Mustaqillik davri nasri. "Ulug‘ saltanat" epopeyasi. Darsning maqsadi


-soatda. Ulug‘ saltanat qahramonlari


Download 18.49 Kb.
bet4/5
Sana06.04.2023
Hajmi18.49 Kb.
#1334638
1   2   3   4   5
Bog'liq
303-guruh Sobirova M.Y

3-soatda. Ulug‘ saltanat qahramonlari.
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash. Uyga vazifani so‘rashda Uchta to‘g‘ri va bitta noto‘g‘ri metodidan foydalaniladi. Har bir o‘quvchi o‘rganilgan mavzu bo‘yicha 3 to‘g‘ri va 1ta noto‘g‘ri fikr yozishadi. Yozilgan qog‘ozlar boshqalar bilan almashinadi va qaysi noto‘g‘ri ekanligi aniqlanadi.
Bu metodning afzalligi – kuzatuvchanlikni rivojlantiradi, axborotni tanlab olish ko‘nikmasini ishlab chiqadi, xatolarni tezda ilg‘ash va fikrini ifodalashga o‘rgatadi. O‘qituvchiga o‘quvchilarni bilimlarini tezda tekshirishga yordam beradi.
Yangi mavzu bayoni:
Yangi mavzuni bayon qilishda Zulfiya Mo‘minovaning “Ulug‘ saltanatning yorqin yog‘dusi” maqolasidan foydalanishni afzal bildim. Maqolada Sohibqiron shaxsiyati to‘liq yoritilib berilgan. Masalan, “Amir Temur qudratli davlat tuzib, unda el-ulus halol, emin-erkin, farog‘atda yashashini orzu qildi. O‘z tasarrufidagi davlatlarda insof-u diyonat, rahm-u shavqat tuzuklarini o‘rnatdi. Bu yorug‘ olamni razolat-u zalolatdan tozalamoq uchun umrini bedor o‘tkazdi. Bu juda mashaqqatli yo‘ldir. Bu yo‘lda ul zot qanchadan-qancha xiyonatlarni ko‘rdi, sotqinlikni, ochko‘zlikni kasb aylaganlarning zaxarli changalzoridan o‘tdi. Bir inson vujudida shunchalik jur’at-u jasorat bo‘lmog‘I mumkinmi? Ha, chunki Sohibqiron Yaratganning irodasi bilan dunyoga kelgan ilohiy maslak sohibi edi”. Ushbu parcha orqali biz Sohibqiron shaxsiyatining buyukligiga amin bo‘lamiz.
“Kechirimlilik – A.Temur qalbining bebaho dur-u gavharidir. U xiyonatkor Shibirg‘on hokimi Zindachashim Opardiyning gunohidan o‘tadi. Tutingan o‘g‘li To‘xtamishxonni kechirib, nomardlik ustiga nomardlik ko‘ravergach, nadomat ila deydi: To‘xtamishxonni o‘g‘lim deb atag‘onimdan keyin 4 marta kechiribmen, non-tuz hurmatini o‘rnig‘a qo‘ymag‘on o‘g‘limning insofga kelishiga ishoniblar yuribmen men soda… Yo rabbiy! Kamina hali qafasda bo‘ronni tutmoqqa umid bog‘ladimmi? Ammo biror marta ham uning noshudligini yuziga solmadim, bu To‘xtamishxonning yigitlik, erkaklik sha’nini yerga urg‘on bo‘lurdi. Erkak sha’nini yerga urmoq eng dahshatli narsa, er kishining bor davlati – uning sha’ni. Agar erkak sha’ni poymol ersa, u holda und anima qoladi? Rum qaysari Yildirim Boyazidni kechirib, Qaysar banddan bo‘shatilsun, elik-oyog‘idan zanjirlar yechilsun! Hurmat bilan yaxshi liboslar kiydirilsun! U sultondir, sulton izzat-ikromi o‘zgacha bo‘lur!” Deydi. Bu parchada esa Sohibqiron shaxsiyatiga xos xislatni ko‘rishimiz mumkin.
“Ulug‘ saltanatda Xonzoda xonim Saroymulkxonimdan keyin turadigan tabarruk ayol sifatida tasvirlanadi. U ko‘z o‘ngimizda vafo va sadoqat, ibo-hayo, sabr-u bardosh timsoli bo‘lin gavdalanadi. Sohibqiron uni kelin emas, qizim deb, hatto matonati uchun o‘g‘lim deb ardoqlaydi. Shibqironning Xonzoda xonimga ko‘rsatgan g‘amxo‘rligida ul zotning zaifalarga – nisbatan naqadar e’tiborli, mehr-shavqatli bo‘lgani aks etgan. Zaro, A.Temurgacha kech bir hukmdor kelinining ko‘z yoshlari uchun o‘g‘lini jazolamagan bo‘lsa kerak”.

Download 18.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling