Alisher navoiy badoyi’ ul-bidoya
Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya www.ziyouz.com
Download 241.92 Kb. Pdf ko'rish
|
alisher navoiy . badoyi ul bidoya (1)-1-100
95
Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya www.ziyouz.com kutubxonasi 66 Ey, gadoyingning gadoyi barcha ahli taxtu toj, Kim gadoyingdur, anga yo‘q taxt ila toj ehtiyoj. Ko‘zlaring oz jurm uchun qilsa itob ermas ajab, Bor muayyankim, bo‘lur bemorlar nozikmizoj. Gar sanubar tuzmamish sarving xilofin ko‘nglida, Yel chinor ilgi bila nevchun urar yuziga koj? Eyki, ko‘nglumni buzub, dersen, xayolimni chiqar, Hech kim vayronadin ganj istamas hargiz xiroj. Sen jafo qilg‘ach, ko‘ngul jon birla tarkim tuttilar, Bo‘lsa shah zolim, el ichra zulmg‘a ermish rivoj. Hajrdin dod istadim, deding, sabur o‘l, voykim, Toza dog‘img‘a yonar o‘t birla aylarsen iloj. Chun fano gardi yopar, ne sud taxtu johingga, Ko‘kning anjumdin mukallal atlasin qilsang duvoj. To gadoyingdur, Navoiy taxt ila toj istamas, Ey, gadoyingning gadoyi barcha ahli taxtu toj. 96 Ko‘ngullar nolasi zulfung kamandin nogahon ko‘rgach, Erur andoqki qushlar qichqirishqaylar yilon ko‘rgach. Ko‘ngul chokin ko‘zumda ashki rangin elga fosh etti, Balig‘ zaxmini fahm aylarlar el daryoda qon ko‘rgach. Ko‘zum qon yosh to‘kar, netib ko‘ngul zaxmin yoshuraykim, Toparlar yerda zaxmin sayd qonidin nishon ko‘rgach. Bo‘yolg‘on qon aro jon pardasi yetgach g‘ami hajring, Ko‘ngul bog‘ida bargedurki, ol o‘lmish xazon ko‘rgach. Xadanging zaxmi ichindin balolarni yug‘on yoshim Erur tifleki, olg‘ay qush bolasin oshyon ko‘rgach. Ko‘ngullar naqdini toroj etarga yopmog‘ing burqa’ Aningdekdurki, yuz bog‘lar qaroqchi karvon ko‘rgach. Yuzin zulf ichra to ko‘rdum, o‘lub vaslig‘a yetmasmen, G‘alat ermish yuz urmoq kecha o‘tni har qayon ko‘rgach. Erur chun olam ichra joh foniy, yaxshi ot boqiy, Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya www.ziyouz.com kutubxonasi 67 Bas, el komin ravo ayla o‘zungni komron ko‘rgach. Navoiy, xurdayi nazmingni andoq aylading tahrir, Ki sochqay xurda boshing uzra shohi xurdadon ko‘rgach. 97 Girih-girih chu tugarsen — yetar ayog‘ingga soch, Girihlarin chu ocharsen — tushar quloch-quloch. Ko‘ngulni qiydi itik g‘amzasiyu qilmadi rahm Qiyo-qiyo boqibon ul ikki ko‘zi qiymoch. Chamanda kecha yotib mast orazin yopmish, Qo‘p emdi, tong yeli, ul gulni lutf birlan och. Qading chamanda ko‘rub bog‘bon agar sarvin Ko‘ziga ilsa, hamono keraktur anga yig‘och. Junung‘a tushti sanubar qadingdin uylaki suv, Bo‘lub ayog‘ig‘a zanjir uzaldi boshida soch. Sipehr na’l ko‘rub ko‘ksum uzra mehrobe, Balo o‘qig‘a hamonoki ayladi omoch. Navoyiyo, der esang ko‘rmayin vafosizliq, Tavaqquf etma, zamon ahlidin vafo kibi hoch. 98 Ko‘rub dardim, tarahhum qilmading hech, To‘kub ashkim, tabassum qilmading hech. Firoqing o‘ti ichra necha yig‘lab, Fig‘on chektim, tarahhum qilmading hech Jahong‘a ohu ashkim soldi oshub, Bu to‘fondin tavahhum qilmading hech. So‘zung shavqidin erdim xasta umre, So‘rarg‘a bir takallum qilmading hech. Musallam ishq, ey ko‘nglum, sengakim, Ko‘rub zulmin, tazallum qilmading hech. Muhabbat ahli qismin nevchun, ey charx, Qilib mehnat, tana’um qilmading hech. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling