Alisher navoiy badoyi’ ul-bidoya
Download 241.92 Kb. Pdf ko'rish
|
alisher navoiy . badoyi ul bidoya (1)-1-100
www.ziyouz.com kutubxonasi
87 Shodlig‘din jon nisor etsam, ne tongkim, bu xabar Ham ko‘nguldin, filmasal, ham ko‘nglum olg‘ondin kelur. Vahki, mazmunidur ahli dard sargardonlig‘i, Har balo maktubikim, bu charxi gardondin kelur. Deb emish nomamg‘a qilmaydur Navoiy jon nisor, Anda jon bo‘lsa, qachon bu nav’ ish ondin kelur?! 135 Tutulmish erdi g‘azabdin ulusni qildi asir, Quyosh tutulsa, bale, fitnadur anga ta’sir. Agarchi yoda girih bo‘lsa, o‘qi tuz chiqmas, Qoshi girih bila zulm o‘qin etmadi taqsir. Ko‘ngulni ko‘zlaring oldi, ne tong, iki bo‘lmak Bir ahli dinni iki mast kofir etsa asir? Ko‘rub yuzida g‘azab, zulfi sori qochti ko‘ngul, Ko‘ngulga soya kerak itik o‘lsa mehri munir. Xadangging o‘tti ko‘ngul pardasig‘a yetmas ekach, Ne haddi man’, xususan, qazo o‘qig‘a harir. G‘am o‘lsa solma girihlar qoshingg‘akim, qilmas G‘aliz o‘lub bu qaro man’i xomayi taqdir. Navoyiyo, sanga bu so‘zda shubhae bo‘lsa, Qadah keturki, xututida ko‘rguzay bir-bir. 136 Voyki, bag‘rim yana hajr o‘qidin yoradur, Har nafas ul yoradin jon o‘zidin boradur. Jonima ofat labi, hajri balo, ohkim, Baxtima bir hukmi bor la’l, vagar xoradur. Dard sipehri tanim to‘zg‘anu o‘tgan o‘qung Lam’ayi paykon bila sobitu sayyoradur. Ko‘yida topmoq seni mumkin emas, ey ko‘ngul, Anda chu sen telbadek yuz tuman ovoradur. Charx arusig‘a yo‘q g‘ayri yamonliq shior, Aqdig‘a mayl etmakim, shohidu badkoradur. Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya www.ziyouz.com kutubxonasi 88 Vo‘smasi qavsi quzah, g‘ozasi gulgun shafaq, Zulfu yuzi tunu kun, ko‘rki, ne makkoradur. Ishq ajab dard emish, dardg‘adur chora sabr, Vahki, Navoiy base oshiqi bechoradur. 137 Telbarab itgan ko‘ngul yodimg‘a kelsa gohlar, Yig‘lab el ko‘ngli buzulg‘udek chekarmen ohlar. Utti xo‘blar oy kibi, yo‘qtur aroda ul quyosh, Vahki, ul badmehrni ko‘rmon, o‘tadur mohlar. Xo‘blar zulfu zanaxdonig‘a bording, ey ko‘ngul, Hozir o‘l, tundur qarong‘u, yo‘lda bordur chohlar. Gar musavvir chizsa devor uzra ul gul xirmanin, Jav-bajav mendin nishon bergusi bir-bir kohlar. Ey ko‘ngul, Farhod ila Vomiq dog‘i Majnun qani? Bo‘lmag‘il g‘ofilki, bir-bir bordilar hamrohlar. To‘kti qon gulgun libosin kiygach ul xo‘blar shahi, Qon to‘kar ermish qizil to‘n kiysa, beshak, shohlar. Ey bahori husn, eshitsang gar Navoiy ohini Kerak, albatta, xazon yelin sog‘insang gohlar. 138 Yuz tuman mehnat o‘ti anduhlig‘ jonimdadur, To havodin sarzanish sarvi xiromonimdadur. Hojatim budur, xudoyokim, karomat qilg‘asen, Notavon jonimg‘a har zahmatki jononimdadur. Dard menda sendin ortuq bo‘lsa, jono, ne ajab, Kim sening jismingdadur, zahmat mening jonimdadur. So‘rdum og‘zi ta’mi talx ermish, ajab yo‘q o‘lmagim Menki, bu yang‘lig‘ achig‘ ta’m obi hayvonimdadur. Ey Masiho, subhi ayshim tiyra bo‘lmish, go‘yiyo Zarrae betoblig‘ xurshidi tobonimdadur. Dahr bog‘i ichra barbod o‘lmag‘on gul chiqmadi, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling