Alisher navoiy badoyi’ ul-bidoya


Download 241.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/54
Sana17.03.2023
Hajmi241.92 Kb.
#1279764
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   54
Bog'liq
alisher navoiy . badoyi ul bidoya (1)-1-100

www.ziyouz.com kutubxonasi 
40
Besutung‘akim sutun Farhod bo‘ldi, qofi ishq
Ul sutunni Besutun ostidagi «nun» qildilo. 
Nedur uchmoq joh ila, oxir falak Namrudning
Osmoni taxtu johin ganji Qorun qildilo. 
Qatra xo‘yliq orazing vasfin Navoiy qilg‘ali,
Lutfi tab’ abyoti nazmin durri maknun qildilo. 
48 
Sorig‘ og‘riq bo‘ldum, zy soqiy, xazoni hajr aro,
Qoni asfar mayki, bor har qatrasi bir kahrabo. 
Yuzu jismimdur sorig‘ barge qurug‘on shox uza,
Shoxu bargekim qurub sorg‘orsa, kim ko‘rmish davo? 
Ne marazdur buki, bir gulrux sharori ishqidin
Bo‘ldi sorig‘ lola ko‘zum oqiyu dog‘i qaro, 
Sud emish ko‘z tushsa asfar jinsi sori, vah, qani
Sarvinozimkim, sorig‘ gul barg‘idin kiymish qabo? 
Sorg‘orib qoldim havodis kojig‘a hijrda kuni,
Bir sorig‘ qushdekki, kunduz qolg‘ay ul qushlar aro. 
Shom ila subh ar sorig‘ og‘riq emaslar, bas nedur
Tun sochin yoyib, quyosh yirtib yuzin, tutmoq azo? 
Dard tufroqqa nihon qildi Navoiy jismini,
Topibon bir shisha oltun dafn qilg‘ondek gado. 
49 
Ko‘nglum o‘rtansun agar g‘ayringga parvo aylasa,
Har ko‘ngul hamkim sening shavqungni paydo aylasa 
Har kishi vaslin tamanno aylasam navmid o‘lay,
Har kishi hamkim sening vasling tamanno aylasa. 
O‘zgalar husnin tamosho aylasam chiqsun ko‘zum,
O‘zga bir ko‘z hamki husnungni tamosho aylasa. 
G‘ayr zikrin oshkora qilsa lol o‘lsun tilim,
Qaysi bir til hamki zikring oshkoro aylasa. 
Rashkdin jonimg‘a har nargis ko‘zi bir shu’ladur,,
Bog‘ aro nogah xirom ul sarvi ra’no aylasa. 


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya
www.ziyouz.com kutubxonasi 
41
Yo‘q og‘izdin nukta aytur mahvashimdek bo‘lmag‘ay,
Gar quyosh har zarrasidin bir Masiho aylasa. 
Oqibat jonimg‘a yetti, ey xusho mug‘kim, meni
Bir qadah birla xarobot ichra rasvo aylasa. 
Qelturung daf’i jununumg‘a parixon, yo‘q tabib,
Kim ul ansabdur pari har kimni shaydo aylasa. 
Subhdek bir damda gardun qo‘ymag‘ay osorshsh
Nogah ahli sidq ko‘ngli mehrin ifsho aylasa. 
Dahr sho‘xig‘a, Navoiy, sayd bo‘lma, nechakim
Kun uzori uzra tun zulfin mutarro aylasa. 
50 
Qosidekim yordin bir so‘z rivoyat aylasa,
Istaram so‘rg‘on soyi boshtin hikoyat aylasa. 
Telbalar yanglig‘ gah o‘z holimdadurmen, goh yo‘q,
Ul paridin har kishi bir so‘z rivoyat aylasa. 
Ey ko‘ngul, ohingni dersenkim suv aylar toshni,
Chin erur, gar ko‘ngliga oning siroyat aylasa. 
Jong‘a basdur har nafas bir dog‘, nevchun bo‘lmasun
Qoni’ ulkim, bir diram har dam kifoyat aylasa. 
Topti Majnun shuhratu qoldi mening qissam nihon,
Kim o‘lar har kim fasonamni bidoyat aylasa. 
G‘am sipah qasdimg‘a tortibtur, ne bo‘ldi piri dayr
Bir qadah birla bu mahzunni himoyat aylasa? 
Ey Navoiy, faqrdin bebahradur yuz g‘am yetib,
Solikekim shukr borinda shikoyat aylasa. 
51 
Bag‘ir xunobidin za’f o‘ldi g‘olib xasta jonimg‘a,
Og‘ir erdi g‘izo, avd etti zahmat notavanimg‘a, 
Labing hajrida jismim konidin har pora la’ledur,
Ko‘ngul zaxmida yaxshi boqsalar bir qatra honimg‘a. 
Adam durjiki og‘zing huqqasidur, marhame ondin,


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya

Download 241.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling