Alisher navoiy badoyi’ ul-bidoya


Download 241.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet54/54
Sana17.03.2023
Hajmi241.92 Kb.
#1279764
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
alisher navoiy . badoyi ul bidoya (1)-1-100

www.ziyouz.com kutubxonasi 
99
Xoli ruxsoring kumish masnadda Hinduston shahi,
Ollida saf tortibon xat tobi’u mahkum erur. 
Eyki, maydin xoli ermas deb meni ta’n aylading,
Bori ko‘rguz onikim bu dayr aro ma’sum erur. 
Dog‘i pinhondur Navoiy ko‘nglida, ey lolarux,
Nuqtayi xolingki ko‘zdin doimo ma’dum erur. 
 158 
Har labing o‘lganni tirguzmakda, jono, jon erur,
Bu jihatdin bir-birisi birla jonajon erur. 
Jonim andoq to‘ldi jonondinki, bo‘lmas fahmkim,
Jon erur jonon emas yo jon emas, jonon erur. 
Bo‘lsa jonon, bordurur jon ham, chu jonon qildi azm,
Jon ketib jonon bila, jondin menga hijron erur. 
Jon manga jonon uchundur, yo‘qki jonon jon uchun,
Umr jononsiz qotiq, jonsiz vale oson erur. 
Borsa jon, jonon yitar, gar borsa jonon, jon ketar,
Kimsaga jononu jonsiz umr ne imkon erur? 
Xushturur jonu jahon jonon bila, jonon agar
Bo‘lmasa jon uylakim o‘lmak jahon zindon erur. 
Jonim ol, ey hajru jononsiz manga ranj istama,
Chunki jononsiz Navoiy jonidin ranjon erur. 
 159 
Har qachonkim kemaga ul oy safar raxtin solur,
Mavjluq daryo kibi oshufta ko‘nglum qo‘zg‘olur. 
Yig‘lama, ey ko‘z, nedin sohilg‘a chiqmas kema deb,
Ko‘z yoshim daryosidur har sorikim el ko‘z solur. 
Titrabon siymobdek ko‘nglum, yetar jon og‘zima,
Tund yel tahrikidin har damki daryo chayqolur. 
Sabr ko‘nglumda, ko‘ngul ul oyda, ul oy kemada,
Vahki, borib, telmurub ko‘z, mung‘ayib jonim qolur. 
Dam tutulg‘ondin o‘lar eldek yetibmen o‘lgali,


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya
www.ziyouz.com kutubxonasi 
100
Surmasun deb kemasin baskim nafaslar asrolur. 
Kirma savdo bahrida olamdin istab sudkim,
Siym naqdi tushsa, lekin umr naqdi siyg‘olur. 
G‘arq etar bahri fano g‘am zavraqin, ey piri dayr,
Ilgiga chunkim Navoiy boda kishtisin olur. 
 160 
Jon berur elga agarchi labidin qon tomadur,
Vah, dema qon tomadur, balki chuchuk jon tomadur. 
Noz o‘qi birla ko‘zum mardumin etding majruh,
Ashki gulgun dema, zaxmidin aning qon tomadur. 
Vah, yaram ichra ne qondur buki, devona ko‘ngul
Topsa taskin — turadur, aylasa afg‘on — tomadur. 
Go‘yiyo fitna sahobidin erur seli balo,
Raxshidin qatraki javlon aro har yon tomadur. 
Tomchidek ashkim emas, ko‘nglum o‘ti daf’i uchun
Gah badan kulbasini qilg‘ali vayron tomadur. 
Vahki, gul sham’in o‘churmaklik uchundur, gar xud
Qatra o‘rnig‘a bulutdin durri g‘alton tomadur. 
La’li vasfida Navoiy so‘zidin obi hayot
Qilsa paydo oqadur, aylasa pinhon tomadur. 
 161 
Xolu xating xayolidin, ey sarvi guluzor,
Gohi ko‘zumga xol to‘shubtur, gahi g‘ubor. 
Yuzungda xol safhada tomg‘an kibi qaro,
Xoling malohati tuz erurkim qaroda bor. 
Jonimni o‘rtagan yuzu xolingni bilmasang,
Ut shu’lasida ayla gumon bir o‘chuk sharor. 
Bilmon, ko‘ngulda xollaringning xayolidur,
Yo kirpiging tikanlarin aylabsen ustuvor? 
Har dam ko‘ngul haloku ko‘zum tiyra bo‘lmog‘in
Bilgay birovki, yori erur sho‘xu xoldor. 

Download 241.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling