Alisher navoiy badoyi’ ul-bidoya


Download 241.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/54
Sana17.03.2023
Hajmi241.92 Kb.
#1279764
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   54
Bog'liq
alisher navoiy . badoyi ul bidoya (1)-1-100

www.ziyouz.com kutubxonasi 
46
Rishtayi jon bila nomang boshini chirmar edim,
Ul sharar tori bila kuymasa erdi maktub. 
Xasta dillarg‘a ne jon olg‘uchi yuzdur ulkim,
Qolibin qildi tihi ko‘rgach oni ahli qulub. 
To labing volihi bo‘ldum, tilamon obi hayot,
Suvni naylar kishikim, bodag‘a bo‘lg‘ay mag‘lub? 
Ahli ishq ichra manga yoqma vara’ tuhmatini,
Zohido, qilma hunar ahlig‘a bizni ma’yub. 
Istasang mulki baqo, salb qil o‘zlukni burun,
Ki suluk ichra fano ahlig‘a budur uslub. 
Ey Navoiy, tilasa shoh mushavvash raqaming,
Har ne matlub anga, bizga ham uldur matlub. 
59 
Tiyg‘ ila xoki tanimni har taraf yording kelib,
Naqdi jon olmoqqa bu tufrog‘ni oxtording kelib. 
Keldingu ko‘nglumni yuz chok etmaguncha bormading,
Ba’d umre, ey sitamgar, yaxshilar bording kelib. 
Jon senga qurbonki, olib jon ko‘ngul afg‘onidin,
Ham o‘zungni, ham meni, ham elni qutqording kelib. 
Qatl bas erdi, tanim ul ko‘ydin sudratmaging
Ortug‘ erdi, ey jafojo‘, haddin o‘tkording kelib. 
Ey ko‘ngul, ozdur senga bu hamki, ul oy ko‘yidin
Man’lar qildim, vale yuz qatla yolbording kelib. 
Soqiyo, yetkurmish erdi jonni og‘zimg‘a xumor, 
Jon fidong o‘lsunki, bir may birla qoytording kelib. 
Zuhd etib erdi Navoiyni xarob, ey mug‘bacha,
Tengri yoringkim, fano dayrig‘a boshqording kelib. 
60 
Chobukekim, har taraf maydon aro aylar shitob,
Barqi lomi’dur samandi, gardi andoqkim sahob. 
O‘qi rashkidin erur ko‘ksum aro ko‘nglum qushi


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya
www.ziyouz.com kutubxonasi 
47
Ul kabutarkim, qabaq nchinda qilg‘ay iztirob. 
Otsa o‘q ul qoshi yo yuz pech urar jon rishtasi,
Kim manga hirmonu oning o‘qig‘a yetgay tanob. 
Nogahon otqaymu deb bir o‘q qabaq shakli bila
Boshi ustiga kelur maydonda har kun oftob. 
Ul quyoshdin boshqa kim otqay qabaq, vah, ko‘rmaduk
Axtari Sa’deki, har dam zohir etgay bir sahob. 
Jon berurmen qayrilur chog‘da ko‘rub belida pech,
O‘lsa tong yo‘q ulki, joni rishtasig‘a tushsa tob. 
Kimki sarkashrak — havodis o‘qig‘a ko‘prak hadaf,
Ushbu holatni qabaq ahvolidin qilg‘il hisob. 
Ey Navoiy, chun o‘qi har dam falak mayli qilur,
Sen oti gardiga qoni’ bo‘lki, bordursen turob. 
61 
Havo xush erdiyu ilkimda bir qadah mayi nob.
Ichar edim vale g‘amdin qadah-qadah xunob. 
Ki hozir erdi o‘shul sarvi nargisi maxmur,
Valek rag‘mima qilmas edi qadahg‘a shitob. 
Manga ne zahrae ulkim, desamki, bir qadah ich,
Ne onsiz ichgali may, ne qaroru toqatu tob. 
Bu g‘ussa birla ichim qon bo‘lub nechukki qadah,
Ko‘zumga har nafas ashk evrulub misoli hubob. 
Chu angladiki, borur ixtiyor ilgimdin,
Kulub qadah kibi lutf ayladiyu qo‘ydi itob. 
Qadahni ichtiyu yuz loba birla tutti manga,
Ki oning ichgani-o‘q qildi meni mastu xarob. 
Chu soqiy etti qadah ko‘zgusida jilvayi husn,
Ne ayb, oshiqi mayxora ko‘ngli bo‘lsa yabob? 
Navoiy, vasl bihishtida shukr qil bu nafas,
Ki yona chekmagasen hajr do‘zaxida azob. 

Download 241.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling