MUSTAQILLIK DAVRI NASRI. “ULUG‘ SALTANAT” EPOPEYASI.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarda jasoratli va ma’rifatli insonlarga nisbatan mehr-muhabbat tuyg‘usini uyg‘otish. “Ulug‘ saltanat” epopeyasi 4-kitobidan “Sohibqiron o‘ylari” qismi bilan tanishish va mavzuni mustahkamlash. O‘quvchilarni turli xil vaziyatlarda o‘zini tuta bilish qobiliyatlarini shakllantirish va ifodali o‘qish malakasini rivojlantirish va mustaqil fikrlashlashga o‘rgatish.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Yangi mavzu bayoni.
Guruhlarda ishlash.
Mustahkamlash.
Yakuniy qism(xulosa).
Baholash.
Uyga vazifa.
Tashkiliy qism. O‘qituvchi tashkiliy qismda o‘quvchilar bilan salomlashadi, davomatni aniqlaydi, xonani darsga tayyorligini nazorat qiladi va o‘quvchilarni darsga tayyorligini so‘raydi.
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash: o‘tilgan mavzu mustaqillik davri nasri bilan tanishish bo‘lgan. Uni mustahkamlash uchun o‘quvchilarga topshiriq beriladi. Topshiriqlar tekshiriladi va baholanadi.
Yangi mavzu bayoni. Yangi mavzu o‘quvchilarga ifodali o‘qitiladi va tushuntirib beriladi.
Insert metodi. Bu metodda o‘quvchilar guruhlarga bo‘linadilar. Guruhlar nomlanadi. Yangi mavzu bilan tanishgan o‘quvchilardan, har bir guruhdan yangi mavzuga oid ikkitadan fikr bildirishlari so‘raladi. Guruhlar navbati bilan (ushbu jarayonda guruhning barcha a’zolari faol ishtirok etishlarini ta’minlash maqsadga muvofiq) fikr bildiradilar. Bayon etilgan fikrlar yozuv taxtasiga yozib qo‘yiladi. Faoliyat yakunlangach, yangi mavzu yoritilgan matn o‘quvchilarga tarqatiladi va shunday topshiriq beriladi:
Matn bilan tanishib chiqing.
Matnning har bir qatoriga quyidagi belgilarni qo‘yib chiqing:
Do'stlaringiz bilan baham: |