Alisher navoiy badoyi’ ul-bidoya


Download 241.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet49/54
Sana17.03.2023
Hajmi241.92 Kb.
#1279764
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
alisher navoiy . badoyi ul bidoya (1)-1-100

www.ziyouz.com kutubxonasi 
89
Yo‘q ajab, gar yeldin osibe gulistonimdadur. 
Ey Navoiy, so‘rmading dersen malul o‘lg‘anda yor,
Sog‘inursen go‘yiyokim baxt farmonimdadur. 
139 
Kirdi siymobiy libos ichra yana ul guluzor,
Ul quyoshdekkim, anga moni’ bo‘lur abri bahor. 
Ul bulut yanglig‘ libos uzra sizilg‘on xatlari
Bor aningdekkim, yog‘in tushgay bulutdin tor-tor. 
Bu libosi siymgun ichra sening nozik taning
Ul kumushdekdurkim, ul siymob aro tutqay qaror. 
Mehri ruxsoring libosi siymgundin mutlaqo
Ul quyoshdurkim, qilur ko‘zguda aksin oshkor. 
Bo‘ldi siymobiy -libosing rangi baskim, ayladim
Ko‘z sahobidin boshingg‘a ashk siymobin nisor. 
Tanni chun siymob etar bu charxi axzar oqibat, 
To‘n agar siymobiy o‘lsun, gar yashil, bir hukmi bor. 
Ey Navoiy, kisvati gar obgundur, ne ajab,
Bu yaqindurkim, bo‘lur suv ichra durri shohvor. 
 140 
Furqatingdin za’faron uzra to‘karmen lolalar,
Lolalar ermaski, bag‘rimdin erur pargolalar. 
Dur tishingdin donayi sabrim qolur bebar desam,
Kulub ayturkim, ekinning ofatidur jolalar. 
Bargi gul uzra yopishibtur shakar har soridin,
Yo magar-la’ling uza qaynabturur tabxolalar? 
Tola-tola nay o‘qung ko‘ksumda go‘yo sindikim,
Tevrulubtur notavon ko‘nglumda bir-bir tolalar. 
Fitnalik to‘qquz falaq girdingda, jono, turfadur,
Kim ko‘rubtur bir quyosh davrinda mundoq holalar? 
Bordilar ahbobu men yig‘larmen o‘z ahvolima,
Korvondin qolg‘on it yanglig‘ki, qilg‘ay nolalar. 


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya
www.ziyouz.com kutubxonasi 
90
Ko‘hi g‘am bo‘ldi Navoiy, lolalar gulgun sirishk,
Tog‘ agar budur, bale, ashk o‘lg‘usidur lolalar. 
141 
Ul malohat sham’idin mundoqki jismim yonadur,
Har bir uchqun g‘am shabistonida bir parvonadur. 
Shomi hajrim sharhin el afsona qildi, ohkim,
Uyqug‘a solg‘on qaro baxtimni bu afsonadur. 
G‘ayrkim, mahv o‘ldiyu sensen buzug‘ ko‘nglum aro,—
Chug‘z itib, tovus yer tutmish, ajab vayronadur. 
Ko‘ksum ichrakim, g‘amingdin nordek bo‘ldi inkof,
Go‘yiyo har bir bag‘ir pargolasi bir donadur. 
Ko‘yida so‘rsang ko‘ngullarni unutma, ey sabo,
Mening ovoramnikim, ham xasta, ham devonadur. 
Charx shabgardig‘a go‘yo naqdi umringdur g‘araz,
Tegrangga har tunki ikki bukrayib aylonadur. 
So‘rma hajringda Navoiy yorinu sarmanzilin,
Yor anga darding, vatan bir kunji mehnatxonadur. 
142 
To xayoling gah ko‘ngul, gah ko‘z aro mehmon erur,
Ko‘z bila ko‘nglum arosinda hasaddin qon erur. 
Ko‘ngluma paykonlaringdin qatra-qatra suv emas,
Holima ko‘zdek biaynih ul dog‘i giryon erur. 
G‘arqamen ashk ichrakim, ishqing tanimni o‘rtamas,
Yo‘qsa, o‘t kim ko‘rdikim, xoshok aro pinhon erur? 
Hajr o‘qidinkim erur bag‘rim aro yuz ming to‘shuk,
Har to‘shuk bir ko‘zdururkim, holima hayron erur. 
Husn maydonida ul ko‘z chobukedurkim, anga
Xoli mushkin go‘yu zulfung anbarin chavgon erur. 
Dahr bo‘stonida bosh chekkan nihol atrofida
Shox emas, novak degil, yafrog‘ emas, paykon erur. 
Tiyg‘ ila dushvor aylabsen Navoiy qatlini,
Chehradin burqa’ni olg‘ilkim, base oson erur. 


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya

Download 241.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling