Alisher navoiy badoyi’ ul-bidoya
Download 241.92 Kb. Pdf ko'rish
|
alisher navoiy . badoyi ul bidoya (1)-1-100
www.ziyouz.com kutubxonasi
70 Havosi qildi meni tavba, tavbasida nasuh. Fig‘onki, tiyra ko‘ngul kunjida nihon rozim Piyola sha’sha’sidin el ichra topti vuzuh. Baso kishiki ishi masjid ichra band o‘ldi, Chu ochti dayri fano eshigin, yetishti futuh. Navoyiyo, nedin ul g‘amza tiyg‘ tortibdur, Gar istamaski, ko‘ngul saydin aylagay mazbuh. 103 Ko‘ngulni mug‘bacha oldi, mug‘ona tut aqdoh, Ki yo‘q saloh ila bo‘lmog‘liq emdi bizga saloh. Bir oy firoqida bexudlug‘ istaram, to‘la tut, Agar qilib esang aflok jurmidin aqdoh. Halol bo‘ldi xaroboti ishq ahlig‘a may, Tutarbiz ahli vara’, kimki oni tutsa muboh. Hayotbaxsh maying ruh emishtuk, ey soqiy, Magarki vovini i’lol etib, qilibsen roh. Yo‘q ersa jismda ul hosil aylagan qondin, Hakim ne uchun ajzosini dedi arvoh? Saboh maykada bog‘liqturu xumorim tund, Taajju^b etmang agar zikrim o‘lsa «yo fattoh». Ne erdi maykada g‘avg‘osi, raz qizin go‘yo Bu shom qildi Navoiyg‘a piri dayr nikoh. 104 Nega ko‘rguzdi sovug‘ ohu sarig‘ ruxsor subh, Gar nihoniy mehridin mendek emas bemor subh? Gar havoyiy bo‘lmasa men telba yanglig‘, bas, nedur, Ko‘nglagin chok aylabon bog‘ uzra majnunvor subh? Mehridin mendek nihoniy toza dog‘i bo‘lmasa, Yuzda nevchun kavkabi ashkin qilur izhor subh? Dema shingarfiy bulut har yon erur qonlig‘ momuq, Toza dog‘idin erur mendek magar xunbor subh. Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya www.ziyouz.com kutubxonasi 71 G‘am tuni ohim sharoridin tutashti ko‘kka o‘t, Kim aning otin qo‘yubtur gunbazi davvor subh. Kun shuo’iy xatlari ermaski, tutmish motamim Yuzni anjum tirnog‘i birla qilib afgor subh. Soqiyo, tutqil sabuhiy bodakim, bu dayrdin Biz ketib, bu nav’ toli’ bo‘lg‘usi bisyor subh. Ey Navoiy, istasang bargu navo bu bog‘ aro Guldek o‘l roki’ kecha, bulbul kibi bedor subh. 105 Ravzayu gul yettiyu ichmas ul oy gulgun qadah, Ne ko‘ngulxushlug‘ bila tortay meni mahzun qadah? Yo meni mahrumg‘a xunobayi hijron berib, O‘zga mahramlar bila ul oy ichar gulgun qadah. Bori har taqdir ilakim, bor men labtashnag‘a Tutmas ermish zahri g‘amdin o‘zga dahri dun qadah. Soqiyo, bu g‘ussa daf’i mastu behudlug‘durur, Tut shafaqgun may to‘la, gar xud erur gardun qadah. Ravza oyin ko‘rmay ilgingdin qadahni solmag‘il, Lek ol bayram hiloli ham ko‘rungan tun qadah. Jom erur men telbaga qonlig‘ ko‘zumnung kosasi, Lolalar sahroda bas, gar istasa Majnun qadah. Chun fano dayrig‘a kirdim, boda tut, ey piri dayr, Zarf xoh eski safol o‘lsun, vagar oltun qadah. Yuz qadah qilg‘il murassa’kim, chekarsen jomi marg, Hech kim xud topmadi Jamshiddin afzun qadah. Ey Navoiy, bizni yod etgaymu barqandon kuni Ichsa jomi Jam tilab soniyi Afridun qadah? 106 Gadoyi fahr ila so‘z ayta olmas podsho gustox, Shah ollinda nechukkim dam ura olmas gado gustox. Ne quvvat birla shah gustox so‘zlashgay aning birla, Ki vahm etgay boshig‘a soya solmoqtin humo gustox. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling