Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»
Inson san’at va adabiyotning bosh predmetidir. Yozuvchi Maksim Gorkiyning ta’biricha
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyotshunoslik nazariyasi
Inson san’at va adabiyotning bosh predmetidir. Yozuvchi Maksim Gorkiyning ta’biricha,
“O’zining intilishlari, ishlariing butun xilma – xilligi bilan, o’zining o’sishi va tanazzulga ketishi jarayoni bilan odam badiiy adabiyotning materiali bo’lib xizmat qiladi”. Aristotel (“Poetika”), V.Belinskiy (“Poeziyaning xil va turlarga bo’linishi”)larning fikriga ko’ra, qadimgi yunon (Homerning “Iliada”, “Odessiya” asarlari, Esxil, Sofokl tragediyalari) san’atidan boshlab, inson san’at asarining bosh predmetiga aylangan. Hamon u adabiyot va san’atning kashflarini, yutuq va kamchiliklarini sarhisob qiluvchi asosiy o’lchov bo’lib kelmoqda. Shu sababdan inson tasviri yo’q joydan san’atni izlash noo’rindir. To’g’ri, badiiy asarni varaqlasangiz, inson obrazidan tashqari, uni o’rab olgan tabiat (peyzaj) ham, hayvonu o’simliklar ham, jamiyat ham, buyumlar, predmetlar ham tasvirlanadi. Yuqorida ta’kid etganimizdek, adabiyot va san’atda borliqning hamma atributlari o’z aksini topadi, faqat ular bitta shartga bo’ysinadilar, ya’ni ular inson xarakteri va ruhiy holatining u yoki bu qirrasini ochishga xizmat qilishlari, demakki, insoniylashlari lozim. Qo’shiqchi shoirlar sardori Muhammad Yusufning “Erka kiyik” asarida ham shu haqiqatning ifodasini ko’ramiz: Erka kiyik, maylimi bir erkalasam, Majnun bo’lib sahrolarga yetalasam, Bu dunyoda birday g’arib men ham, sen ham, Erka kiyik maylimi bir erkalasam?.. Sening ko’zing qora, mening ko’zim qora, Sening bag’ring yara, mening bag’rim yara, Bu dunyoda sen bechora, men bechora!.. Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?.. Shamol emas, izing quvib yurdi kamon, Sayyod mening kulbamni ham qildi vayron. Sening joning, mening jonim – omonat jon, Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?.. Kel yig’laymiz birgalashib yantoqlarga, Sahrolarda qurimagan buloqlarga. Ikkalamiz yaralganmiz qiynoqlarga, Erka kiyik, maylimi bir erkalasam. Umrimizning barcha yo’li, so’qmog’i cho’g’, Cho’g’dan qo’rqma, beyuz qo’ygan qopqondan qo’rq. Bu dunyoda senga do’st yo’q, menga do’st yo’q, Erka kiyik, maylimi bir erkalasam? Soch oqardi, dildosh kutib ko’zim toldi, Yuragimdan to’kilmay ne so’zim qoldi. Yo’l so’ngida, hyech bo’lmasa o’lim oldi Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?.. 1 Mungli, iztiroblarga to’la qo’shiqni tinglar ekansiz, undagi lirik qahramon armonlariga, g’aribligiga, bechoraligiga, qiynoqlariga, cho’g’li so’qmoqlariga dildosh “erka kiyik” - mahbubaning uyg’unligini yaqqol sezasiz. Qahramon qalbidagi kechinma va tuyg’ulari “erka kiyik” (eng yaqin do’st, 1 Муҳаммад Юсуф. “Ёлғончи ёр”, Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1994, 144-бет. 11 taqdirdosh inson) vositasidagina barq urib ochiladi: iltijo orqali erka kiyikka majnun bo’lib yolvoradi, hamdam do’stga zorligini, uning ko’nglini olishga judayam ishtiyoqmandligini - dilining izhorini to’kadi. Erka kiyik – fikr va hissiyotlar ifodasi uchun ramziy vosita, insoniylashgan obrazga aylangani uchun ham - u eng zarur unsurdir. Inson va inson tafakkurini o’rganmagan fanning o’zi yo’q, chunki fanlar tabiat, jamiyat va insonni ilmiy bilish jarayonida yuzaga kelgan ilmlar tizimidir. Lekin hyech bir fan predmet, hodisa, insonni “o’z harakatida”, “jonli” holatda, birbutunlikda, yaxlitlikda o’rganmaydi. Bunday vazifani adabiyot va san’atgina bajaradi, xolos. Jumladan, psixologiya (gr. “psyuxe” - “ruh”, “logos” - fan) – ruhshunoslik fani miyaning ob’ektiv voqyelikni aks ettirish jarayonidagi holatlarini o’rgansa, falsafa (yunoncha “filio” (sevmoq), “sofos” (donishmandlik) – “donishmandlikni sevish” fani insonning mohiyati haqidagi eng muhim bilimlarni, eng umumiy muammolarni o’rganadi. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling