Alisher navoiy badoyi’ ul-bidoya
Download 241.92 Kb. Pdf ko'rish
|
alisher navoiy . badoyi ul bidoya (1)-1-100
www.ziyouz.com kutubxonasi
76 Tunu anjum dema davrong‘a rohat qilmasun deb mayl, Qazo gulmixlar qoqti qilib gardunni qiyrandud. Xarobotu munojot ahlining matlubi sendursen, Manga ko‘rsatmasang yo‘l, naylayin, qay soridur behbud? Navoiy, Ka’ba zikrin qo‘yki, biz dayri fano istab Zahabko vodiyal-maqsad, vajadno mohuval-maqsud. 114 Ey orazi nasrin, sochi sunbul, qadi shamshod, Bulbul kibi hajringda ishim nolavu faryod. Ko‘zlaringga sayd o‘ldi ko‘ngul, vah, qutulurmu Bir qushki, aning qasdida bo‘lg‘ay iki sayyod? Ul maktab arokim o‘qudung noz ramuzin, Go‘yoki vafo ilmin unutmish edi ustod. Ashkimni ko‘rub tez bo‘lur ko‘ngli jafog‘a, Ore, itimas chunki suyi bo‘lmasa fo‘lod. Mingdin bir emas o‘z yuragi zaxmlaridin Har nechaki tog‘ bag‘rini zaxm ayladi Farhod. O‘lukni kishi dafn eta olmas, vale har kun Yuz tig‘ qilur dafn ko‘zung bo‘lg‘ali jallod. Gul yafrog‘i tirnog‘lar erur bu chaman ichra Bulbul paru bolini yulub, bergali barbod. Ne ayb, Navoiy kibi devonalig‘ etsa, Har odamekim, bo‘lsa aning yori parizod. 115 Aylamas har nav’ bo‘lsam ul buti ra’no pisand, Bo‘lmag‘on ko‘p yaxshiroq olamda mendek nopisand. Umr o‘tub, bir xizmatim ul oy pisandi tushmadi, Vah, ne umr erur, ne qilsam aylagay, oyo, pisand? Yor agar mushkilpisand o‘lmish, ko‘rung mushkilki, bor Menda yuz mushkil ishu qilmas birin ammo pisand. Ishqida qildim jahondin qat’u jondin ham, ne sud, Chunki ul jonu jahonim aylamas qat’o pisand. Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya www.ziyouz.com kutubxonasi 77 Ey ko‘ngul, kuydur tama’ tuxmin, tamanno mazra’in, Bu ekin nevchunki hargiz aylamas dono pisand. Davlati faqr istagil, nevchunki bor ul ko‘y aro Sidq ila kirgach agar a’lovu gar adno pisand. Chun fano sholini kiydim, atlasing yig‘, ey sipehr, Kim bu bozor ichra ermas hargiz ul kolo pisand. Soqiyo, bir o‘tki, kul qilg‘ay vujudim xirmanin, Aylamon hayvon suyinki, aylagay ihyo pisand. Bu ne aqlu zuhd bo‘lg‘ay, zohidokim, qilmag‘ay Men kibi olamda bir devonayi rasvo pisand. Kech bu bog‘u gullaridin ham, Navoiykim, emas Ahli taxqiq ollida dunyovu mofiho pisand. 116 Buki har yondin ko‘kartibdur yuzumni koji dard, Jism uyi toqini oltun birla qildim lojuvard. May yuzungda gullar ochti, qilma faryodimni man’, Bulbul afg‘oni, ne tong, gulshanda chun ochildi vard. Bul’ajabliqlardurur ishq ichrakim, zohir qilur Mehrdek o‘tlug‘ ko‘nguldin day yelidek ohi sard. G‘am toshi xokiy tanimdin har sori eltur g‘ubor, Boshima tufrog‘ sovurmog‘din emas tegramda gard. Ul quyosh zulfi xamidin chiqsa ohim to‘lg‘anib, Bir quyun bil onikim, davri erur gardunnavard. Eyki, istarsen o‘zungni fard ul oy ishqida, Avval oning g‘ayri yodidin o‘zungni ayla fard. Ey Navoiy, dardliq nazmingni dard ahli bilur, Dardsiz dog‘i bo‘lur oni o‘qug‘ach ahli dard. 117 Topqali xokiy tanimg‘a novaki ishqing kushod, Ko‘nglum aytur xayr maqdam, jonim aytur xayrbod, Xatmudur yoxud bayozida yuzining kilki sun’ |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling