Alisher navoiy badoyi’ ul-bidoya
Download 241.92 Kb. Pdf ko'rish
|
alisher navoiy . badoyi ul bidoya (1)-1-100
www.ziyouz.com kutubxonasi
38 Nosiho, oshiqlig‘imni man’ qilding, bilmading, Kim nasihat birla daf’ o‘lmas qazo bo‘lg‘on balo. Chun balosiz kom yo‘q, topmas baqo komin, magar Kimki oni o‘rtamas oti fano bo‘lg‘on balo. 44 Orazu xolingni bir dam ko‘rmasam, ey dilrabo, Uyladurmenkim ko‘runmas ko‘zuma oqu qaro. Hajr aro ra’no qading naxlin tilarmen tengridin, Shomlar sham’ istagandek xayr ahlidin gado. Gar firoq ayyomining bilmon hisobin, ne ajab, Kim yuzung hajrida kunduz kecha yanglig‘dur mango.. Barq emas, olamg‘a yuz qo‘ymishdur ohimdin sharar, Ra’d emas, gardung‘a chirmanmish fig‘onimdin sado. Boshing ol, ket o‘z payi vaqtingg‘a, ey shaydo ko‘ngul, Kim emassen xasta jonning hech dardig‘a davo. Necha oqg‘ay ko‘z yoshim, yetkur g‘uborin, ey nasim, Farzi ayn erur yasharur ko‘zga solmoq to‘tiyo. Umr yeldek o‘tmagin debsen magar, ey bog‘bon, Kim yaqosi choksiz gul butmadi bu bog‘ aro? Jon topay dersen sabuhiydin, vale g‘ofilki, subh Chok etib ko‘nglak, sening holingga tutmishtur azo. Ey Navoiy, xasta ko‘nglumga madaddur novaki, Rost andoqkim zaif elga berur quvvat aso. 45 Ravshandururki, mehr yuzungdin olur safo, Yo‘qsa, ne zajh ila qamar andin topar ziyo? G‘arqi muhiti ishqing edi jon ila ko‘ngul, Ul damki, ruh emas edi tan birla oshno. Gulda yuzung latofatidin range ko‘rmasa, Bulbulg‘a ne edi bu fig‘on birla, bu navo? Bir zarra og‘zi ramzini har kimki angladi, Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya www.ziyouz.com kutubxonasi 39 Yo‘li adam tariqiduru zodi rah — fano. Ul zindadil hayoti abad vaslidin topar, Kim neshi g‘amni no‘sh deru dardni davo. Lomiki, vasl ayog‘ig‘a topmishtur ittisol, Ul «lom»durki, o‘rtag‘a olmish oni «balo». O‘zdin qutul, Navoyiyu maqsadg‘a yetki, qush Yetmas chamang‘a, bo‘lsa qafas ichra mubtalo. 46 Zor jismimg‘a xadanging zaxmidin ortar navo, Sozdekkim, teshsalar oni fuzun aylar sado. Qaddi hajrida g‘amim sham’ini har devorg‘a, Kim tayabmen sarv andomi bila bo‘lmish qaro. G‘unchang anfosi nasimi zavraqi jon qasdig‘a Yetkurur har dam adam daryosidin mavji fano. Orzuyi vaslidin ranjur zrur munglug‘ ko‘ngul, Qut uchun tazvir ila bemor bo‘lg‘ondek gado. Nega yig‘lab anbariy zulfin kesar hijron tuni, O‘lmagimni anglabon gar sham’ tutmaydur azo? Hajr dardin ko‘ngluma kam qildi xoling oqibat, Dog‘ emish dardi shaloyin xastag‘a oxir davo. Ruhparvardur Navoiy ohu ul yuz shavqidin, Ul sifatkim lolavu gul yuzidin kelgay sabo. 47 Yor dardim so‘rmayin ko‘nglumni mahzun qildilo, Jonim oshubini kam qilmoqdin afzun qildilo. Bermayin zaxmin jigar qonig‘a taskin gunae, La’li kulmak birla ashkimni jigargun qildilo. Daf’i savdo istadim la’li mayidin, bir yo‘li Ul pari savdozada ko‘nglumni majnun qildilo. Ey ko‘ngulkim, sabr tog‘in maskan etting oqibat, Tund sayli ishq ul tog‘ingni homun qildilo. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling