Alisher navoiy badoyi’ ul-bidoya


Download 241.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/54
Sana17.03.2023
Hajmi241.92 Kb.
#1279764
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   54
Bog'liq
alisher navoiy . badoyi ul bidoya (1)-1-100

www.ziyouz.com kutubxonasi 
64
Iyodatimdin ul oy gar qo‘par, chiqar jonim,
Tirikmen ar bo‘lur ul umr bir zamon mokis. 
Tariqi ishqu mehnat mangavu Majnung‘a
Aningdek o‘ldiki, topmas sipehr anga solis. 
Sen ista fayzi fano dayr gungu lolidin,
Ki ishq darsini bilmas mujodilu bohis. 
Erur Navoyiyu ishq ming balo, go‘yo
Falak havodisi barcha anga bo‘lur hodis. 
92 
Nutqi jon bermak qilur ul la’li xandon birla bahs,
Rost Isodekki qilg‘ay obi hayvon birla bahs. 
Yor derkim, bahs qil ernim bilakim, ne uchun
Ko‘nglung olib qasdi jon etti, qilay jon birla bahs. 
Ey ko‘ngul, gar aql etar man’i junun, qilma jadal,
Ayb erurkim ahli donish qilsa nodon birla bahs. 
Jonni jonon gar tilar, billahki, minnat jong‘adur,
Har nechuk hukm etsa tegmas jong‘a jonon birla bahs. 
Nosiho, qilma jadal ayril kiyiklardin debon,
Olimi shahr etmagay guli biyobon birla bahs. 
Faqr ko‘yida musallam tut ne qilsang istimo’,
Orif ermas har kishikim qilsa irfon birla bahs. 
Ey Navoiy, har nechuk zulm etsa chek, dam urmag‘il,
Kim gado haddi emas hech ishda sulton birla bahs 
 93 
Mening rasvolig‘img‘a bodayi gulgun erur bois,
Mayi gulgun icharga soqiyi mavzun erur bois. 
Parivashlar jafosig‘a gina bil telba ko‘nglumdin,
Bukim tosh yog‘durur atfol, anga Majnun erur bois. 
Falak bejurm erur, g‘am kelsa bu mahzun sorikim, huzn,
Topib o‘z jinsini kelmakka bu mahzun erur bois. 
Sovursam ko‘kka tufrog‘ dard vodiysida, tong yo‘qki


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya
www.ziyouz.com kutubxonasi 
65
Quyundek buylakim sargashtamen, gardun erur bois. 
Ne tong, bu telba og‘zida so‘zi doim ul oyningkim,
Pari vaslig‘a aksar el aro afsun erur bois. 
Labing jonbaxsh ayog‘din boshingga, qotil, ne ayb, o‘lsam,
Tirilmaklikdin o‘lmaklikka chun afzun erur bois. 
Raqibingg‘a desam la’nat, yori borkim senga nohaq,
Mening qonimni to‘kturmakka ul mal’un erur bois. 
Rido dayr ichra rahn etganga chun qilding g‘azab, ey shayx,
Yana yozg‘urma borsam ul sari marhun erur bois. 
Navoiy boda ichmas, lek chun soqiy qadah quydi,
Ul ofat shakl erur mujib, bu dilkash un erur bois. 
94 
Buzuq ko‘ngulga fano bo‘lsa kom cheksun ranj,
Ki ranj chekmasa hargiz muyassar o‘lmas ganj. 
Agar kishiga chekib ranj ganj bo‘ldi nasib,
Desa bu ganjni asray, yo‘q andin ortuq ranj. 
Kishiki naqdini vazn aylabon qilur madfun,
Bu g‘ussasanjdur, olg‘on kishi farog‘atsanj. 
Yilon kibi, ne ajab, ganj asrag‘on kishining
Hamisha komida gar zahr erur, tanida shikanj. 
Zamona johi uchun har g‘ululayi tashvish, 
Ki kelsa ko‘ngling evini anga qilursen ganj. 
Desangki, fard o‘lay eldin, ko‘ngulni xoli tut,
Ki toq derlar agar ganj sori otsang ganj. 
Boshi quyidurur ozoda savsan ollida, 
Chu nargis o‘ldi chaman maxzanida naqdul-farj. 
Tarig‘ kibi suyulur talxkomliq birla,
Tarig‘-tarig‘ki yig‘ishturdi oltunin noranj. 
Itur ko‘ngul haramidin xavotir asnomin,
Navoiy, o‘lsa maqoming Madina, gar Afranj. 

Download 241.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling