Alisher Navoiy lirikasi modulini o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish mundarija


Kurs ishining maqsad va vazifalari


Download 0.55 Mb.
bet2/17
Sana26.09.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1688172
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Alisher navoiy hayoti va ijodini otish

Kurs ishining maqsad va vazifalari. “Alisher Navoiy hayoti va ijodini o`tishda interfaol metodlarning ahamiyatini yoritish, undan samarali foydalanish haqida o`quv-uslubiy tavsiyalarni bayon etish bitiruv loyiha ishining asosiy maqsadi bo’lib, uni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni belgilab oldik:
- “Alisher Navoiy hayoti va ijodining ustuvor yo’nalishlarini belgilab olish va u haqdagi ma’lumotlarni yorotish;
- interfaol metodlar tushunchasining ma’no mohiyati, ularni ta’lim jarayoniga jalb etishning ahamiyatini an’anaviy ta’lim bilan qiyoslab baholash;
- interfaol metodlarning turlari haqida ma’lumotlar keltirish;
- modulning ma’ruza, amaliy va seminar mashg’ulotlarini tashkil etishdan ulardan foydalanish haqidagi tavsiyalarni bayon etish.


I BOB. ALISHER NAVOIY HAYOTI VA IJODINI O`QITISHNING USTUVOR YO`NALISHLARI


1.1 Alisher Navoiy lirik merosining manbalari, shoir devonlari, ularning tartib berilishi tarixi, janriy tarkibi va mavzular olami.

Alisher Navoiy lirikasi – o`zbek mumtoz adabiyoti xazinasiga qo`shilgan qiyossiz noyob durdonadir. Bu buyuk tafakkur sohibining badiiy yaratmalarisiz, nafaqat, turkiy, balki boshqa qardosh xalqlar adabiyoti ravnaqini tasavvur etish qiyin. Zero, ulug’ shoir she’riy merosida o`ziga qadar yaratilgan Sharq mumtoz adabiyoti an’analarini davom ettiribgina qolmay, yangi badiiy timsollarga murojaat etish orqali mutafakkirona qarashlarini ifodalash bilan ularning mavzular ko`lamini boyitdi, inson ruhiyatining murakkab qirralarini san’atkorona tasvirlashga erishdi. Bu, albatta, o`z navbatida shoirning she’riy merosi o`zbek va boshqa xalqlar qalamkashlari uchun ijod maktabi, ilhom manbayi vazifasini o`tadi, deyishimizga asos bo`ladi. Alisher Navoiy ayni choqda zullisonayn shoir sifatida fors-tojik adabiyoti ravnaqiga ham sezilarli hissa qo`shadi. Shoir zamondoshlari uning har ikkala tilda ham birday ijod qilish imkoniyatiga ega ekanligini e’tirof qilib, ta’bi ko`proq turkiyga moyilligini ta’kidlashgan. Jumladan, Abdurahmon Jomiy «Bahoriston» asarida yozadi: «Ba on zabon besh az vay va beh az vay kase she’r naguftaast va gavhari nazm nasufta».6 («U tilda, ya’ni turkiyda hech kim undan ko`p va undan yaxshi she’r ayta olmagan va nazm durdonalarini socha olmagan».)


Alisher Navoiy ijodi muxlislari bu noyob iste’dod sohibining badiiy yaratmalarini o`z vaqtida qadrladilar. Ulug’ shoir sohib devon shoir sifatida tanilishida she’riyati muhiblarining hissasi beqiyos kattadir. Ularning sa’y-harakati bilan hijriy 870-, milodiy 1465-1466 yillarda shoirning ilk norasmiy devoni vujudga keldi. Bu devon taniqli xattot Sulton Ali Mashhadiy tomonidan nasta’liq xati bilan ko`chirilgan bo`lib, noma’lum musavvir tomonidan naqshlar bilan bezatilgan edi. Devonga maxsus nom berilmaganligi boisidan faksimil (foto) nusxasini 1968-yilda birinchi marta nashrga tayyorlagan va chop ettirgan taniqli adabiyotshunos Hamid Sulaymon uni «Ilk devon» deb atadi. «Ilk devon»dan 391 g’azal, 1 mustazod, 1 muxammas va 41 ruboiy o`rin olgan bo`lib, ularning barchasi 434 ta she’rni tashkil etadi. Mazkur asar Alisher Navoiy ijodining dastlabki bosqichlarini o`rganish uchun ishonchli manba sifatida ahamiyatlidir.
Alisher Navoiy Sulton Husayn Boyqaro Xuroson taxtini egallagandan so`ng, uning taklifi bilan o`zining birinchi rasmiy devoni «Badoe’ ul-bidoya» («Badiiylik ibtidosi»)ni tartib berdi. Mazkur devon XV asr adabiy hayotida juda katta voqea bo`ldi. Shoir devoni o`zigacha yashagan ijodkorlar va zamondoshlari devonlaridan ancha farq qilar edi. Avvalo, devon tartib berish uchun debochaga o`rin berish zarurligi ijodiy tajriba tarzida «Badoe’ ul-bidoya»dan boshlandi. Shuningdek, shoir Sharq devonchiligi qator tamoyillarini isloh qilib, uning mukammallik kasb etishi uchun e’tibor qilinishi zarur bo`lgan jihatlarini amaliyotda ko`rsatdi. Alisher Navoiy ushbu devonda debochadan so`ng dastlabki g’azallarini, keyin esa boshqa janrdagi asarlarining radifi yoxud qofiyasidagi oxirgi harfiga tayanib, qat’iy tartibda, arab alifbosi sirasida o`rin berishga e’tiborni qaratdi. Shuningdek, she’rlarining mavzulari, g’oyaviy yo`nalishi ham diqqat markazida turdi. Alisher Navoiy har bir harf sirasida kelgan g’azallarning dastlabkilari Alloh hamdi va Muhammad alayhis-salom na’tiga bag’ishlanishi, shundan so`nggina boshqa mavzudagi g’azallar tartib bilan joylashtirilishi lozimligini mazkur devon debochasida alohida ta’kidladi. Mazkur muqaddimada ulug’ shoir matlada aytilgan fikrni g’azalning maqtayiga qadar tadrijiy rivojlantirib borish hamda oshiqona she’rlar tarkibida mav’iza, pand, hikmatlarga doir baytlar kiritilishi shartligini ta’kidladi. O`zi mazkur tartiblarni barcha devonlarida amaliyotda ko`rsatishga muyassar bo`ldi.
«Badoe’ ul-bidoya»dan she’riyatning o`n bir janriga doir asarlar o`rin olgan bo`lib, ularning miqdori va tartibi quyidagichadir:
1. G’azal – 777 7. Ruboiy - 85
2. Mustazod – 3 8. Lug’z - 10
3. Muxammas – 5 9.Muammo - 52
4. Musaddas – 2 10. Tuyuq - 10
5. Tarje’band – 3 11. Fard - 53
6. Qit’a – 46
Mazkur devondagi she’rlarning umumiy miqdori 1046 tani tashkil etadi. «Badoe’ ul-bidoya»da «Ilk devon»dagi bir qism she’rlar ham kiritilgandir. Keyinchalik bu asarlar «Xazoyin ul-maoniy» yig’ma devonidan o`rin olgan.
Alisher Navoiy 1483-yilda ikkinchi rasmiy devoni «Navodir un- nihoya» («Behad nodirliklar»)ni tuzdi. Devonning Abdujamil kotib va Sulton Ali Mashhadiy tomonidan ko`chirilgan nisbatan to`liq nusxasi mavjud. Devonning nisbatan to`liq nusxalarida 862 she’r mavjud. Bular «Badoe’ ul-bidoya» tartib berilgandan so`ng ijod qilingan she’rlar bo`lib, ular ham keyinchalik «Xazoyin ul-maoniy»ga kiritilgan.
Alisher Navoiyning avlodlar oldidagi yana bir buyuk xizmati uning deyarli barcha lirik turga mansub yozgan asarlarini o`z bag’riga olgan «Xazoyin ul-maoniy» («Ma’nolar xazinasi») yig’ma devonini tartib berganligi bo`ldi. Bu xayrli ishning amalga oshishida murshidi komil Nuriddin Abdurahmon Jomiy va zamon hukmdori Sulton Husayn Boyqarolar tashabbuskor bo`ldi. Ulug’ shoirning «Xazoyin ul-maoniy» «Debocha»sida bayon etilgan qaydlaridan ayonlashadiki, «Badoe’ ul-bidoya» va «Navodir un-niho» devonlari tartib berilgandan so`ng, ijod qilingan she’rlar to`planib qoladi. Ulkan so`z san’atkori ularning taqdiri haqida o`ylaydi va yozadi: «Xotirg’a kelur erdikim, agar bu avroqqa rabt-u tartib berilmasa, bir havodis tundbodi eskach, har safhasin bir yon sovurg’ay va agar bu gul barglarni zeb-u oyin bila bir guldasta bog’lamasak, bir navoyib nasimi yetkach, har varaqin bir yon uchurg’ay».7 Biroq bu ishni amalga oshirishda shoir o`zida yetarli quvvat topa olmaydi. Ana shunday bir vaqtda Sulton Husayn Boyqaroning Alisher Navoiy nomiga o`z she’rlarini to`plab devon tartib berishi lozimligi haqida «farmoni vojib ul-iz’oni» («itoat etishga majbur farmoni» - H.E.) e’lon qilinadi. Alisher Navoiy ustozi Abdurahmon Jomiy bilan maslahatlashadi. Ularga Amir Xusrav Dehlaviyning Malikshoh Alp Aislon nomiga bag’ishlab, besh devonlar silsilasini tuzgani, ular o`z zamonasida g’oyat mashhur bo`lsa-da, keyingi davrda faqatgina nomlari saqlangani ma’lum edi. Ayni an’anaga ixlosmand Alisher Navoiy «Xazoyin ul-maoniy»ni to`rt devon shaklida tuzishni ma’qul ko`radi. Shunday qilib, shoir o`zbek tilida yozgan deyarli barcha she’rlarini to`rt devonga ajratadi va ularning har birini inson umrining muayyan fasliga mos keladigan bir nom bilan ataydi.
Ulug’ shoir ijodiy hayotining 7-8 yoshidan 20 yoshigacha bo`lgan qismini umrining navbahori - «sig’ar» (yoshlik) fasli sifatida qayd qiladi va shu muddatda yozilgan she’rlariga «G’aroyib us-sig’ar» («yoshlik ajoyibotlari») nomli birinchi devondan o`rin beradi. 20-35 yoshlar oralig’i umrning yozi – «shabob» (yigitlik) ayyomi bo`lib, muallif bu davr devonini «Navodir ush-shabob» («Yigitlik nodirliklari») tarzida nomlaydi. 35-45 yoshni umrning kuzi – «vasat» (o`rta yosh) hisoblagan ulug’ shoir «Badoye’ ul-vasat» («O`rta yosh go`zalliklari») devoniga ana shu yillarda bitilgan she’rlarini kiritadi. Nihoyat, 45-60 yosh «kibar» (keksalik) avoni bo`lib, inson umrining qishiga qiyoslanadi va ayni devon «Favoyid ul-kibar» («Keksalik foydalari») deb ataladi. Bu majmualarning barchasi «Xazoyin ul-maoniy» («Ma’nolar xazinasi») nomi ostida birlashtiriladi va 1492-1498-yillar oralig’ida tartib beriladi. «Debocha»da berilgan ma’lumotlarga ko`ra, mazkur devonlardan o`rin olgan har bir she’r bevosita Sulton Husayn Boyqaro nazaridan o`tkazilgan. Albatta, hazrat Navoiyning bu ta’kidlarini to`g’ri ma’noda qabul qilishni aqlga sig’dirib bo`lmaydi. Negaki, yig’ma devonlardan uch mingdan ziyodroq she’r o`rin olganligiga e’tibor qilinsa, Sulton Husayn Boyqaroning ularni birma-bir nazardan o`tkazganligini tasavvurga sirdirish qiyin. Fikrimizcha, ulug’ shoirning bunday qaydini maktabdosh do`st va zamon podshohiga yuksak hurmati nishonasi sifatida qabul qilish, yanada aniqroq aytadigan bo`lsak, davr insho san’atining uslubiy jilosi ma’nosida tushunish pand bermaydi.
«Xazoyin ul-maoniy» devonlaridan o`rin olgan she’rlarni to`la ma’noda tarixiylik tamoyiliga rivoya qilish holda joylashtirilgan deyish qiyinroqdir. Chunki ulug’ shoir katta miqdorda yig’ilgan she’rlarni devonlarga taqsimlaganda, har bir she’rning ruhi, uslubini e’tiborga olishga uringan. Ammo oradan o`tgan vaqt o`z gapini aytgan hamda she’rlarni tarixiy va mavsumiy aniqlik bilan joylashtirishning iloji bo`lmay qolgan. Bunday fikr taniqli navoiyshunoslar M.Shayxzoda va H.Sulaymon tadqiqotlarida o`z ifodasini topgan.8
«Xazoyin ul-maoniy» debocha, 2600 g’azal, 133 ruboiy, 10 muxammas, 4 mustazod, 5 musaddas, 4 tarje’band, 210 qit’a, 10 lug’z-chiston, 52 muammo, 13 tuyuq, 86 fard, 1 masnaviy, 1 qasida, 1 musamman, 1 tarkibband, 1 soqiynoma jami 16 janrdagi she’rlardan iboratdir. Har bir devonga 650 g’azal kiritilgan. Shu kichkina ishoraning o`zidan ham ulug’ shoir «Xazoyin ul-maoniy»ni tartib berishda tarixiylik tamoyilidan birmuncha chekinganini sezish mumkin. Bu fikrni «G’aroyib us-sig’ar» va «Navodir ush-shabob» devonlari tarkibida «vasat» hamda «kibar» davriga oid g’azallarning va aksincha «Badoye’ ul-vasat» hamda «Favoyid ul-kibar»da «sig’ar»-u «shabob»ga daxldor she’rlarning mavjudligi ham quvvatlaydi. Jumladan, «G’aroyib us-sig’ar» devoni tarkibidan o`rin olgan g’azallardan birida quyidagi bayt mavjud:

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling