Alisher Navoiy lirikasi modulini o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish mundarija
“Alisher Navoiy hayoti va ijodini interfaol metodlar asosida o`qitishning didaktik ta’minoti
Download 0.55 Mb.
|
Alisher navoiy hayoti va ijodini otish
2.2. “Alisher Navoiy hayoti va ijodini interfaol metodlar asosida o`qitishning didaktik ta’minoti
Alisher Navoiyning hikmatga boy she’riy lirikasi ko`lamining kengligi bilan ham ahamiyatlidir. Uning asosini 45000 misraga yaqin o`zbekcha she’rlarini o`z ichiga olgan «Xazoyin ul-maoniy» yig’ma devoni va 12000 misradan ziyod fors-tojik tilidagi she’rlaridan tarkib topgan «Devoni Foniy», shuningdek, forsiyda bitilgan 6 falsafiy qasidadan iborat «Sittayi zaruriya» («Olti zarurat») hamda yil fasllari tasviriga bag’ishlangan «Fusuli arbaa». («To`rt fasl») qasidalar tashkil etadi. Bulardan tashqari, shoir lirik merosiga Muhammad alayhis-salom bilan bog’liq qirq hadisning tarjima-sharhi asosida vujudga kelgan «Arbain», Hazrati Alining «Nasr ul-laoniy»asarining she’riy tarjima-sharhi hisoblangan 266 ruboiydan tarkib topuvchi «Nazm ul-javohir», islom dini qonun-qoidalari sharhi talqiniga doir «Siroj ul-muslimin» singari asarlar hamda «Xamsatul-mutahayyirin», «Holoti Pahlavon Muhammad», «Holoti Sayyid Hasan Ardasher», «Muhokamat ul-lug’atayn», «Mezon ul-avzon», «Mahbub ul-qulub», «Munshaot», «Vaqfiya», «Tarixi anbiyo va hukamo», «Tarixi muluki Ajam» kabi nasriy asarlari tarkibidagi masnaviy, ruboiy, qit’a, fard janrlarda bitilgan badiiyat namunalari ham mansubdir. Alisher Navoiy badiiy ijod bilan bolalik yillaridanoq shug’allana boshladi. Oila muhiti, Xuroson hukmdori Abulqosim Bobur Mirzoning yosh shoirga bo`lgan munosabati uning ijodiy salohiyatini tez orada ravnaq topishiga va ilmda e’tirof etilganidek, 10-11 yoshlarida Mavlono Lutfiydek yirik so`z san’atkorining nazariga tushib, keksa ijodkorning yuksak bahosi bilan ulug’lanishiga imkon yaratdi. Alisher Navoiy 23-24 yoshlarida shoir sifatida el orasida tanilgani, uning she’rlari Movarounnahr-u Xuroson sarhadlaridan o`tib shuhrat qozonganiga qaramay, asarlarini jamlab devon tartib berishga shoshilmadi. Ehtimol, shoir bu davrda Mashhaddan Hirotga qaytganida, hayotidagi eng og’ir yo`qotishlar tufayli bu ishga jiddiy e’tibor qilmagan bo`lishi mumkin. Zero, uning sal keyinroq Samarqanddan ustozi Sayyid Hasan Ardasherga maktub tarzida yozgan «Masnaviy»sidagi o`z ijodidan ko`ngli to`lib yozgan faxriya – baytlari shoirning xalq orasida sohib devon tarzda tanilishi uchun imkoniyat allaqachon vujudga kelganligini tasdiqlaydi. Alisher Navoiy o`z davrining ulug’ mutafakkiri, davlat arbobi sifatida g’azallarida ham ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta’limiy qarashlarini badiiylashtirdi. Buning uchun shoirga tuzilishiga ko`ra mustaqil baytlardan (nisbiy tushuncha) tarkib topgan (parokanda)g’azallar qo`l keladi. Zero, ularda ijodkor garchi muhabbat mavzusida qalam tebratayotgan bo`lsa-da, jamiyat haqidagi mulohazalarini ham bayon etish imkoni mavjuddir. Mana shu imkon g’azalning mavzu doirasini ancha kengayishiga zamin hozirlaydi. Aytilganlar nuqtayi nazaridan Alisher Navoiyning quyidagi g’azali ahamiyatlidir: Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling