Alisher Navoiy lirikasi modulini o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish mundarija
Yordin ayru ko`ngul mulkedurur sultoni yo`q
Download 0.55 Mb.
|
Alisher navoiy hayoti va ijodini otish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ul qorong’u kechakim yo`qtur mahi tobon anga, Zulmatedurkim aning sarchashmayi hayvoni yo`q. Zulmatekim, chashmayi hayvoni aning bo`lmag’ay
- Ey Navoiy, bor anga mundoq uqubatlarki, bor Hajrdin dardi-yu, lekin vasldin darmoni yo`q.
Yordin ayru ko`ngul mulkedurur sultoni yo`q,
Mulkkim sultoni yo`q, jismidururkim, joni yo`q. Jismdin jonsiz ne hosil, ey musulmonlarkim, ul Bir qora tufrog’dekdurkim, gul-u rayhoni yo`q. Bir qora tufrog’kim, yo`qtur gul-u rayhon anga, Ul qorong’u kechadekdurkim, mahi toboni yo`q. Ul qorong’u kechakim yo`qtur mahi tobon anga, Zulmatedurkim aning sarchashmayi hayvoni yo`q. Zulmatekim, chashmayi hayvoni aning bo`lmag’ay Do`zaxedurkim, yonida ravzayi rizvoni yo`q. Do`zaxekim ravzayi rizvondin o`lg’ay noumid, Bir xumoredurki, anda mastlig’ imkoni yo`q. Ey Navoiy, bor anga mundoq uqubatlarki, bor Hajrdin dardi-yu, lekin vasldin darmoni yo`q. (3. 252-253) Avvalo, ta’kidlash joizki, mazkur g’azalda ko`zga «yarq» etib tashlanadigan san’at bargardonishdir. Ya‘ni mazmunni kuchaytirish, ta’kidlab ko`rsatishga xizmat qiluvchi «takrir», takror, qaytarishdir. Ayni g’azalda baytning birinchi misrasi oxirida kelgan so`z yoxud kalimalar guruhi ikkinchi satr boshida kelib, aytilmoqchi bo`lgan g’oyaviy niyatni ta’kidlab ko`rsatishga xizmat qiladi. Masalan: «Mulkkim sultoni yo`q, jismidururkim joni yo`q, Bir qaro tufrog’dekdurkim...» va hokazo. Ikkinchidan, g’azal matlasida ifodalangan bo`liq ma’no-mazmun uning maqtasiga qadar tashbeh, talmeh, tazod, iyhom, tanosub kabi san’atlar vositasida tadrijiy rivojlantirish usulida yozilgan. Unda yor – ko`ngil, mulk – sulton, jism – jon, tufrog’ – gul-u rayhon, qorong’u kecha – oy, zumat – obi hayot (tiriklik suvi), do`zax – ravzayi rizvon, xumor (ichkilik, majozan ishq) – mastlig’ (ilohiy fayzdan sarxushlik) kabi juftliklar o`zaro ziddiyatni hosil qilgan. Avvalo, shuni ta’kidlash lozimki, matlada shoirning oshiqona, orifona, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ma’rifiy qarashlari o`z in’ikosini topgan. G’azalning keyingi baytlarida ishora ketgan barcha mavzularga oid mulohazalar silsilaviy takomillashtirilgan. Asardagi baytlararo fikrni mantiqiy bog’lash quyidagi tartibda ekanligi ko`zga tashlanadi: Yorsiz ko`ngil – sultonsiz mulk, sultonsiz mulk –jonsiz jism, jonsiz jism – gul-u rayhonsiz qora tuproq, gul-u rayhonsiz qora tuproq - oysiz tun, oysiz tun – obi hayoti bo`lmagan zulmat, obi hayoti bo`lmagan zulmat – jannat bog’idan yiroq bo`lgan do`zax, jannat bog’idan yiroq bo`lgan do`zax – ishqszlik, ishqsizlik – ilohiy fayzdan bebahralik. Xotima: Hajrning dardi bo`la turib, vasl darmoni (umidi) bo`lmasa-da, ishqdan voz kechma. Mantga asoslanib, «Yordin ayru ko`ngil»ni – sultonsiz mulk, jismsiz jon, gul-u rayhonsiz qora tuproq kabilarga tashbeh qilingani singari matladagi «sultonsiz mulk» ham teng bog’liqlik asosida aytilganlarga qiyoslangan, deyish mumkin. Anglashiladiki, shoir g’azalda ma’naviy va ijtimoiy-siyosiy hodisalarni yondosh rivojlantirib boradi va ko`ngil uchun mahbuba, ishq va undan bahramandlik qanchalik zarur bo`lsa, mamlakat uchun ham podsho shunchalik muhim, degan umumlashma-xulosani ilgari suradi. Faqat matla’ va undan oldingi baytda shoirning ishqiy mavzuga oid qarashlarini badiiylashtirishga mayli kuchayganligini unutmaslik lozim. Bu, albatta, shoir g’azaliyotidagi yetakchi mavzu ishq-muhabbat ekanligini yana bir karra tasdiqlaydi. Shuningdek, unda qo`llangan badiiy timsollar vositasida ilgari surilgan yetakchi g’oya ishqi majoziy – insoniy muhabbat va haqqa yetgan oriflar ishqi – ilohiy ishqqa ham birdek daxl qila oladi. Alisher Navoiyning uqtirishicha, ulkan bir shartning o`sha ikki ishq o`rtasida ko`ndalang turishi muhabbat talqinidagi tasniflarga sababdir. Inson taqdirining hamma jabhalarida ko`zga tashlanadigan ishq jazavasida pok niyat, pok qalb, pok so`z, pok ko`z, pok e’tiqod amal qilsagina ishqi majoziy haqiqiy ishq maqomiga ko`tarila oladi. O`shandagina tasniflarga ehtiyoj sezilmaydi. Mumtoz adabiyot namoyondalari, jumladan, Alisher Navoiy g’azaliyotiga doir ajratishlar (oshiqona, orifona, rindona, qalandarona...) esa o`ta nisbiy tushunchalardir. Alisher Navoiy g’azallarining bosh qahramoni, shubhasiz, shoirning o`zidir. Ularda muallifning ichki tug’yonlari, ruhiy iztiroblari-yu quvonchlari, tarjimayi holiga oid qaydlar uchraydi. Shuningdek, shoir g’azaliyotidagi boshqa obrazlar: ma’shuqa, shoh, darvesh, shayx, zohid, orif, rind, soqiy, raqib kabilar va rang-barang badiiy timsollar asardagi yetakchi g’oyani she’rxonga teran yetkazish uchun buyuk tafakkur sohibining taxayyul olamidan she’rga ko`chdi hamda badiiy salohiyati yuksak g’azallarning vujudga kelishini ta’min etdi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling