Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


odatlarini, ruhiyatini, fikrlash, yashash tarzini akslantirishi tabiydir-ki, bu – adabiyotning


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/118
Sana26.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1725151
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   118
Bog'liq
adabiyotshunoslik nazariyasi

odatlarini, ruhiyatini, fikrlash, yashash tarzini akslantirishi tabiydir-ki, bu – adabiyotning 
milliyligini vujudga keltiradi. Va bu milliylik shu adabiyotni yaratgan daholarning ijodlarida
ularning eng yaxshi asarlarida yaqqol ko’zga tashlanadi. Jumladan, Navoiy, Bobur, Mashrab, Yassaviy
G’.G’ulom, H.Olimjon, A.Oripov, E.Vohidovlar butun dunyoda sevilib o’qiladi. Chunki ularning 
asarlarida o’zbek xalqining “o’zligi”, xarakteri chuqur ifodalanganidan tashqari, ularda insoniyat 
uchun, inson uchun zarur bo’lgan muammolar tasvir va tahlil qilinganidan umuminsoniy xislat 
kasb etadi. 
“Badiiy ijod shunday daraxtki, shoxida umuminsoniy mevalar yetiladi, ildizi esa milliy zaminda 
yotadi”, - deganida yozuvchi 
Њtkir Hoshimov tamomila haqdir. 
Shu nuqtai nazardan she’riyatimiz malikasi Zulfiya hayoti va ijodiga bir nigoh tashlaylik. 
Zulfiya 29 yoshida bir qizu bir o’g’il bilan beva qoldi. Umrining oxirigacha Hamid Olimjon 
sevgisiga “sodiq bo’lmoq o’zi soadat” deb tushundi.
Tunlar tushimdasan, kunduz yonimda
Men hayot ekanman, hayotsan sen ham,- deya 
kuyladi. Vafosi, sadoqati bilan o’zbek Onasi, o’zbek ayolining Vafosi ramzi sifatida bizning 
qalbimizni isitdi, haqiqiy va buyuk muhabbat qudrati haqida jonli dars berdi, ibrat namunasini 
ko’rsatdi. 
Kamalak yetti rangda yetmish xil jilolanib, barchani maftun qilganidek, Zulfiya “tongning 
o’ziday rost va yorqin haqiqatga” yo’g’rilgan poeziyasi bilan (“Kechir, qoldim g’aflatda!” “Bahor 
1
В.Г.Белинский. Адабий орзулар, Т., Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1977, 98-бет. 


19 
keldi, seni so’roqlab”, “Ne baloga etding mubtalo” va sh.k.) sadoqat va vafodorlik tuyg’usini – 
insoniylikning bosh mezoni darajasiga ko’tardiki, usiz haqiqiy komil insonni tasavvur etish ham 
mumkin emas. Bugungi hayotimizda qo’ydi-chiqdilar, sarson-sargardon yetimlar, havoyi istaklar deb 
or-nomusdan voz kechgan, “ignaga o’tirgan” ayollar, hayosiz, ibosiz juvonlar jabrini tortayotgan 
jahonda Zulfiyaning hayajonli, o’tli chaqirig’i, jasoratga to’liq qo’shig’i-har bir qalbda (farang, olmon, 
ingliz, arab, fors qalbida ham) jaranglamoqda. 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling