Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


Bunda qahramonlik hayotining afsonaviy o’lchovlari, qahramonlarning azamat siymolari yo’q


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/118
Sana26.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1725151
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   118
Bog'liq
adabiyotshunoslik nazariyasi

Bunda qahramonlik hayotining afsonaviy o’lchovlari, qahramonlarning azamat siymolari yo’q, 
bunda xudolar ishtirok qilmaydi:romanda, odatdagi, prozaik hayotning hodisalari 
ideallashtiriladi, umumiy tip ostiga olinadi... bunda odamning taqdiri uning jamiyatiga nisbatan 
muhim bo’lib qolmasdan, balki insoniyatga ham muhimdir”(V. Belinskiy, 175- bet, ta’kidlar 
bizniki – H.U.).
V.Belinskiy fikrlarini davom ettirib, badiiy asar sifatida romanning vazifasi- kundalik hayot va 
tarixiy voqealarning- yashirin qalbini, jonli g’oyasini ochish ,tarqoq voqealarni ruh va aql maskani 
qilish ekanligini alohida ta’kidlaydi . Shu asosga tayanib, yozadi: “Roman badiiyligining darajasi 
asosiy ideyaning chuqurligiga va ayrim hususiyatlarda u ideyani tashkil etgan kuchga bog’liqdir .O’z 
vazifasini bajarish bilan roman ozod fantaziyaning mevasi bo’lgan hamma boshqa asarlar qatoriga 
o’tadi, mana shu ma’noda roman oddiy xalqning zarur ehtiyojlarini ta’min etuvchi yuzaki bellitristik 
asarlardan qat’iy ravishda ajratilishi kerak” (V.Belinskiy, 176- bet). Bu g’oyani chuqurligi romanga xos 
tafakkurning- hayot falsafasini teran tahlili bilan o’lchanadi. 
Epos tadqiqotchisi E.A.Karimov Gi de Mopassan (“Roman olamning falsafiy konsepsiyasi 
asosida yuzaga keladi”) ta’rifiga asoslanib, “Olamning yaxlit falsafiy konsepsiyasi yo’q asar roman 
bo’lolmaydi”
1
,- deydi va davom etib yozadi: “Roman – bu olam va tarixga, jamiyat va bashariyatga, 
uning muammo va tashvishlariga, urush va sulhlariga, siyosiy va sinfiy jang – jadallariga, qo’zg’olon 
va inqiloblariga, ulkan va kichik voqealariga ochiq qaratilgan adabiy – badiiy sistema, yirik badiiy 
shakl. Faqat roman emas, romanda tasvirlangan bosh qahramon ham, uning qalb va fikri olamga, 
koinotga qaratilgan”
2
Professor S. Mirzayevning “O’zbek romanchiligi” qo’llanmasidagi o’zbek romanlarining 
xronologik ko’rsatkichiga tayansak, unda 1989 yilgacha 219 ta o’zbek romani yaratilganiga shohid 
bo’lamiz. Agar ularga keyingi o’n yilliklar ham qo’shilsa, o’rtacha 300 ga yaqin roman yaratilgan. 
1
Қаранг: Адабий тур ва жанрлар, Т., “Фан”, 1991, I том, 18- бет. 
2
Қаранг: Шу асар, 19- бет. 


111 
Demak, 1922 yilda A. Qodiriyning “O’tkan kunlar” romanidan boshlangan bu jarayon izchil davom 
etmoqda. Lekin yaratilgan hamma romanlar ham – roman janrining talablariga javob bera olmaydi; 
ularning judayam ko’pchiligida hayotni yuzaki tasvirlash oqibatida (“Yashil boylik” - S.Nazar, “Ziyod 
va Adiba” - Mirmuhsin, “Shinelli yillar” – Shuhrat, “Oqsoy” - S. Anorboyev, “Odam qanday toblandi” 
- I. Rahim, “Binafsha atri” - H.G’ulom, “Jimjitlik” - S. Ahmad) asosiy g’oya chuqur ochilmaydi, 
jamiyat va inson olami falsafasi talqini talab darajasida ko’zga tashlanmaydi.
Ko’pchilik (“Dushman”, “Ilon kuchi”, “Vafo”, “Chiniqish”, “Qizil Buxoro”, “Mashrab”, 
“Jannat qushi”, “Oqibat” singari) romanlar nomukammal, voqealar rivoji sust, ular markaziy o’qqa 
(g’oyaga) birlasha olmaydilar, tarqoqliklaricha qolaveradilar. Qahramonlardagi odamiy tuyg’u, xislatlar 
tasviri o’rnini siyosiy qarashlar, soxta g’oyalar, yasama oldi – qochdilar egallaydi. 
“Olamning yaxlit falsafiy konsepsiyasi” “O’tkan kunlar” (A.Qodiriy), “Sarob” (A. Qahhor), 
“Qutlug’ qon”, “Navoiy” (Oybek), “Yulduzli tunlar” (P.Qodirov), “Ulug’bek xazinasi” (O. Yoqubov), 
“Girdob” (O’. Usmonov), “Lolazor” (Murod Muhammad Do’st), “Otamdan qolgan dalalar” (Tog’ay 
Murod) kabi sanoqli romanlardagina aksini topgan. Darvoqye, “Sharq” nashriyoti “XX asr o’zbek 
romani” turkumida shularga o’xshash 17 ta romanni eng sara va mukammal asar deb topgan va nashr 
etishga qaror kilgani ham bejiz emas. Ularda olam butun murakkabligi, ziddiyatlari bilan tasvir etilgan, 
hayot oqimining ichki qonun – qoidalari, insonning mohiyati, qalb tebranishlari kashf qilingan. 
Asl romanlar ichidagi birlamchi o’rin hamon shu maktabning asoschisi bo’lgan Abdulla 
Qodiriyga, uning “O’tkan kunlar”iga tegishlidir.Tug’ilganidanoq jahonaro umrboqiy romanlar 
qatoridan o’rin olgan bu asar – o’zbek romanchilik maktabining (farang, rus, ingliz, olmon, hind 
maktablaridan keyingi oltinchi maktabni A. Qodiriy yaratib berdi, degandi Ye. E. Bertels) 
takomillashish jarayoniga badiiy nur berib kelmoqda. 
Romanlarni siyosiy, tarixiy – biografik, ijtimoiy – psixologik, fantastik, tarixiy – sarguzasht
ijtimoiy – maishiy, roman – monolog kabi xillarga bo’lish (S. Mirzayev, 13-14- bet ) o’zini oqlamaydi. 
Chunki bunda janr tushunchasidan chekiniladi, ya’ni adabiyot qonunlariga tayanmasdan, mavzuiga, 
undagi pafosning ko’rinishiga qarab sosiologiya nuqtai – nazaridan umumlashtiriladi. Unga asoslansak, 
roman xillarini istagancha davom ettirish mumkin: O’qituvchilar haqida roman, tadbirkorlar haqida 
roman, ijtimoiy – kulguli roman kabi. 
Holbuki, tarixiy romanning o’ziga xos farqlanuvchi xususiyatlari bor. O’zbek adabiy tanqidida 
bu sohada (S. Mirvaliyev, U. Normatov, M. Qo’shjonov, N. Xudoyberganov va sh.k.) bahslarini tahlil 
qilib, professor Akram Kattabekov shunday xulosaga keladi: “Shunday qilib eng yaxshi romanlarga 
xos xususiyatlar:
1. Asarning ob’ekti sifatida xalq va jamiyat hayotida eng muhim sanalgan davrlar, voqealar va 
ko’zga ko’ringan shaxslar hayoti olinishi; 
2. Tasvirlanayotgan davr va undagi voqealar,tarixiy shaxslarga nisbatan yozuvchi ilmiy - estetik 
konsepsiyasining bo’rtib turishi lozimligi, davr ijtimoiy – siyosiy xarakteristkasini yaratish; 
3. Yozuvchi bilan tasvir ob’ekti o’rtasida jamiyat taraqqiyotining muhim etaplari bilan 
izohlanuvchi davriy masofani mavjud bo’lishi va nihoyat; 
4. Tasvirlanayotgan voqealar va shaxslar hayotining chuqur badiiy tadqiq etilishi, tarixiy 
haqiqatning badiiy haqiqatga o’sib chiqishi shart ekanligi kabilar bugungi kun romanlarini baholashda 
asosiy mezon bo’la olishi mumkin”
1
.
Bu mulohazalardan ikkita fikr (“yozuvchi bilan tasvir ob’ekti o’rtasidagi jamiyat taraqqiyotining 
muhim etaplari bilan izohlanuvchi davriy masofaning mavjud bo’lishi” va “tarixiy haqiqatni badiiy 
haqiqatga o’sib chiqish sharti”) dan boshqasi hamma romanlarga xos xislatdir. Zero “Tarixiy asarning 
eng muhim alomatlaridan biri shuki, unda o’tmishga yangi bir davr mafkurasi, estetik ideali, axloqiy – 
ma’naviy talablari nuqtai nazaridan baho berilishi lozim ”. Biz ham shunday fikrdamiz. V. G. Belinskiy 
asoslaganidek, romanning ikki turi mavjud : tarixiy va zamonaviy roman. Boshqalarini asossiz o’ylab 
chiqishga, har biriga xos xususiyatni “kashf” etishga hojat bo’lmasa kerak. 
Romandagi epik xarakterlar tasviri ikki kitobda nihoya topsa-dialogiya (“Tutash olamlar” -
Hojiakbar Islomshayx), uch kitobda tugallansa – trilogiya (“Ufq” - “Qirq besh kun”, “Hijron 
1
А.Каттабеков. Тарих сабо
қлари, Т., Адабиёт ва санъат нашриёти, 1986, 280- бет. 


112 
kunlarida”, “Ufq bo’sag’asida”; Said Ahmad), to’rt kitobga sig’sa – tetralogiya (“Qora dengiz 
to’lqinlari” - “Oqarib ko’rinur yolg’iz bir yelkan”, “Cho’ldagi xutor”, “Qishki shamol”, “Sovetlar 
hokimiyati uchun”; V.Katayev), besh kitobga yetsa pentalogiya (“Uch mushketyor”, “Yigirma yildan 
so’ng”, ikki kitobdan iborat “O’n yildan so’ng yoki vikont de Brajelon”, “Temir niqob” - Dartanyan 
xarakteri tasviri bilan bog’liq Aleksandr Dyuma asari”) deb yuritiladi. “Urush va tinchlik” (Lev 
Tolstoy), “Tinch Don” (Mixail Sholoxov)lar to’rt kitobdan, “Jan Kristof” (Romen Rollan) o’n jilddan 
iborat bo’lishiga qaramay, ulardagi ko’lamdorlikning hajmi va sifatiga asoslanib roman – epopeya deb 
atash amaliyotda uchraydi. 
Olamni birvarakayiga epik ko’lamdorlikda va ehtiroslar tug’yonida tasvirlovchi, g’oyatda 
mubolag’ador sarguzashtlarga boy, romantik bo’yoqdor yirik hajmdagi asar – doston (forscha-tojikcha 
so’z, ma’nosi, nazm yoki nasr bilan yozilgan hikoya, poema; epik asar; sarguzasht, kechmish voqealar) 
deb yuritiladi. U adabiyotimizdagi epos singari qadimiy va go’zal janrdir. 
 
O’zbek xalq og’zaki ijodida birgina doston tasnifining o’ziyoq, epos janrlari va 
ko’rinishlarining ko’p qirraligini isbotlay oladi: 
1. Qahramonlik dostonlari (“Go’ro’g’li”, “Ravshankom”); 
2. Jangnomalar (“Yusuf va Ahmad”, “Alibek va Bolibek”);
3. Tarixiy dostonlar (“Shayboniynoma”, “Jizzax qo’zg’oloni”); 
4. Ishqiy- romantik dostonlar (“Malikai ayyor”, “Rustamxon”); 
5. Kitobiy dostonlar (“Farhod va Shirin”, “Tohir va Zuhra”); 
Ko’rinadiki, dostonlarning barcha ko’rinishlari ham eposga mansub, ular xilma – xil bo’lsa-da, 
baribir epik niyatning yagona konsepsiyasiga bog’lanadilar.
“Go’ro’g’li”, “Kuntug’mish”, “Ravshanxon”, “Go’ro’g’lining tug’ilishi”, “Go’ro’g’lining 
bolaligi” kabi dostonlar xalq og’zaki ijodi namunalari sanalsa, “Yusuf va Zulayho” (Durbek), “Gul va 
Navro’z” (Lutfiy), “Lisonut tayr” (A.Navoiy), “Shayboniynoma” (Muhammad Solih), 
“Muhabbatnoma” (Xorazmiy)lar – yozma adabiyotning kashfiyotlaridir.
Ko’rinadiki, dostonlar asosi (og’zaki va yozma namunalari)da – ertak, afsona, rivoyatlar yotadi, 
ular har bir san’atkorning salohiyatiga mos tarzda qayta ishlanadi, muayyan davrning aniq ijtimoiy – 
siyosiy, ma’naviy – ahloqiy muammolarini jonlantiradi. “Bu asarlarda ishtirok etuvchi 
qahramonlarning soni ko’p va xilma-xildir. Ular, ko’pincha, katta - kuch qudratga ega bo’lgan kishilar, 
lashkarboshilar, podshohlar, donishmandlar, munajjimlar, oddiy odamlar, qanotli otlar, yalmog’izlar va 
ajdarlar, sirli qushlar va ilohiy kuchlar qiyofasida ko’rinadilar” (E.Xudoyberdiyev, 197-bet). 
Dostonlarda alohida kirish qismi (“Hamd”, “na’t”, “munojot”, “madh” va “sababi nazmi kitob” kabi) 
bo’lib, bularda Alloh va uning payg’ambarlari madhi, shu mavzuda avval boshqa shoirlar tomonidan 
yozilgan dostonlarning yutuq va kamchiliklarini baholash, ulardagi xatoliklarni rad etish, o’z asarining 
ulardan farqlari, dostonni yozishga nimalar sabab bo’lgani va hokazolar (masalan, Alisher Navoiy 
“Farhod va Shirin”ining 1-11 boblarida) ta’riflanganidan so’ng, asar syujeti (12 bobdan) boshlanadi. 
Dostonlarning xotimasida san’atkor zamoni va zamondoshlari (masalan, Alisher Navoiy “Farhod va 
Shirin” dostonida “sultonlik shajarasining samarasi shahzoda Abulforis Shohg’arib Bahodir madhida” 
bir necha so’z bilan nasihat beradi; “Kimki, olimlarga ta’zim qilsa, go’yo u payg’ambarlarga ta’zim 
qilgandek bo’ladi” tarzida hikmatlar sochadi) haqida mulohazalar yuritadi. O’zi va ijodi haqida, 
yaratgan asarining bitirish vaqti haqida (“Tangriga maqtovlar bo’lsinki, bu g’am dostoni, firoq ahlining 
motam dostoni, zamon umrim nomasini, tugatmay, visol ayyomi kabi oxiriga yetmoqda. Yozilgan 
yilining to’g’risini aytsam, hijriy 889 yil edi: 
Bihamdillahki, bu g’am dostoni,
Firoq ahliga motam dostoni,
Tugatmay nomai umrumni ayyom,
Visol ayyomi yanglig’ topti itmom. 
Chu tarixi yilin onglay dedim tuz, 
Sekiz yuz sekson erdi dog’i to’qquz”) 


113 
batafsil ma’lumot beradi.
Dostonning ana shu xususiyatlariga tayanganda “Alpomish”ni (masalan, N.Shukurov, 
N.Hotamov, Sh.Xolmatov, M.Mahmudovlar kabi) doston deb yuritish o’zini oqlamaydi. “Alpomish”da 
qahramonlik eposining barcha xislatlari yaqqol ifodasini topganligi uchun – uni epos deb yuritish 
asoslidir. Unga Go’ro’g’li, Avazxon, Ravshanbek obrazlarini yuqoridagi olimlar singari Alpomishga 
tenglashtirish ham o’zini oqlamaydi, ularni doston janrida yaratilgan halq qahramonlari obrazlari 
tarzida talqin qilish to’g’riroqdir. 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling