq bo‘lur torin parishon aylagach. 
Yuzni gullardin bezabmu bizni qurbon aylading?
Yo yuzungga tegdi qonlar bizni qurbon aylagach? 
Tiyg‘ ila paykonlaring yetti ko‘ng‘ul bo‘lg‘och xarob,
Suv quyub tuxm ekting ul kishvarni vayron aylagach. 
Qon emaskim yopti gulgun hulla jannat xozini,
Ishqmu tanni shahid aylarda uryon aylagach? 
Oshkor aylab yuzin ko‘zumni hayron ayladi,
Yoshurun oldi ko‘ngul ko‘zumni hayron aylagach, 


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya
www.ziyouz.com kutubxonasi 
69
Jonda qo‘yg‘och naqdi ishqin qildi ko‘nglumni halok,
O‘lturur mahramni sulton ganj pinhon aylagach. 
Ey Navoiy, ishq agar ko‘nglungni majruh etmadi,
Bas, nedurkim qon kelur og‘zingdin afg‘on aylagach? 
101 
Zihi tiling «ana afsah» takallumida fasih,
Sen amlah o‘ldung, agar dilrabolar o‘ldi malih. 
Tulu’i subhi saodat yuzung sabohatidin,
Zihi kamoli sabohat, zihi jamoli sabih. 
Xamiri moyayi jismingdin ortqanni qazo
Iki badanda qilib ruh, atadi Xizru Masih. 
Falakni chok qilib o‘tganingda gar ba’zi
Tavahhum ayladi, shaqqul-qamarda bo‘ldi sarih. 
Qadam quyosh uza qo‘ydung uruj shomi, ne tong,
Xafingni gar yadi bayzog‘a qilsalar tarjih. 
Erur kalomekim, anda hurufi illat yo‘q,
Qayu hadiski sendin bayong‘a keldi sahih. 
Emas Navoyiyu madhing demakka had, basdur
Anga bu qadrki, modihlaringg‘a bo‘lsa madih. 
102 
Badang‘a kelmadi to azmi ko‘yung ayladi ruh,
Ki ruh shaxsini ul g‘amza aylamish majruh. 
Hayotbaxsh esa ul Hur aksindin boda,
Mahalli hayrat emas, hur aksidindur ruh. 
Qizardi lolavu sarg‘ardi subh xijlatdin,
Bu lolalarki, uzoringda ochti jomi sabuh. 
Vafog‘a va’da qilibtur deb o‘tma, ey qosid,
Xudoy uchun manga kayfiyatin degil mashruh. 
Hayot yor visolidur, ey ko‘ngul, yo‘q, esa,
Seni firoqda faraz aylayinki, bo‘ldung Nuh. 
Buyurma tavba yana, nosihoki, mug‘bachalar


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya

Download 241.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling