Alisher navoiy badoyi’ ul-bidoya


Download 241.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/54
Sana17.03.2023
Hajmi241.92 Kb.
#1279764
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54
Bog'liq
alisher navoiy . badoyi ul bidoya (1)-1-100

www.ziyouz.com kutubxonasi 
74
110 
Sen o‘z xulqungni tuzgil, bo‘lma el axloqidin xursand,
Kishiga chun kishi farzandi hargiz bo‘lmadi farzand. 
Zamon ahlidin uz payvand, agar desang birov birla
Qilay payvand bori qilmag‘il noahl ila payvand. 
Ko‘ngul komini qo‘y, gar xud mening devona ko‘nglumni
Toparsen uyla yuz parkandu sol har itga bir parkand. 
Eshitmay xalq pandin, turfakim pand elga ham dersen,
Qila olsang eshitgil pand, sen kim — elga bermak pand?! 
Bu foniy dayr aro gar shohlig‘ istar esang, bo‘lg‘il
Gadolig‘ nonig‘a xursandu bo‘lma shahg‘a hojatmand. 
Bo‘lub nafsingg‘a tobi’, band etarsen tushsa dushmanni,
Sanga yo‘q nafsdek dushman, qila olsang ani qil band. 
Shakar lablar tabassum qilg‘onin ko‘rgach ko‘ngul berma,
Ki bedillarni achchig‘ yig‘latur oxir bu shakkarxand. 
Jahon lazzotini shirin ko‘rarsen, lek bandingdur,
Giriftor o‘lma, voqif bo‘lki, qandu qaydur erur monand. 
Ko‘nguldin jahl ranji dof’i gar istasang, bordur
Navoiy bog‘i nazmi shakkaristonida ul gulqand. 
 111 
Yop ul yuz oyinasin cheksam ohi dardolud,
Bu vajhdinki, qilur mayl xo‘blar sori dud. 
Jahonki, ohim ila tiyradur, emas mumkin
Bu shom daf’i yuzung subhi bo‘lmayin mavjud. 
Yuzungda har soridin egma qosh erur, yoxud
But ollida iki hindug‘a voqi’ o‘ldi sujud. 
May ichti deb meni yozg‘urmang, ey musulmonlar,
Ki rahmatidin emas noumid gabru juhud. 
Qadahki dayrdin istarmen, ushbu ko‘zgudin,
Bilingki, mug‘bacha aksi erur manga maqsud. 
Qovarlar itlari ul ko‘y aro fig‘onimdin,


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya
www.ziyouz.com kutubxonasi 
75
Ne itki ko‘p ulusa el aro erur mardud. 
Dedimki, sud qilay jon berib visoli uchun,
Navoyiyo, chu firoqida umr kechti, ne sud? 
 112 
Dudi oh ermas ko‘ngul uyin qaro qilg‘onda dard,
Chun yiqildi ishq zulmidin, havog‘a chiqti gard. 
Har taraf azm etmaging ko‘p dardlar darmonidur,
Kelki, asru dardi dil izhor etarlar ahli dard. 
Qaydakim tushsa nazar payki sirishkim bahridur,
Kim ko‘rubtur suv uza bu nav’ payki rahnavard. 
Lola yanglig‘ bo‘ldi gulgun bodadin ul yuz guli,
Vah, ne rangin ochilur ermish qizil suv ichsa vard. 
Uyla chiqting sekretib shabrangu tortib tiyg‘i kin,
Shahsuvori charx yuz qaytardi bo‘lmay hamnabard. 
Tez evur davringda, ey soqiy, sipehroso qadah,
Barham urmastin burun majlisni charxi tezgard. 
Basdurur ul oyni ko‘rgandin tanim titratmasi,
Ey Navoiy, chekmagil sen dog‘i bir dam ohi sard. 
113 
Qoshing mehrobini vasl ahli etmish qiblayi maqsud,
Boshim yuz qatla ursam yerga hajringdin, manga ne sud? 
Ichimda ishqdin yuz barqu dam urmoqqa zahram yo‘q, 
Uy ichra o‘t solib, vah, mushkil ermish asramog‘lig‘ dud. 
Yada toshig‘a qon yetgach yog‘in yoqqandek, ey soqiy, 
Yog‘ar yomg‘urdek ashkim chun bo‘lur la’ling sharobolud.
Chu qo‘ydung dog‘, tindurdung ko‘ngulni darding istardin,
Diram birla gadoni uylakim qilg‘ay kishi xushnud. 
Junun bu bo‘lsakim yog‘di parivash tifllar toshi,
Munosibdur bu toshlar aql eshigin qilg‘ali masdud. 
To‘kuldi gul, fig‘on bas qildi bulbul, shukrkim, bori
Sening husnung mening ishqimda nuqson bo‘lmadi mavjud. 


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya

Download 241.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling