Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/118
Sana26.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1725151
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   118
Bog'liq
adabiyotshunoslik nazariyasi

B. Eposning o’rtacha janrlari 
 
 
Qissa (arabcha, ma’nolari “voqeiy hodisa yoki afsonalar bayon qilingan epik asar; syujetning 
murakkabligi jihatidan romandan ko’ra soddaroq badiiy asar”) – eng qadimgi janrlardan biri bo’lib, 
unda, asosan ishqiy mazmun yetakchilik qiladi. Ayniqsa, “muayyan payg’ambar yoki avliyo, dono 
shaxs yoki tengsiz pahlavonlar obrazlarining ibratomuz xatti-harakatlari misolida butun xalqning 
tarixini ideallashtirib ko’rsatish” (B.Sarimsoqov) qissalarning mohiyatini tashkil qiladi. Ularning 
barchasini umuminsoniy yagona ruh birlashtirib turadi. Bahodir Sarimsoqovning ta’kidlashicha, bu 
- hayotda pokdomon bo’lish, adolat uchun jon fido qilish, el-yurt qayg’usi bilan yashash, sadoqatli 
muhabbat nuridan bahramand bo’lishdir. 
“Ibrohim Adham qissasi”, “Amiri Axtam qissasi”, “Bobo Ravshan qissasi”, “Qissasi 
Rabg’uziy” (Nosiruddin Burhonuddin Rabg’uziy), “Hazrati Ali haqida o’n to’rt qissa” kabi xalq 
kitoblari nomi bilan chop qilingan asarlar (Ular ko’pincha to’y-hashamlarda, choyxonalarda, maxsus 
yig’inlarda – qissaxonlik kechalarida qissaxonlar tomonidan o’qilgan) qissa janrining namunalaridir. 
Jumladan, “Hazrati Ali haqidagi o’n to’rt qissa” da ham Hazrati Alining Allohga qo’ygan ishqi 
va shu ishq yo’lida ko’rsatgan qahramonliklari (masalan, Ajdarning halok etilishi, Maqsura otlig’ 
kofirning yuz yigirma ming qo’shinini o’ldirilishi va hokazo) mo’jizalari keng hikoya qilinadi. Epik 
tasvir g’oyatda mubolag’ador tarzda, folklorga xos ohang va sodda til bilan bayon qilinadi, romantik 
tasvir yetakchilik qiladi. 
Povest (ruscha so’z, ma’nosi hikoya, rivoyat qilish)ning asosiy belgisi, unda “Hayotiy 
qamrovning romanga nisbatan torligi, hikoyaga nisbatan kengligi; shunga muvofiq syujet va 
kompozitsiyaning ham romanga nisbatan soddaligi, hikoyaga nisbatan murakkabligi hisoblanadi” 
(N.Hotamov, B.Sarimsoqov, 235-bet). “Romanda olamning yaxlit falsafiy konsepsiyasi” bo’lishi 
shart bo’lsa, bu hodisaning bir qismi(parchasi)ni bir-ikki qahramon taqdiri misolida yechilishi 
povest uchun yetarlidir. Faqatgina hayotiy voqealar tasviridan katta umumlashmalar chiqarish, 
muayyan davr hayot tarzidan gumanizm falsafasini yorqin e’zozlash pafos darajasiga ko’tarilishi 
kerak. Shu sabab V.Belinskiy: “Povest ham ayni romanning o’zginasidir, faqat kichik hajmdadir, 
asarning hajmi mazmunning hajmi va mohiyatiga qarab belgilanadi”, - degan edi “Poeziyaning xil 
va turlarga bo’linishi” maqolasida. 
Povestda syujet ham, konflikt ham, kompozitsiya va boshqa unsurlar ham qissaga nisbatan 
ixchamroq bo’ladi, tezroq suratda rivojlanadi, realizm yetakchilik qiladi va chuqurroq ifodasini 
topadi. Asardagi asosiy personajlarning hayotlarida yuz bergan bir qator tipik voqealar siqiq tarzda, 
ko’pincha, bitta yetakchi syujet yo’nalishiga asoslangan holda yoritiladi. Jumladan, G’.G’ulomning 
“Yodgor” povestida Jo’ra xarakterining shakllanishi bilan bog’liq voqealar tasvirlanadi, barcha 
voqealar, Yodgor, Saodat, Mehrixon, Abdug’ani, Obid, Umar aka kabi obrazlar – qahramon Jo’ra 
xarakterining tipik xususiyatlarini ochishga, asardagi insoniylik g’oyasini bo’rttirib ko’rsatishga 
bo’ysinadi. G’afur G’ulomning “Shum bola”, S.Ayniyning “Sudxo’rning o’limi”, A.Qahhorning 
“Sinchalak”, O’.Hoshimovning “Dunyoning ishlari”, Ne’mat Aminovning “Bir asr hikoyati” povest 
janrining yetuk namunalari sanaladi. 
Poema (yunoncha poiema – ijod)da hayot va odamlar qalbi epik (voqea) va lirik (kechinma - 
tuyg’ular) tarzida kashf etiladi. To’g’rirog’i, poemada epika va lirika birlashib, yaxlit liro-epik 
oqimni vujudga keltirib hayotiy voqea-hodisalarning va qahramon xarakteridagi kuchning ruhi 
(qalbi)ni ochadi, tahlil qiladi, hayajonli ifodalaydi. “Qisqasi, poema qalb qo’shig’i, undagi lirik 
element ham, epik element ham poeziya, qo’shiq darajasiga ko’tarilgan bo’lmog’i lozim... poemada 
voqea, dramatizm asosan qahramon qalbi orqali o’tadi. Poemada kitobxonni voqealarning izchil 


114 
tasviri emas, balki voqealar tufayli qahramon qalbida tug’ilgan psixik kechinmalar – dramalar, 
o’ylar, tuyg’ular tasviri qiziqtiradi.”
1
Lekin, bu poemada epik tasvir ikkinchi darajali ahamiyat kasb 
etadi, degani emas. Balki qahramon qalbidagi cheksiz o’ylar, behisob tuyg’ular dramatizmining 
haqqoniyligini, samimiyligini, boshqacha bo’lishi mumkin emasligini asoslovchi, keltirib 
chiqaruvchi, rivojlantiruvchi omildir. Ana shu xislati bilan u epik turning “qo’shig’i”dir. 
Poema – lirik, epik, liro-epik, dramatik bo’lishidan qat’i nazar, ularning barchasida hayot 
(davr)ning epik qiyofasi shoir shaxsiyati (to’g’rirog’i, lirik qahramon) qalbi orqali ochiladi; voqea-
hukmronlik qiladi, uning hukmiga asosan qalb qo’shig’ini kuylaydi. Lekin bu qo’shiq doston janriga 
nisbatan ixcham, anchayin kichik, ayni paytda, o’ta real, o’ta lirikdir. 
“Zaynab va Omon” (Hamid Olimjon), “Toshkentnoma” (Maqsud Shayxzoda), “Surat” 
(Mirtemir), “Ruhlar isyoni” (Erkin Vohidov), “Jannatga yo’l” (Abdulla Oripov), “Xalil Sulton” 
(Usmon Azim)kabi barkamol asarlar poema janrining barcha hislatu fazilatlarini, mumtoz 
xususiyatlarini o’zida jam etganlar.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling