Z – matnda guruhlar tomonidan bildirilgan fikrlar o‘z aksini topgan bo‘lsa;
S – matnda guruhlar tomonidan bildirilmagan fikrlar bo‘lsa;
D – matnda bildirilgan fikrga zid fikr bo‘lsa;
? – matn bilan tanishish jarayonida tushunmovchiliklar bo‘lsa.
So‘ngra guruh a’zolari shaxsiy qarashlarini o‘zaro o‘rtoqlashadilar, guruh bo‘yicha belgilar soni umumlashtiriladi. Liderlar vositasida har bir belgining miqdori bayon etiladi va izohlanadi. O‘qituvchi guruhlar tomonidan qayd etilgan sonlarni ularning nomlari yozilgan ustunga yozib boradi.
O‘qituvchi har bir guruh lideri fikrini tugatgach, yuzaga kelgan qarama-qarshilik va tushunmovchiliklarni o‘quvchilar to‘g‘ri hal etishlariga va tushunib olishlariga yordam beradi.
Ushbu metodni qo‘llashdan maqsad o‘quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish, mehr uyg‘otishdir. Metodni qo‘llash jarayonida ularning ziyrakliklari tobora ortib borishiga ham turtki beradi. Izlanuvchanligini oshirishga xizmat qiladi.
Barcha darsda ishtirok etgan o‘quvchilar baholanadi. Bahoning izohi ham berib o‘tiladi.
Uyga vazifa.
Mustaqillik davri nasri haqida nazariy ma’lumotga ega bo‘lish va mustaqillik davri namunalari bilan mustaqil tanishish.quyidagi jadvalni to‘ldirish.
Roman
|
Doston
|
Qissa
|
Hikoya
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Har biriga mustaqillik davri nasridan ikkitadan misol yozib kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |