Alisher navoiy badoyi’ ul-bidoya


Download 241.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet47/54
Sana17.03.2023
Hajmi241.92 Kb.
#1279764
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   54
Bog'liq
alisher navoiy . badoyi ul bidoya (1)-1-100

www.ziyouz.com kutubxonasi 
85
Sendadur maqsud ganji, lek jismingdur tilism,
Vahki, bu ganj ul tilism ichra ajab noyob erur. 
Ey Navoiy, jism aro jon rishtasin tutqil aziz,
Kim bori lo‘livashim la’bi uchun asbob erur. 
 131 
Ul pari ko‘ngli uchun ruhum asiru zor erur,
Bul’ajab toshi qanotsiz qushg‘a badraftor erur. 
Har kecha qon birla jismim safhayi taqvimdek
Go‘yi anjum tirnog‘idin sarbasar afgor erur. 
Kofiri mastedur ul ko‘zkim, kamandi zulf anga
Yeshibon yonida qo‘yg‘on rishtayi zunnor erur. 
Baxtim uyqusidin afg‘onlar chekardin go‘yiyo
Har kecha ko‘z yummay anjuj to sahar bedor erur. 
Yangla ko‘nglum vasl topti, rahm qil, ey ohkim,
Tund yeldin yangi butgan yorag‘a ozor erur. 
Qatlima ul ko‘z savodi hay’atidin bag‘rig‘a 
Bir qaro tosh bog‘lag‘on qon qilg‘uchi xunxor erur. 
O‘qusam nomangni pechu toblig‘ behud tanim
Go‘yiyokim nomani chirmab yiborgan tor erur. 
Chun quyoshdek yerga kirgung, ne asig‘ gar yuz quyosh
Masnading toqida har yon shamsayi devor erur? 
Tirguzub, debsen, Navoiy jonig‘a minnat qo‘yay,
Gar sen o‘ltursangki, ul jon birla minnatdor erur. 
132 
Ko‘ngulki, ishqida dersen balo ne bo‘lg‘usidur?
Nekim bo‘lur sanga bo‘lg‘ay, mango ne bo‘lg‘usidur? 
Ul oy jamolig‘a ishqim xud ortadur har dam,
Bu ishda oqibatim, vahki, to ne bo‘lg‘usidur? 
Dema, ne bo‘lg‘usi ul zulf qaydida ko‘nglung,
Asiru volavu shaydo, yano ne bo‘lg‘usidur? 
Firoq dardig‘a debsen davo ne bo‘lg‘ay ekin,


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya
www.ziyouz.com kutubxonasi 
86
Bu dardg‘a ham o‘zung de, davo ne bo‘lg‘usidur? 
Bihishti mehnat emas, bo‘lsa va’dayi diydor,
Visol umidi bor ersa, jafo ne bo‘lg‘usidur? 
Bu yo‘l musofirining holi, ohkim, mutlaq
Bilinmadiki ne o‘ldi, vayo ne bo‘lg‘usidur? 
Navoyiyo, dema, foniy bo‘lub visolg‘a yet,
Mangaki hajr chekibmen, fano ne bo‘lg‘usidur? 
 133 
Jafo qilur bari gulchehralar, vafo qilako‘r,
Vafo ham elga qilursen, vale mango qilako‘r. 
Ne telbaniki muqayyad tilarsen, ey gardun, 
Aning salosili zulfig‘a mubtalo qilako‘r. 
Desang hijobni olg‘aylar, ey ko‘z, ollingdin,
Ne gard oning yo‘lidin qo‘psa, to‘tiyo qilako‘r. 
Tajallo istasang ul yuzdin o‘rtabon jisming,
Kuli bila ko‘ngul oyinasin jilo qilako‘r. 
Umidi vasl ila ko‘yungga bordi xasta ko‘ngul,
Yigitliging haqi, ul hojatin ravo qilako‘r. 
Biyik nishiman erur, ey ko‘ngul, visol avji,
Talab qanoti bila ul taraf havo qilako‘r. 
Navoyiyo, chu alamsiz murod mumkin emas,
Desangki vasl topay, hajr o‘tig‘a yoqilako‘r. 
134 
Jonim oromi uchun qosidki jonondin kelur,
Go‘yo jonparvar nasime obi hayvondin kelur. 
Noma qosid ilgidin, qosid habibim ollidin,
Mujdayi jon yeldinu yel mohi Kan’ondin kelur. 
Va’dayi vasliki, jonondin kelur hijron kuni,
Tindurur ko‘nglumni so‘z yanglig‘kim, ul jondin kelur. 
Gavharedekdurki, chiqmish xomasining no‘gidin
Noma uzra shodlig‘ ashkimki mujgondin kelur. 


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya

Download 241.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling