Alisher navoiy badoyi’ ul-bidoya


Download 241.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/54
Sana17.03.2023
Hajmi241.92 Kb.
#1279764
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   54
Bog'liq
alisher navoiy . badoyi ul bidoya (1)-1-100

www.ziyouz.com kutubxonasi 
34
Chuchukdur qamish o‘qlaring jonima,
Bu nay ichra go‘yo shakardur manga. 
Navoiy, ul oy hajrida tunu kun
Qotiq shomu tiyra sahardur manga. 
36 
Shahr bir oy furqatidin baytul-ahzandur manga,
Bir guli ra’no g‘amidin bog‘ zindondur manga. 
Bazmi ishrat ichra siz may no‘sh eting, ey do‘stlar,
Kim nasib ul la’li lab hijronidin qondur manga. 
Chiqti aqlu fahm ila sabru ko‘ngul tan mulkidin,
Chiqmayin har lahza zahmat berguchi jondur manga. 
O‘qi baskim tandadur, tegmas tanimg‘a o‘zga o‘q,
Ulki o‘q deb nola qildim, emdi qalqondur manga. 
Uyla rasvomenki, ko‘yu ko‘chada holim ko‘rub
Ba’zi el giryonu ba’zi xalq xandondur manga. 
Hajridin bag‘rim suvdur, ul suv aro bolig‘ kibi
Dardu mehnat o‘qidin bir necha paykondur manga. 
Hur mujgonin agar surtay desa qilmon qabul,
Kim ayoqda orzu xori mug‘ilondur manga. 
May ichib toatni favt etmangki, ul o‘t tobidin
Necha boqsam bahra holo dog‘i hirmondur manga. 
Ey Navoiy, xalq der: jon ber, vayo kech ishqidin,
Garchi bu dushvor erur, lekin ul osondur manga. 
37 
Menmudurmenkim sening vasling muyassardur manga,
Baxti gumrahdin qachon bu qissa bovardur manga. 
Haq tonuqturkim, tiriklikdin manga sensen murod,
Yo‘qsa olamning yo‘qi-bori barobardur manga. 
Ey ko‘ngul, g‘avvosi bahri vasl o‘lubmen, ne ajab,
Kim nasib emdi o‘shul pokiza gavhardur manga. 
Ne uchun bazmi visol ichinda ichmay bodakim,
Ko‘ziyu og‘zi bukun bodomu shakkardur manga. 


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya
www.ziyouz.com kutubxonasi 
35
Oyu xurshidingni yig‘ ey charxi gardunkim, bu dam
Hamdam ul oy chehralig‘ xurshid paykardur manga. 
Sarvni o‘rtab, sumanni yelga ber, ey bog‘bon, 
Kim bukun hamsuhbat ul sarvi sumanbardur manga. 
Qo‘rqaram hirmon sahobin yopmag‘ay fahm ztsa charx,
Kim shabiston mehr yam’idin munavvardur manga. 
Ey Navoiy, hech bilmonkim topibmen vaslini, 
Yo magarkim jumlayi olam musaxxardur manga? 
38 
Ko‘zlarimda ishqdin suv erdi uyqu o‘rnida,
Turfa ko‘rkim, hajrdin qon bo‘ldi ul su o‘rnida. 
Kimgakim kirpik o‘qin yog‘dursa ul gul, rashkdin
Jismim ichra bir tikandur har sari mo‘ o‘rnida. 
G‘ayr naqshidin qilibmen pok ko‘nglum safhasin,
Tut ul oy ollida, ey mashshota, ko‘zgu o‘rnida. 
Shaxsuvorimning ayog‘in o‘pkali rozidurur
Oy bila kun har birisi bir tepingu o‘rnida. 
Iztirob etsa qoshing ko‘rgach, ne tong, shaydo ko‘ngul
Telba kim ko‘rdi yangi oy o‘ltururmu o‘rnida? 
Dahr bo‘stoni aro barqu bulutdin anglakim,
Yig‘lamoq yuz qatladur bir qatla kulgu o‘rnida. 
Ey Navoiy, dersen ul qomatni ko‘nglungdin chiqar,
Ne nihol o‘lturtayin ul sarvi diljo‘ o‘rnida?! 
39 
Behi rangidek o‘lmish dardi hajringdin manga siymo,
Dimog‘im ichra har bir tuxmi yanglig‘ donayi savdo. 
Mazallat tufrog‘i sorig‘ yuzumda bordur andoqkim,
Behida gard o‘lturg‘on masallik tuk bo‘lur paydo. 
Oqartib ishq boshimni, nihon bo‘ldi sarig‘ chehram,
Momug‘ ichra behini chirmag‘on yanglig‘ kishi umdo. 
Yuzumda tiyg‘i hajring zaxmi har sori erur bevajh,


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya

Download 241.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling