Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/118
Sana26.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1725151
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   118
Bog'liq
adabiyotshunoslik nazariyasi

1. EPIK TURNING JANRLARI 
Voqealarni hikoya qilishdek ustivorlik asosiga qurilgan barcha asarlarning jami- epik turni 
vujudga keltirgan. Shu sabab epos, doston, ballada, masal, ertak, hikoya, qissa, povest, roman, 
novella, poema, ocherk, felyeton, pamflet, esse, mif, rivoyat, afsona, sayohatnoma, muhabbatnoma, 
safarnoma, “xamsa”, hikmatli so’z, cho’pchak, marsiya, madhiya, matal, aforizm kabi janrlar 
eposning mulki sanaladi. Ularni bir necha guruhlarga ajratish mumkin: 
A.Eposning katta janrlari 
Epos (yunoncha epos –co’z, nutq, hikoya)ning eng yirik janri epopeya(yunoncha epopoiia-
rivoyatlar, qo’shiqlar majmuidir). “Epopeya xalqning faqat go’daklik davrlarida, uning hayoti hali
ikki qarshi tomonga – poeziya va prozaga ajratilmagan chog’da, xalqning tarixi faqat afsona bo’lgan 
zamonda, dunyo haqida uning tushunchalari faqat diniy tasavvurlardan iborat bo’lganda, uning 
kuch-qudrati va toza faoliyati faqat qahramonlik g’alabalarida ko’ringan zamonlardagina paydo 
bo’lishi mumkin” (V.Belinskiy, 167-bet).
Eposda xalq, millat, qabila taqdirini hal qiladigan buyuk tarixiy voqyelar tasvirini topgani 
sabab, uning bosh qahramoni tarix sanaladi. Eposda voqea hukmron bo’ladi va u “tabiatning 
o’zginasi”tarzida, “taqdirning irodasi” bo’lib namoyon bo’ladi. Uni inson o’zgartira olmaydi, balki u 
insonni o’zining irodasiga bo’ysindiradi. Homerning “Iliada” va “Odessiya”si, hindlarning 
“Mahobhorat” va “Ramayana”si, qirg’izlarning “Manas”i, o’zbeklarning “Alpomish”i yuqoridagi 
mulohazalarning isbotidir. 
Folklorshunos Bahodir Sarimsoqov ta’kid etganidek, tarixiy shaxsning bahodirliklari bilan 
bog’liq voqealar haqida yaratilgan turkum liro-epik qo’shiqlar asoslik vazifasini o’taydi. 
Keyinchalik shu qo’shiqlar o’zaro birikib, epik jihatdan to’lishib yagona epopeya shakliga ega 
bo’ladi, ya’ni qo’shiqdagi memorat(xotira) xiralashib, fabulat(epika)ga aylanadi.
1
Biz bilgan “Alpomish” klassik epos shaklidadir. U bu shaklga kirguncha tarixiy qo’shiq – 
arxaik epos—xalqaro ideal(syujet)—klassik epos jarayoni bosqichlarini o’tishi lozim bo’lganligini 
B.Sarimsoqov isbotlaydi: “Birinchi bosqich-syujetning qadimgi shaklidan iborat bo’lib, biz uni 
shartli ravishda arxaik (eski) epos deb yuritamiz. Bu bosqichda qahramon urug’ yoki qabila 
boshlig’i bo’lib, o’z xatti-harakatida urug’ yoki qabila manfaatlarini himoya qiladi, uni 
dushmanlardan muhofazalaydi. Parchalanib ketshdan saqlaydi. U o’zga yurtlarda bahodirliklar 
ko’rsatib, o’z yorini olib keladi va oila qurish orqali ijtimoiy tuzumni izchillashtirishga intiladi. Shu 
bois, arxaik epos syujeti ixcham-bir qismdan iborat bo’ladi. Bunday syujetning esa xalqaro epik 
normalar miqyosiga ko’tarilishi qiyin. Chunki har bir urug’ yoki qabila o’zining mahalliy tarixiga
qismatiga ega va bu tarix yoki qismat o’zga etnoslar uchun qadrli bo’lmaydi”(135-bet). 
Bu bosqichdagi syujetni ming yil bilan o’lchashdan ko’ra, yana shuncha yillar qo’shganda ham 
kamlik qilishini alohida ta’kidlash o’rinlidir. 
Ikkinchi bosqichda urug’ va qabilaga xos bahodirlik ideallari-el-elat yoki xalq ideali darajasiga 
ko’tariladi, buni voqye qiladigan yangi syujet qo’shiladi: “Erning o’z xotinining to’yiga notanish 
qiyofada kelishi va jasoratlar ko’rsatib, oxir oqibatda o’z yoriga, qo’lidan ketgan hokimiyatiga 
erishishdan iborat syujet esa xalqaro miqyosda tarqalgan syujet hisoblanadi. Masalan, bu syujet 
Homerga nisbat beriladigan yunon eposlari “Iliada” va “Odessiya”da, o’zbek “Alpomish”ida, rus 
bilinasi “Dobrinya va Alyosha”da ham uchraydi” (138-bet). 
Arxaik syujetga xalqaro miqyosdagi syujetning qo’shilishi va uning yaxlitlashuvi-parchalanib 
ketgan urug’ (el-elat)ni birlashtirish va xalq idealidagi adolatni qaytadan tiklash g’oyasini yuzaga 
chiqaradi; uning ta’sirchan ifodasi eposning umumbashariyligini ta’minlaydi; “Alpomish” klassik 
epos namunasiga aylanadi (mana shu holatga kelganiga ming yil bo’lganini ta’kidlash asoslidir); 
uning jahoniy mazmunidagi o’zbek milliy ruhining jozibasini barcha anglaydi, uning ulug’vorligi-yu 
go’zalligidan hamma xalqlar bahra topadi, saboq chiqaradi.
1
“Алпомиш”- Ўзбек хал
қ қаҳрамонлик эпоси, Т., “Фан”, 1999, 133-бет (бундан кейинги иsтибосларда 
са
ҳифаларнигина кўрсатамиз). 


110 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling