Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/118
Sana26.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1725151
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   118
Bog'liq
adabiyotshunoslik nazariyasi

taassurot qoldiradi. Uning qalbingizdagi harorati hali sovumaganday tuyuladi. 
3. Hajmi va tashqi ko’rinishi jihatidan.
Lirik asar eng kichik asardir, chunki u bir oniy tuyg’uning birvarakayiga hayajonli tarzdagi 
ifodasidir. Tashqi ko’rinishi – misralardan, baytlardan iborat, muayyan vaznga solib yozilganidan 
musiqiy bo’ladi.
4. Xarakter. Hayot go’yo bir azim daryo bo’lsa, lirika ana shu azim daryoning sekin va sokin
joylariga nazar tashlaydi (I.Sulton). She’r bir oniy fikr va hisning mahsuli, mahsuli bo’lganda ham
yaxlitligi – jonliligi bilan maftun etuvchi, ohangi bilan dilni qitiqlovchi bo’lgani sabab – bir zumlik 
“harorat” bilan uzoq yillarni, qalblarni “isitadi”, boyitadi, orzularga qanot beradi, ishonchlarni 
mustahkamlaydi. Lirik qahramon “shoir shaxsi bilan estetik idealining quymasi” ekan, ular doimo 
yaxlitlashganda, musiqiylashganda, samimiylashganda doim ta’sirdordir, doim jozibadordir. 
5. Syujet. Lirik qahramon tarixi (konkret har bir she’rdagi kechinma –obraz tarixi)ning 
mavjudligi lirikadagi syujetni voqye qiladi. Lirik asar bir oniy kechinmaga suyangani uchun ham 
undagi syujet eposdagi kabi “voqealar silsilasi” tarzida namoyon bo’lmaydi, balki u oniy – ruhiy 
harakat tarixi ifodasi tarzida yuzaga chiqadi. 
Syujet adabiyotning uchinchi elementi va usiz badiiy asar bo’lishi mumkin emasligi qoidasini 
xotirga keltirsak, demak, lirikada syujet o’ziga xos bo’ladi. O’ziga xoslik – lirikaning subyektivlik 
mohiyatidan, lirik qahramonning dunyosidan kelib chiqadi va har bir lirik asarda ifodalangan oniy – 
ruhiy kechinma tarixi – boshlanishi, rivoji, xulosasi bilan o’lchanadi. 
Nodir Jonuzoq to’rtligining birinchi bayti: 
Bir xabar ilg’adim sahargi yeldin,
Chiqqanmish qachondir Majnun bu eldin,- 
degan fikr-xabar berilsa, keyingi baytda: 
Yo Olloh, nahotki anglamadilar- 
U soyam edi-yu... men endi keldim! 
tarzida fikrga yakun beriladi. Demak, lirik qahramon kechinmasining bir oniy parchasiga joylangan 
tarix, garchi kechinma harakati siqiq va oddiy bo’lsa-da, ushbu asarning syujetidir. 
Shu sabab “Nazariyai adabiyot”ning muallifi Rahimi Musulmoniyonning “Azbaski dar lirika 
amaliyotu voqea tasvir nameyobad, sujet ham dida nameshavad”
1
(“Lirikada amaliyotu voqea 
tasvirini topmas ekan, demakki, syujet ham bo’lmaydi”) degan hukmi asossizdir. Syujetning 
kechinma tarixi (bir onda, bir zumda boshdan kechayotgan holat, mikrovoqea) bilan bog’liqligini 
hisobga olmaslikning oqibatidir. 
1
Р.Мусулмониён. Назарияи адабиёт, китоби дарсй, Душанбе, “Маориф”, 1990, с- 131. 


107 
6. Badiiy til. Lirikada so’z mazmunan his-hayajonga yo’g’rilgan, nihoyatda tiniqlashgan, 
teranlashgan bo’ladi. Chunki, “haqiqiy she’rda har bir so’z shakl-shamoyil, rang-bo’yoq, maza, 
salmoq vva ohangga ega” (Jamol Kamol)dir. “So’zlar poeziyada qofiya, vazn, band, tovush takrori, 
so’z takrori (epifora, anafora, radif), inversiya, musiqiylik, ritm, turoq, misra, band, turkum, ritmik 
pauza jihatidan aloqador holda amal qiladi, prozada esa so’z bunday vazifani ado qilmaydi... 
poeziyada gap, jumla, so’zninggina emas, balki bo’g’in, nutq tovushlarining unli yo undoshligi ham 
o’ziga xos ahamiyatga ega; ular kuchli “mehnat intizomi”ga, tajribaga bo’ysinadi va yagona, 
muayyan sistemaga aylanadi, ayni shunday tartib nasrda yo’q...”
1
 
D R A M A 
“Drama hozirgi zamonda o’quvchi yoki tomoshabin ko’zi oldida bo’layotgan kabi ko’ringan 
kechmish voqyedir”, -deydi V.G.Belinskiy va unda shaxslar o’zlarini harakatda ifoda qilishlari 
kerakligini ta’kidlaydi. 
Chunki “Epopeyada voqea, dramada odam hukmrondir”. Dramada harakat bosh alomat 
sanalgani uchun, u quyidagi sir-asrorlarni o’zida jamlaydi: 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling