Alisher Navoiy lirikasi modulini o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish mundarija


Ey Navoiy, dardlig’ nazmingni dard ahli bilur


Download 0.55 Mb.
bet11/17
Sana26.09.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1688172
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
Alisher navoiy hayoti va ijodini otish

Ey Navoiy, dardlig’ nazmingni dard ahli bilur,
Dardsiz dog’i bo`lur oni o`qig’och ahli dard.

Ushbu maqta’ baytdagi ulug` shoir nazarda tutgan dard nima? Alsher Navoiy “dard ahli”, “ahli dard”, “dardsiz” deganda kimlarni nazarda tutadi? Baytning nasriy bayoni va savollarga qisqacha javoblaringizni yozib bering. Baytning mohiyatidan kelib chiqib, talabalarga 5 daqiqacha vaqt berish maqsadga muvofiq. Bu topshiriq ularning matn ustida ishlash ko`nikmalarini shakllantirishi bilan bir qatorda yozma nutqini ham ravon bo’lishiga sababchi bo`ladi.


Topshiriq shartidan kelib chiqib, talabalarning mulohazalari yozilgan javoblari ular tomonidan o’qiladi. O`qituvchi ularning barini qabul qiladi va munosiblari saralanib, so`nggi mulohazalar bayon etiladi.
Nilufar guli” texnologiyasi. Ushbu texnologiya didaktik muammolarni yechishning samarali vositalaridan bo`lib, nilufar guli ko`rinishiga ega. Asos va unga birikkan to`qqizta “gulbarg” (kvadrat, to`rtburchak yoki aylana)larni o`z ichiga oladigan bu metod yordamida asosiy muammo va uning mazmunini yoritishga imkon beradigan xususiy masalalar hal etiladi.
Talabalar hal etilatotgan masala yuzasidan mantiqiy, izchil fikrlash, ichki mohiyatini tahlil qilish ko`nikmalarini shakllantiruvchi ushbu texnologiyani qo`llash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- hal etiladigan masala aniqlashtiriladi;
- talabalar topshiriq mazmuni va uni yechish shartlari bilan tanishtiriladi;
- talabalar kichik guruh yoki juftliklarga biriktiriladi;
- guruh yoki juftlik a’zolari markaziy to`rtburchak (kvadrat, aylanaga)da asosiy muammo (g`oya, vazifa)ni qayd etadilar;
- guruh (juftlik)lar masalaning masalaning yechimi yuzasidan fikr yuritib,markaziy to`rtburchak (kvadrat, aylana) atrofida to`qqizta shunday qo`shimcha chizmalarni hosil qiladi, ularda masalaning xususiy yechimlari bayon etiladi;
- qo`shimcha chizmalardagi g`oyalar gulning “gulbarg”lariga,ya’ni shunday alohida majmuaga olib chiqadi (ularning har biri yana bir muammo ko’rinishini oladi).
- yordamchi chizmalardagi yetakchi muammo (g`oya, vazifa) atrofdagi “gulbarg”larda xususiy masala va yechimlar aks ettiriladi;
- o`rganilayotgan masalaning mohiyatidan kelib chiqib, bu jarayon bir necha bor takrorlanishi mumkin;
- har bir guruh yoki juftliklar topshiriq yuzasidan o`z yechimlarini taqdimot tarzida bayon etadi;
- guruhlarning yechimlarimuhokama qilinib, eng to`g`ri variant aniqlanadi;
- talabalar har bir guruh ishiga baho berib, mashg`ulotni yakunlaydi.
“Nilufar guli” texnologiyasidan “Alisher Navoiy lirikasi” modulini o`tishda unumli foydalanish mumkin. Amaliy va seminar mashg`ulotlarda mavzuga oid nazariy ma`lumotlarni talabalar tomonidan o`zlashtirilganligi yoki tahlilida e’tibor qilinishi kerak bo’lgan jihatlarni esga olish maqsadida guruhni kichik guruhlar yoki juftliklarga bo’lib, quyidagi masalalar yuzasidan ushbu metodga murojaat qilish mumkin:
1. Alisher Navoiy lirikasidagi ma’shuqa timsolining tizmlarini “Nilufar guli” texnologiyasi bo’yicha yoriting.
2. Alisher Navoiy lirikasining g’azalga o’xshash va g`azal asosida shakllangan janrlarini “Nilufar guli” texnologiyasi bo’yicha yoriting.
3. Alisher Navoiyning lirik janrdagi asarlari ulug’ shoirning devonlaridan tashqari yana qaysi asarlari tarkibida uchrashini “Nilufar guli” texnologiyasi bo’yicha yoriting.
Talabalarning bunday topshiriqlarni bajarishi ularning nazariy ma’lumotlarni puxta o`rganishlari hamda masalaga mantiqan yondashib muhim xulosalarga kelishlarida ahamiyatlidir.
Venn diogrammasi”grafik organayzeri. Bu grafik organayzer talabalarga mavzuga nisbatan tahliliy yondashuv,ayrim qismlar negizida mavzuning umumiy mohiyatini o`zlashtirish, (sintezlash) ko`nikmalarini hosil qilishga yo`naltiriladi. U kichik guruhlarni shakllantirish asosida aniqsxema bo’yicha amalga oshiriladi.
Yozuv taxtasi o`zaro teng to`rt bo`lakka ajratiladi va har bir bo`lakka quyidagi sxema chiziladi. Grafik organayzer talabalar tomonidan o`zlashtirilgan o`zaro yaqin, nazariy bilim, ma’lumot yoki dalillarni qiyosiy tahlil etishga yordam beradi. “Alisher Navoiy liriasi” modulini o`tishda amaliy va seminar mashg`ulotlarda bu grafik organayzerdan foydalanish maqsadga muvofiq. Unda o`ituvchi tomonidan “Venn diogrammasi” asosida janrlarni qiyoslash so’ralishi mumkin. Jumladan, g`azal va qit’a janrining o`ziga xos xususiyatlari qiyoslanganda “Venn diogrammasi” quyidagicha to`ldirilishi mumkin.
G`azal Qit’a

Test” texnologiyasi. Test (inglizcha “sinov”, “tekshirish”) texnologiyasi shaxsning psixologik, fiziologik va shaxsiy xususiyatlarini, intelektual salohiyati, qobiliyati ko`nikma va malakalarinibaholashda xizmat qiladi. Texnologiya talabalar tomonidan muayyan mavzu mazmuni yoki fan asoslarining qay darajada o’zlashtirganini aniqlashda samarali hisoblanadi.
Mashg`ulotda texnologiyadan foydalanish quyidagicha kechadi:
- kichik guruhlarga mavzu yuzasidan testlar beriladi;
-topshiriqni bajarish uchun vaqt (10-15 daqiqa) belgilanadi;
- belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach, o`qituvchi talabalarning javoblarini tahlil qilib baholaydi;
- o`qituvchi tahlil natijalarini e’lon qiladi;
- o’`ituvchi talabalarning javoblarini baholab, mashg`ulotni yakunlaydi.
“Test” texnologiyasidan ham modulning amaliy va seminar mashg`ulotlarida foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ularning namunalari bobning keying faslida keltiriladi.
Ayrimlariga murojaat asosida fikr yuritganimiz interfaol metodlarni “Alisher Navoiy lirikasi” modulini o`qitishda qo`llash mashg`ulotlarni qiziqarli tashkil etilishiga zamin hozirlaydi. Tabiiyki, ularning o`rnida qo`llanilishi o`qituvchidan yuqori saviyadagi kompetentlikni, ijodiy yondashuvni talab etadi. Bunday metodlar talabani faollikka undaydi, uni zeriktirib qo`ymaydi hamda mashg`ulotlarning bir-birini takrorlamasligi, nazariy ma’lumorlarni bilan esda qolish samaradorligining ortishi talabani mavzularni teranroq o`rganishga undaydi.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling