Alisher navoiy badoyi’ ul-bidoya


Download 241.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet43/54
Sana17.03.2023
Hajmi241.92 Kb.
#1279764
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   54
Bog'liq
alisher navoiy . badoyi ul bidoya (1)-1-100

www.ziyouz.com kutubxonasi 
78
Xo‘blug‘ tug‘rosini zangor ila qildi savod? 
Xattining vasfin yozarmen kirpiku xoli bila,
Xat yozarda chun zaruratdur qalam birla midod. 
Kirdi gar shaydo ko‘ngul, ey ishq, nosih pandig‘a,
G‘am yema, devonalar xo‘yig‘a bo‘lmas i’timod. 
Bu nafaskim o‘lgali yetmishbiz oning yodidin,
Ul Masiho bir iyodat birla qilmas bizni yod. 
Ta’n qilmangkim, bo‘lub oshiq, murode topmadi,
Kim erur bizga bu ishtin nomurod o‘lmoq murod. 
Ey Navoiy, g‘am yema boshingg‘a bo‘lsun mustadom,
Ulki bordur vorisi taxti Jamu toji Qubod. 
118 
Orazing mushtoqidur bu ko‘zki bo‘lmish dardmand,
Garchi bordur dardliq ko‘zga yorug‘luqdin gazand. 
Dard o‘tin yoqti ko‘zumga hajrkim, ko‘rdum yuzin,
Kuydurur albatta har doruki bo‘lg‘ay sudmand. 
Bu qizarg‘on ko‘z aro mardum emaskim, el ko‘zi
Tegmasun husnungg‘a deb o‘t uzra solibmen sipand. 
Toki ul bemor ko‘z oshuftasi bo‘lmish ko‘zum,
Istabon jinsiyat og‘riq shevasin qilmish pisand. 
Ko‘zlarim la’ling‘a hamrang o‘ldi, vah, ne hol ekin,
Kim ul achig‘ yig‘lag‘on soyi bu aylar no‘shxand. 
Ko‘zni bir iz tufrog‘idin ravshan etkim, sud emas
Shofi kofuriy chekib, ofoq anga mushkin parand. 
Ul quyosh hajrinda bilmonkim, Navoiy ko‘ziga
Barcha olam tiyradur yo bog‘lamishdur chashmband. 
119 
Emas g‘amimni yozar xatg‘a zarafshon kog‘az,
Ki shu’la chekti damimdin bitir zamon kog‘az. 
Sipehr davri bu sargashta ohidin bo‘lmish,
Magarki oh quyun bo‘ldi, osmon kog‘az. 


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya
www.ziyouz.com kutubxonasi 
79
Tirilmisham bitigingdin, qilurda muhr magar
Labingg‘a tegdiyu kelturdi tuhfa jon kog‘az. 
Uzoru la’li labing vasfini qachon yozdim,
Oqib ko‘zum yoshi gulrang, bo‘ldi qon kog‘az. 
Ochildi xasta ko‘ngul ruq’asin yaramg‘a yopib,
Yoruq bo‘lur emish uy bo‘lsa tobdon kog‘az. 
Ko‘ngul shikofig‘a kog‘az aro erur marham,
G‘amim so‘rarg‘a raqam qilsa dilsiton kog‘az. 
Yozar farishta quyosh safhasig‘a vasfingni,
Magarki ul falakiy topmas obdon kog‘az? 
Ko‘ngul sahifasin asra xutur bahridin,
Ki suvg‘a zoyi’ o‘lur tushsa nogahon kog‘az. 
Xumor daf’ig‘a qulluq xatin tilar soqiy,
Navoyiyo, dema hujjat ketur ravon kog‘az. 
 120 
Zuhdu toat shahdini ahli zamon ko‘rmas laziz,
Har ne nofi’dur, marizi notavon ko‘rmas laziz. 
Zulmat ahli g‘aflat istarlarki, olam komini
Uyqucha shabgir qilg‘on karvon ko‘rmas laziz. 
Quti botin istakim, zohir g‘izosi birla tab’ 
Bir zamon gar topsa lazzat, bir zamon ko‘rmas laziz. 
Or etar pashminadin ablaq tilab zarrishtani,
Kim eshak halvoni andoqkim somon ko‘rmas laziz. 
Xar ne eldin qutqarur lazzatlig‘ uldurkim, faqir
Mehr qursin uylakim bir pora non ko‘rmas laziz. 
Yutmayin xunoba yetmas vasli oning, ahli ishq
Topsa kavsar sharbati andoqki qon ko‘rmas laziz. 
Topmayin lazzat Navoiy soldi ko‘zdin ashkdek,
Bodani to xusravi sohibqiron ko‘rmas laziz. 
121 
Ey, zotingga har necha qilib aql tafakkur,
Ul fikrga bo‘lmay samare g‘ayri tahayyur. 


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya

Download 241.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling