Davrlarning o’zgarishi – eposni ham yangilaydi, qadimgi eposda olam – keng ko’lamda ,
katta hajmda aks ettirilgan bo’lsa, hozirgi zamon eposida olam – miniatyura shaklida (tomchida
quyosh aks etganidek) tasvirini topa boshladi. Shuning uchun V. Belinskiy “roman – bu
miniatyuradagi olam” degandi. Bu I. Sulton yozganidek, realistik ijodiy metodning tug’ilishi
hamda tantanasi bilan bog’liqdir.
Yangi eposda ob’ektivlik va ko’lamdorlik xislati ortadi. Haqqoniylik oliy darajaga ko’tariladi.
Voqeabandlik saqlangani holda, insonning hatti- harakati “taqdir irodasi” ga emas, balki real
(tipik) sharoitning ta’siri bilan o’lchanadi. Shu hisobga afsonalar, mifologiyalar, tasavvur etib
bo’lmaydigan mubolag’adorlik o’rnini hayotning mohiyatini ochib beruvchi realliklar, asoslar,
rostgo’ylik, haqqoniylik egallaydi.
Qadimgi va yangi eposning xususiyatlarini birdam tasavvur etish uchun ikkita misol. Alisher
Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonining XXXI bobi sarlavhasi shunday:
“Farhodning teshasi toshni pora-pora qilmoq bilan tog’ bag’riga kovkov solg’on sadoni Shirin
eshitgoni va quyosh tog’din tulu’ qilg’ondek, ul kuhi balo sarvaqtig’a yetgoni va aning metini
lam’asining barqi muning xorodek ko’nglig’a asar etgoni va quyosh tuproqqa nur sochg’ondek, ul
hokiyga mehr zohir qilg’och, aning tuprog’dog’ilaridek o’zidin ketgoni va umri quyoshi boshiga
kelgach, aning hayoti sham’i uchg’oniga Shopurning sham’dek kuyub, yig’lab boshiga o’t chiqarg’oni
va o’lukni mahdg’a solgandek, ul quyosh oni tuproqdin ko’tarib, bihisht oso manzilg’a olib borg’oni”.
A. Qodiriy “O’tkan kunlar” romanining II bobi sarlavhasi shunday: “Xon qiziga loyiq bir yigit”.
Bundan shunday xulosa qilish mumkin: Qadimgi eposni – okean (ummon) ga qiyoslasak (uning
to’lqinlari shiddatini bir tasavvur qiling-a), hozirgi epos – daryoga tengdir. Hozirgi eposning eng katta
janri “roman kichraytirilgan olam”(N.Ye. Saltikov - Shchedrin) deya ta’riflandi. Ummon ham, daryo
ham bo’lishi mumkin bo’lgan olamni kashf etadi. Faqat ikkalasinining tasvir doirasi, ko’lami,
qahramonlari ikki xil. Birida romantizm barq ursa, ikkinchisida realizm kudrati namoyon bo’ladi.
“Zamonamizning epopeyasi romandir. Eposning hamma asosi, muhim xususiyatlari
romanda bordir, faqat ayirmasi shundaki, romanda boshqa elementlar, boshqa manzara hukm suradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |