Alisher navoiy badoyi’ ul-bidoya


  Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya www.ziyouz.com


Download 241.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet45/54
Sana17.03.2023
Hajmi241.92 Kb.
#1279764
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   54
Bog'liq
alisher navoiy . badoyi ul bidoya (1)-1-100

125 


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya
www.ziyouz.com kutubxonasi 
82
Zaxmim achitqon dam-badam ul la’li shakkarxand erur,
Vah-vah, tuz ermish ulki, men qildim gumonkim qand erur. 
O‘tsang g‘amim sahrosidin, qonlig‘ ko‘ngul ajzosidin,
Har lola bargin anglakim bir dog‘liq parkand erur. 
Ko‘yungda mung‘lug‘ jong‘a tan yuz zahm ilandur xirqae,
Marham bila qo‘yg‘on momuq har yon anga payvand erur. 
Majnun ko‘ngul qilmas havo har yon o‘qungdin go‘yiyo,
Kim bu temur birla yig‘och hibsig‘a oning band erur. 
Boqqach quyosh ruxsorig‘a andin qilurmen ko‘z yoshi,
Kim ul musofir oyima husn ichra bas monand erur. 
G‘am barqiyu mehnat tuni zoyanda bo‘lsa ishqdin,
Tong yo‘qki, o‘tqa gah sharar, gohi tutun farzand erur. 
Dunyo arusi zulfini tutqon ne ogah faqrdin
Ganj istamas ulkim yilon tutmoq bila xursand erur. 
Ming nola tortib ko‘rmay ul gul vaslin oxir o‘lganim,
Bu bog‘ning bulbullari gar bilsalar xush pand erur. 
Ko‘z uchi birla boqtingu qiyding Navoiy ko‘nglini,
Bilding onikim bir qiyo boqmoqqa hojatmand erur. 
126 
El tilidin jonima gar yuz balo mavjud erur,
G‘am yemon, gar ul qizil til tiyg‘i xunolud erur. 
Yuz uza siymin zanaxdoningda xatti mushkbo‘y
O‘tqa qo‘yg‘on olmadin go‘yoki chiqqon dud erur. 
Jon berib oldim jununi ishq to bo‘ldum fano,
Olloh-olloh, ul ne xush savdo, bu ne xush sud erur?! 
Hajr bedodidin ul yuz shavqi ortar har necha,
Kim xazon osiybidin gul yafrog‘i nobud erur. 
Kisvatidur xilqatim ishq ofati shaxsig‘akim,
Rishtayi jon anda toru tori jismim pud erur. 
Qilmading ahdingg‘a bir ahdeki, qilg‘aysen vafo,
Bevafolar ahdi mundoq go‘yiyo ma’hud erur. 
Mehr isi bu mijmari feruzadin ko‘z tutmakim,


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya

Download 241.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling