Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


G’azal 3 baytdan 19 baytgacha bo’lishi mumkin. Uning mumtoz shakli 7 baytdir


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/118
Sana26.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1725151
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   118
Bog'liq
adabiyotshunoslik nazariyasi

G’azal 3 baytdan 19 baytgacha bo’lishi mumkin. Uning mumtoz shakli 7 baytdir. 
Jumladan, Alisher Navoiyning “Xazoinul maoniy” devonidagi 3244 asardan 2600 tasi g’azal 
bo’lib, ularning 1774 tasi 7 baytlidir. Ushbu ta’kiddan ko’rinadiki, g’azal mumtoz adabiyotimizda 
janrlarning sardori bo’lib kelgan. Qofiyalanish tartibiga ko’ra g’azal: 1) oddiy (a-a, b-a, v-a, g-a...), 2) 
husni matla’ (a-a, a-a, b-a, v-a, g-a...), 3) zulqofiyatayn (a-a, b-b, v-v, g-g...), 4) zebqofiyatayn (a-a, a-a, 
a-a, a-a...)ga, g’azal-mushoira, g’azal-chiston, g’azal-nazira, g’azal-muvashshah, g’azal-musajja’, 
g’azal-qit’a ko’rinishlariga ega bo’lgan. 
Dunyoga kelib loyiga bilmay bota qoldim, 
Darmon yo’qidin zahri balosin yuta qoldim. 
1
Қаранг: Т.Бобоев. Адабиётшуносликка кириш, Т., “Ўқитувчи”, 1979, 226-бет. 


122 
 
Ko’rdim men oni dushmani ruhu tan ekandur, 
Lo o’qi bilan ikki ko’ziga ota qoldim. 
 
Mayxonaga kirdim, bila qoldim kuyarimni
Masjidga kirib zohidi yaxdek qota qoldim. 
 
Zohid, menga bir shishada may, senga namozing
Ming taqvini bir kosai mayga sota qoldim. 
 
Vahdat mayini piri mug’on ilgidin ichtim, 
Mansur kabi boshimi dorg’a tuta qoldim. 
 
To telbalig’im shuhrati olamni tutubdir, 
Bir jilvasig’a ikki jahondin o’ta qoldim. 
 
Ayb etmangiz bu Mashrabi bexudni yoronlar, 
Naylayki, bu g’urbat ko’chasidin o’ta qoldim. 
Marsiya(arabcha so’z, ma’nosi “Biror shaxsning vafoti munosabati bilan uning xotirasiga 
bag’ishlab yozilgan motam she’ri”) biror mashhur kishi vafoti munosabati bilan og’ir yo’qotishni, 
g’am-alamni, hasratu iztirobni kuylovchi asardir. U xalq og’zaki ijodida “yig’i” deb yuritilgan va unda 
o’limdan, bevafo dunyodan shikoyat qilingan. Bugungi marsiyalarda esa vafot qilgan buyuk shaxsning 
e’zozli ishlari ulug’lanadi, xalqning yo’qotishdan topgan alamli iztirobi kuylanadi; marhumning 
bajarishga ulgurmagan ishlarini davom ettirishga chorlaydi. Birgina jumla bilan aytganda, odamiylik 
o’lmasligini, uni boyitish har bir insonning vazifasi ekanligini – pafos darajasiga ko’taradi. 
Zulfiyaning “Sog’inganda”, “Bahor keldi, seni so’roqlab”, Abdulla Oripovning “Onajon”, 
“Alvido, ustoz”, “Sorlochin uchdi”, Dushan Fayziying “Umr suvday oqar”, Vohid Abdulloning 
“Yuzidan nur tomardi”, Farruh Hamroyevning “Nuriddin Shukur marsiyasi”, Nodir Jonuzoqning 
“Ustoz”, Sa’dulla Hakimning “Yolg’on-shoir o’limi” marsiyalari yuqoridagi fikrlarimizning isboti 
bo’la oladi.
Mana, aytilganlarning eng so’nggisi: 
 
Rayhon qolur, gul qolur 
Evoh, o’tar Muhammad, 
Oshiq ko’ngil tul qolur, 
O’rtab ketar Muhammad. 
 
Erka kiyikni endi 
Kim suyadi erkalab. 
Hayron ko’zi g’am to’la 
Jayron ketar Muhammad? 
 
Yurtim deya kuyganni 
Kuyib-yonib suyganni, 
Xirad to’nin kiyganni 
Kim unutar, Muhammad? 
 
Oy porlar o’sha-o’sha, 
Yulduzlar qo’sha-qo’sha, 
Nur yog’ilgan tinch go’sha, 
Tonglar otar Muhammad. 
 


123 
Er ulug’lar elini,
Yolg’on-shoir o’limi. 
Muhammadning yo’lini 
Yana tutar Muhammad. 
 
Ashula (yakka xonanda, guruh yoki xor ijro etadigan vokal asar; qo’shiq) to’rt misradan iborat band 
tuzilishigi ega bo’lib, unda parallelizm keng qo’llaniladi, ya’ni to’rtlikning birinchi ikki misrasi ramziy 
obrazlar asosiga qurilsa, keyingi ikki misrada asosiy maqsad ifodalanadi. Birinchi ikki misra asosiy 
maqsad ifodalangan keyingi ikki misrani isbotlashga, aynan shunday bo’lishiga shubha qoldirmaslikka 
xizmat qiladi: 
Qaldirg’och qora bo’lur; 
Qanoti alo bo’lur. 
Yoshlikda bergan ko’ngil 
Ayrilmas balo bo’lur... 
 
Boshimdagi ro’molim 
Gul shoxiga ilindi. 
Bevafo yorga qarab 
Yurak bag’rim tilindi. 
 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling