Alisher navoiy badoyi’ ul-bidoya
Download 241.92 Kb. Pdf ko'rish
|
alisher navoiy . badoyi ul bidoya (1)-1-100
www.ziyouz.com kutubxonasi
3 Ul nazmg‘a jonin qilibon xalq fido, Solurlar edi gunbazi gardung‘a sado. Bu vayron tab’ni bayt etsa mastur, Tutub shuhrat nechukkim bayti ma’mur. Xarobot ichra paydovu nihoniy, Ul erdi xalqning ratbul-lisoni. Yo‘qkim, xarobot durdno‘shlari, balki munojot xirqapo‘shlari va demaykim, avom arozili, balki xavos afozilining tillariga joriy va ko‘ngullariga koriy tushar erdi va ul zamonning karimul-xulq ozodalari, balki azimush-sha’n shahzodalari iltifotig‘a musharraf bo‘lur erdi. Xususan, saltanat ganjining durri samini va qanoat kunjining xoknishini, ilmu zako ahlining yagonasi va faqru fano xaylining benishonasi, itik zehni daqoyiq rishtalarining girihkushoyi va arig‘ tab’i haqoyiq chehralarining pardaraboyi Tab’i darveshu o‘zi shohnishon, Shohi darvesh Muhammad Sulton abqol-lohu kanza fanoihi va adoma izza g‘inoihikim, matla’e yo ortuqroq, yo tamom g‘azal tilim xomasi taqririg‘a kelsa erdi, yo xomam tili tahrir qilsa erdi, filhol ani mushkbor qalam birla kofurkirdor safhag‘a raqam qilib, oqu qaroni andin maxtut qilur erdi va yana ham anga qarobat hisobliq tezfahm shahzodalar va musohib intisobliq xushtab’ mirzodalar mutaaddid savod qilib, soyir ulusg‘a yoyilur erdi va oshiqpesha beqarorlarning ja-lisi mehnati va ma’shuqsheva gul’uzorlarning anisi suhbati bo‘lub, xavosu avom orasida ishtihori tamom va intishori molokalom topar erdi. Va lekin xotirimg‘a kelmaskim, bu parishon abyotni jam’ qilmoq xotirimg‘a kelmish bo‘lg‘ay va ko‘nglumga kechmaskim, bu parokanda ash’org‘a tartib bermak ko‘nglumga kechmish bo‘lg‘ay. Agarchi, alarkim axassi ashob va aazzi ahbob erdilar, ko‘p qatla bu ish irtikobig‘a iltimos va taklif qilur erdi-lar, ammo oshufta xayolg‘a andoq kelur erdikim, Kulmakka o‘rganur el har so‘zki desa majnun, Ul so‘zni jam’ qilsa, kulmakni istar afzun. Devonaki, mast bo‘lsa doyim, Kulmakka erur so‘zi muloyim. O‘rgansa ulus, emas tahayyur, Gohi kerak elga ham tamasxur. Va farzankim, bu so‘zlardin ba’zi zavqu hol yuzidin tadving‘a mustahiq va aazzahu aning tartibi istid’osido muhaqqiq bo‘lg‘aylar, ammo qoyilekim, Har kun yana bir ishq iladur afsona, Har tun yana bir shay’g‘adur parvona, Ish anga junun, manzil anga mayxona, Devon yasamoqni ne bilur devona?! Va bar taqdirekim, qoyil jununi iloj qobili bo‘lg‘ay va avqoti jomi saloh bodasidin tulg‘ay, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling