Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyotshunoslik nazariyasi
Qilmadi rahmi mango, xud o’zgaga
Bilmadimkim, qildimu yo qilmadi. Ogahiyning tuyug’idagi qofiya shaklan bir xil, mazmunan uch ma’noga ega bo’lgan “yo qilmadi” so’zi asosiga qurilgan, birinchi misrada-qomatni egmadi, g’am yukida qomatim bukilmadi ma’nosida, ikkinchi misrada - ohim o’tidan falak yonmadi ma’nosida, to’rtinchi misrada – qilmadi ma’nosida qo’llanilgan. To’rtlik – ruboiy va tuyuq janri talablari(vazni)ga javob bermaydigan to’rt misralik barcha she’riy asarlarni to’rtlik(qorishiq) janri deb yuritish asoslidir. To’rtliklarning mavzu va mundarijasi – hayotning barcha jihatlarini qamrab oladi; ularda bu jihatlar siqiq tarzda poetiklashadi: Xalqqa ayting, men aslo o’lganim yo’q, Yov qo’liga taslim ham bo’lganim yo’q. Men elimning yuragida yashayman, Erk deganning tilagida yashayman. (Hamid Olimjon) Mazkur “qorishiq janr”ning Jamol Kamol aytgandek, asosiy belgilari bor. “Bular: a) lirik ifodaning erkin parvozi; b) kechinmalar doirasiga tushgan eng uvoq mayda-chuydalarning ham shu ondayoq qayd etilishi v) bevosita nutq-monolog bilan chuqur suvrat-tasvirlarning almashinib turishi; g) vazn va mulohazalarning erkin qo’llanishi kabi xususiyatlardir” 1 . Orzum shul, o’chmasin yongan charog’ing, Yulduzday nur sochsin chashming-qarog’ing. Magar chinor bo’lsang chinorday yasha, Bevaqt uzilmasin biror yaprog’ing. (Abdulla Oripov) Ko’rinadiki, bu xil to’rtliklar – “universal”lik xususiyatini kasb etadi va uning tarixi – xalq og’zaki ijodidan to hozirga qadar yaratilgan to’rtliklarning barchasini o’z ichiga oladi. B.Lirikaning o’rtacha janrlari G’azal (arabcha so’z, ma’nosi “Ayollarga sevgi va munosabat izhor qilish”) asosan ishq – muhabbatni kuylovchi, muhabbat kabi judayam qadimiy, doimo yangi bo’lgan lirik she’rdir. G’azal mavlono Fuzuliy ta’biricha, “Shoir qudratini bildiruvchi, hunarning guli- gulistoni”dir, Mavlono Vohid Abdulla nazdida “Qalb qonidan ochilgan lola”dir. G’azal aruzda ikki misrali bayt usulida yoziladi. Uning birinchi bayti “matla’” (“boshlanma”) deb yuritiladi va undagi ikki misra qofiyadosh (a,a) bo’ladi. Keyingi baytlarning ikkinchi misralari matla’ga qofiyadosh (ba, va, ga, da ... va h.) bo’ladilar. G’azalning oxirgi-xulosaviy bayti “maqta’” (“tugallanma”) deb yuritiladi va unda g’azal muallifining ismi yoxud taxallusi (“qutilish, xalos bo’lish”) qo’llaniladi. G’azalda, ko’pincha, qofiyadan so’ng radif keladi. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling