Alisher navoiy badoyi’ ul-bidoya
Download 241.92 Kb. Pdf ko'rish
|
alisher navoiy . badoyi ul bidoya (1)-1-100
www.ziyouz.com kutubxonasi
28 Vah, bu ne o‘tturki, yo‘q ta’sir to‘fondin anga. 25 Chin kiyigi desam ko‘zin, vah nedurur itob anga, Chunki qarosi ko‘rguzur har sori mushki nob anga. La’li labingda ter bo‘lub obi hayot qatrasi, Yoki Xizr suyi labing qatra bo‘lub hubob anga. Yopmadi ko‘zni ashkkim, boqmasun o‘zga yuzga deb, Har sori ayn rashkidin yopti g‘aming niqob anga. Jismim agar kuyar, ko‘ngul tolpinuri ajab emas, Kimki uyiga tushsa o‘t, yo‘q ajab, iztirob anga. Oqmadi xo‘y uzoridin la’lig‘akim, hakimi sun’ Ezdi hayot sharbatin, emdi urar gulob anga. Zulfi xayolidin ko‘ngul har yon etar havo, valek Saydg‘a ne xalos chun bog‘lig‘ erur tanob anga. O‘zlukining hijobidin kimki o‘zin xalos etar, O‘zga qayonki solsa ko‘z, mumkin emas hijob anga. Ahli mazallat ohining novakidin sipehr agar Qochmadi, muncha bas nedur xam bo‘lubon shitob anga? Va’dayi vasl etib edi, tushda ayog‘in o‘pmisham, Dema, Navoiy, ul pari aylamasun hisob anga. 26 Ko‘rgali husnungni zoru mubtalo bo‘ldum sanga, Ne balolig‘ kun edikim, oshno bo‘ldum sanga. Har necha dedimki, kun-kundin uzay sendin ko‘ngul, Vahki, kun-kundin batarrak mubtalo bo‘ldum sanga. Men qachon dedim, vafo qilg‘il manga, zulm aylading, Sen qachon deding, fido bo‘lg‘il fido, bo‘ldum sanga. Qay pari paykarga dersen telba bo‘ldung bu sifat, Ey pari paykar, ne qilsang qil, sanga bo‘ldum, sanga. Ey ko‘ngul, tarki nasihat ayladim, ovora bo‘l, Yuz balo yetmaski, men ham bir balo bo‘ldum sanga. Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya www.ziyouz.com kutubxonasi 29 Jomi Jam ichra Xizr suyi nasibimdur mudom, Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo‘ldum sanga. G‘ussa changidin navoe topmadim ushshoq aro, To Navoiydek asiru benavo bo‘ldum sanga. 27 Qahring o‘lsa barcha ishimdin malolattur sanga, Lutfung o‘lsa yuz meningdekdin farog‘attur sanga. Ey, meni sargashtadin gah forig‘u gohi malul, Qahring ul, lutfung bu, yo rabkim, ne odattur sanga?! Lutfung ozi jon olur, qahring ko‘pi ham o‘lturur, Bul’ajab holedurur, oyo, ne holattur sanga?! Pand eshitmay sevdung oni, ey ko‘ngul, chek dardu ranj,— Ozdurur har lahza gar yuz muncha ofattur sanga. Vahm et ohim o‘tidin, ey gulki, davron bog‘ida Ko‘z yoshimdin bu qadar lutfu tarovattur sanga. Ey quyosh, mehr ahlini kuydurma bu vodiydakim, Garmro‘lar ohidin muncha harorattur sanga. Ey Navoiy, istama vasl ul quyoshdin zarradek, Chun necha ul qilsa istig‘no — haqorattur sanga. 28 Iydi ruxsoring ko‘rub, bo‘ldi ulus hayron sanga, Ey ulus iydi yuzung, jonim mening qurbon sanga. Sham’ emas yerdin, kavokib charxdin bayram tuni, Kim erur yer-ko‘k tuman ming ko‘z bilan hayron sanga. Iydgahda gard emas, balkim yetishgach maqdaming, Qo‘pti yerdin sadqa bo‘lmoq istabon maydon sanga. Xusravi anjum degaysen, sekretur ko‘k tavsanin, Iydgahda kimki ko‘rsa raxsh ila javlon sanga. Chatr shaklidin samoviy barcha ofat daf’ig‘a Tengri aylabtur nasib o‘z hifzidin qalqon sanga. Notavon jismimg‘a bayramliq bila ber suhbate, Kim ko‘ngul ummedvoru muntazirdur jon sanga. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling