Mustaqillik davri nasri. "Ulug‘ saltanat" epopeyasi. Darsning maqsadi


Download 18.49 Kb.
bet5/5
Sana06.04.2023
Hajmi18.49 Kb.
#1334638
1   2   3   4   5
Bog'liq
303-guruh Sobirova M.Y

Mavzuni mustahkamlash. Quyidagi muammoli savollar bilan o‘quvchilarga murojaat qilinadi:

  1. Asar nima uchun “Sohibqiron o‘ylari” deb nomlangan, nima deb o‘ylaysiz?

  2. Sohibqiron shaxsiyatini ochishda asardagi qaysi jihat muhim hisoblanadi?

  3. Sohibqironning shaxsiyati aynan qaysi xislati orqali yaqqol namoyon bo‘ladi?

  4. Sohibqiron shaxsiyatidek qat’iylik, buyuklik xislatlari namoyon bo‘lgan shaxsni hayotingizda ham uchratganmisiz?

  5. Asardagi Sohibqironning o‘ylarini qaysi holatlarda kuzatdingiz?

  6. Muhammad Chorug‘a dodxoh haqida qanday fikrdasiz?

  7. Asarda Amir Temur tilidan aytilgan qanday hikmatli so‘zlarni kuzatdingiz va ularning asardagi ahamiyati qanday?

Savollarga javoblar eshitiladi va o‘quvchilar baholanadi.


Uyga vazifa: Asar qahramonlari haqida to‘liq fikr bayon qilish. Maktub metodi bo‘yicha Sohibqironga maktub yozish vazifasi topshiriladi. Bunda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqishlari bo‘yicha xat yozadilar.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, ajdodlarimiz shaxsiyati bilan tanishish, ularning xislatlaridan ruhlanish yosh avlodning tarbiyalanishida muhim ahamiyatga ega. Buni birgina Amir Temur shaxsiyati orqali ko‘rib chiqdik. Biz Amir Temur shaxsiyati orqali qat’iylik, irodalilik, sabr-qanoatlilik va kechirimlilik xislatlarining insonlar hayotidagi ahamiyati haqida va bundan ibrat olishimiz va ruhlanishimiz zarurligini bilib oldik.
Download 18.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling