Mundoq muqattaotkim, men yig’misham, erur
Har bir hadiqayi xirad aylar uchun farog’.
Majmuin uyla kishvari anglaki, sathini,
Hikmat suyidin aylamisham qit’a-qit’a bog’. (6. 520)
She’rning sarlavhasidan anglashiladiki, shoir qalami tuhfa qilgan qit’alarning mohiyatini izohlashni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi. Baytlardagi mazmun quyidagicha: men shunday qit’alar yig’dimki (yozdimki), ularning har biri xotirjam yashash uchun bir aql bog’idir. Barchasini bir mamlakat sifatida tasavvur qilsang, uning hududini hikmat suvidan sug’orib bo`lak-bo`lak bog’ qildim. Alisher Navoiy qit’alarining barchasini bir mamlakatga o`xshatar ekan, qit’a so`zining lug’aviy ma’nosidan kelib chiqib, ularni shu mamlakatdagi bo`lak-bo`lak bog’larga qiyoslaydi. Bu bog’lar hikmat suvi bilan sug’irilganligi bois insonlarning osoyishta umr kechirishlari uchun xizmat qiladi. Baytlarda keltirilgan «hikmat» so`zi alohida e’tiborga molikdir. U «bilim», «donolik», «falsafa», «sir», «ilohiy ilm», «mohiyat» singari ma’nolarni anglatadi. Bulardan tash-ari, Qur’oni karim - Allohning hikmati, ilmi va sirlarining bayoni tarzida ham talqin qilinadi. Ayni paytda bu so`z Alisher Navoiy qit’alari xalqimiz milliy qadriyatlarining ajralmas bo`lagi sanalgan islom dinining umumbashariy g’oyalari bilan sug’orilganiga ishoradir. Zero, ularning ulug’ shoir devonlaridagi tarkibida hamd na’t mavzusidagi qit’alarning o`rin olganligi bu fikrni yanada quvvatlantiradi. Anglashiladiki, ilohiy mavzuda yozilgan qit’alar ulug’ shoir devonlarida salmoqli o`rin tutadi. Shunday qit’alarning birida Alisher Navoiy komil musulmon sifatida o`z isyonining shiddati va ko`nglini aytib Haqning karami kengligi hamda bandasini avf qilishi osonligini sarlavhadayoq bayon qiladi. Undagi baytlardan asosiy mazmun-mohiyat shoirning Allohga munojoti sifatida tasvirlanadi:
Qilibmen oncha isyonkim, agar do`zax aro kirsam,
Mening behad gunohim birla do`zax sarbasar bo`lg’ay.
Xudoyo, avf osonroqdurur, yo`qsa g’azab qilsang,
Do'stlaringiz bilan baham: |