Alisher Navoiy lirikasi modulini o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish mundarija


Download 0.55 Mb.
bet1/17
Sana26.09.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1688172
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Alisher navoiy hayoti va ijodini otish



Alisher Navoiy lirikasi modulini o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish


MUNDARIJA
Kirish…………………………………………………………………………….3
I BOB. ALISHER NAVOIY HAYOTI VA IJODINI O`QITISHNING USTUVOR YO`NALISHLARI
1.1 Alisher Navoiy lirik merosining manbalari, shoir devonlari, ularning tartib berilishi tarixi, janriy tarkibi va mavzular olami……………………………….….7
1.2 Alisher Navoiy g’azaliyotining shakliy, g’oyaviy xususiyatlari, yetakchi qahramonlari va badiiyati………………………………………………………..15
II BOB. “ALISHER NAVOIY HAYOTI VA IJODINI O`QITISHNING AMALIY-TEXNOLOGIK JIHATLARI
2.1. “Alisher Navoiy hayoti va ijodini o`qitishga doir interfaol metodlar…………………………………………………………………………31
2.2. “Alisher Navoiy hayoti va ijodini interfaol metodlar asosida o`qitishning didaktik ta’minoti……………………………………………………………….56

Xulosa……………………………………………………………………………75
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati……………………………………………77

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi va amaliy ahamiyati. Asrlar o`tsa-da, yangi ma’no qatlamlarining kashf etilishi bilan she’riyat ixlosmandlari qalbidan munosib o`rin egallab borayotgan Alisher Navoiy ijodi mangulikka daxldorlik kasb etmoqda. Shoir lirikasi ko’lamining kengligi, inson ma’naviy kamolotiga xizmat qiluvchi ulug’ mutafakkir ijodkorning nihoyatda qimmatli ijtimoiy-siyosiy, falsafiy, ilohiy-irfoniy, axloqiy-ta’limiy qarashlarini navoiyona uslubda yuksak san’atkorlik bilan o`zida mujassamlashtirgani bois qadr-qimmati oshib bormoqda. Salohiyatli shoir ijodida butun bani bashar muammosi, ayniqsa, xalqimiz dardi, orzu-intilishlari, beqiyos qadriyatlarimiz yuksak badiiy uslubda o’z ifodasini topgan. Shu bois bu bebaho ma’naviy yodgorlik haqida O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida quyidagilarni ta’kidlagan edi: “Inson qalbining quvonch-u qayg`usini, hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan kam topiladi. Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg`usi ham bizning ong-u shuurimiz, yuragimizga, avvalo, Navoiy asarlari bilan kirib keladi. Biz bu bebaho merosdan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik ko`p bahramand etsak, milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik qudratli ma’rifiy qurolga ega bo’lamiz”1. Ana shu “qudratli ma’naviy qurol”dan yoshlarimizni bahramand etishning usullaridan biri ularni talaba – o`qituvchi, talaba – talaba hamkorligining eng maqbul ko`rinishlaridan bo’lgan interfaol metodlardan ma’ruza, amaliy va seminar mashg`ulotlarda samarali foydalanib, talabalar ong-u shuuriga ulug` shoirning umumbashariy g`oyalarini singdirish, uning yuksak san’atkorlik mahoratini o`rgatishdir.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 2012-yil 28-maydagi “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to`g`risida” qabul qilgan Qarorida zamonaviy fikrlovchi pedagog kadrlar tayyorlashga, ta’lim jarayonida ilg’or pedagogik uslub: “Case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda o`qitish, “amaliy o`yin”, interfaol ta’lim uslubi va boshqalarni qo`llashga alohida urg`u berilgan. Ushbu qarorni dasturil amal sifatida qabul qilib, mashg`ulotlar samaradorligiga erishish har bir o`qituvchidan yuksak kompetentlikka ega bo’lishni talab etadi. Buning uchun interfaol metodlarning mohiyatini teran o`rganib, ularni qo`llash bilan bo`liq uslubiy ko`rsatmalar ishlab chiqish ahamiyatlidir. Masalaga shu nuqtayi nazardan yondashsak, bitiruv loyiha ishimiz nihoyatda dolzarb ahamiyatga ega ekanligi ayonlashib qoladi.
Interfaol metodlarning oltmishdan ortiq ko`rinishlari xususida manbalarda ma’lumotlar keltiriladi. Jumladan, O`.X.Muxammedov, M.H.Usmonboyeva, S.S.Rustamovlarning “Ta’limni tashkil etishda zamonaviy interfaol metodlar” nomli o`quv-uslubiy tavsiyalarida interfaol metodlarning 30 dan ortig`i xususida fikr yuritiladi.2 O`zbek adabiyotini o`rganish borasida ayni masalalar yuzasidan R.Niyozmetova muhim pedagogik qarashlarini ilmiy bayon etgan bo`3, K.Usmonova esa ularning adabiy ta’limda qo`llanilishi xususida muhim tavsiyalarni bayon etadi4. Ayni masalalar adabiyotshunoslar B.To`xliyev, N.Bekovalarning tadqiqotlarida ham o`z ifodasini topgan.5 Ana shu izlanishlarga tayanilgan holda “Alisher Navoiy lirikasi” modulini o`qitish misolida masala bilan bog`liq tavsiyalarni ishlab chiqishga harakat qildik.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling